Mustaqillik va madaniy taraqqiyot Reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix24.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#101876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT (1)

O‘zbek sirki. 1992-yilda «O‘zbekdavlatsirk» respublika birlashmasining 
tashkil etilishi sirk san’atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent 
sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga O‘zbekiston xalq artisti 
Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An’anaviy sirk san’atining unitilgan turlari 
tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996-yilda 
estradasirk kolleji ochildi. 


12 
O‘zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. 
Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, 
Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo‘lgan respublikamiz sirk 
ustalari o‘zbek milliy sirk san’atini namoyish etdilar.Olimjon Toshkenboyev 
rahbarligidagi «O‘zbekiston dorbozlari» guruhi 1996-yildan boshlab Yevropa 
mamlakatlarida gastrol safarida bo‘lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‘rsatdilar. 15 yoshli 
Karima Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo‘lgan yosh sirk 
artistlarining xalqaro festivalida qatnashib «Plastik etyud» (besuyak o‘yini) janrida 
festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1998-yilda Toshkent sirkida 
iste’dodli yoshlarga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O‘zbek sirkchilari 
1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999-yilda Saratov shahrida 
bo‘lib o‘tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000-yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib 
o‘tgan xalqaro sirk festivalida, 2001-yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo‘lib o‘tgan 
Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni 
egalladilar. Sirkchilarimizning sa’yharakatlari natijasida O‘zbek sirkiga xos turli nomer va 
attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi. 
Milliy musiqa va qo‘shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va 
qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil 
etilgan «Xalq ijodi va madaniyma’rifiy ishlar respublika markazi», uning viloyatlardagi 
bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini 
rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik tanlovlar, 
festivallar tashkil etmoqdalar. 1992-yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va 
«Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va 
masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘riktanlovlari 
o‘tkazildi. 1994-yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan «Sharq musiqasi» festivalida 
Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik 
san’atini jahonga namoyish etdilar. 
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy 
konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O‘zbeknavo» gastrolkonsert 
birlashmasi orqali xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va 
ko‘riktanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining 
1996-yil 27avgustdagi «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiqlar bayrami 
to‘g‘risida»gi farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 
1996-yilda o‘tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida «O‘zbekiston – 
Vatanim manim» qo‘shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Bunday 
ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining uchinchi 
yakshanba kuni «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi. 
Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo‘shiqlar yaratildi. 
«O‘zbekiston – Vatanim manim», «Men seni sevaman, O‘zbekiston», «Vatan 
yagonadir», «Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O‘zbekiston askarlari» qo‘shiqlari 
shular jumlasidandir. 1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining 
«Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori musiqa 
san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturamal 


13 
bo‘lib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust – 2 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib 
o‘tgan «Sharq taronalari» birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq 
mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda 
yangragan o‘zbek ohanglari, kuyqo‘shiqlari jahon uzra taraldi. Har ikki yilda 
Samarqandda «Sharq taronalari» Xalqaro festivalini o‘tkazish an’ana tusini oldi. 
O‘zbekistonda musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojiga har yili 31avgust va 
21mart kunlari o‘tkazilayotgan Mustaqillik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangan bayram 
tantanalari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashayotgan 
130 ga yaqin turli millat va elat urfodatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat 
yuritmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z millatdoshlarining tili, madaniyati, 
urfodatlari, rasmrusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi 
masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy 
musiqa, raqs, hunar va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar tashkil etilgan.1992-
yilda turli milliy madaniy markazlarga ko‘maklashuvchi Respublika Baynalmilal 
markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat va 
elatlarni jipslashtirish asosiy o‘rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, 
yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan 
yig‘ilishlar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z faoliyati 
bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo‘shmoqdalar. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin