Mustaqillik va madaniy taraqqiyot Reja


partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix24.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#101876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT (1)


partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan 
xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan 
tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan 
qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi. 
Amir Temur yubileyi munosabati bilan Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab 
tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog‘lar barpo 
etildi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari markazida ko‘rkam Amir Temur 
maydonlari barpo etildi va ulug‘vor haykallar o‘rnatildi. Shuningdek, bu shaharlarga 
«Amir Temur» ordeni topshirildi. 
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500- yilligi, 1999-yilda buyuk 
vatanparvar siymo Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800- yilligi nishonlandi. 
2002-yilda Termiz shahrining 2500 -yilligi nishonlandi. 
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, 
Usmon Nosir va boshqa xalq ziyolilari nomi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari 
nashr 
etildi. 
Toshkentda 
mustamlakachilik 
davri 
qurbonlari 
xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi bunyod etildi. 
Mazkur majmua qoshida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi qurilib, 2002yil 27 
avgust kuni foydalanishga topshirildi. 
Bu yodgorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va 
milliy g‘ururni ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol 
g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 
Milliy qadriyatlarning tiklanishi. O‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy 
qadriyatlari bor. O‘zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda 
sodir bo‘lgan bo‘lsa, uning milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon 
davomida shakllangan. 
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya’ni Xorazm, Surxondaryo, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va hokazo hududlarda yashovchi elatlarga 
xos urfodatlar, rasmrusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So‘ngra ularning eng 
yaxshilari asrlar davomida saralanib, umummilliy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan. 
Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga 
aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o‘z milliy qadriyatlarini, shuningdek 
umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi 
ma’nomazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. 



1994yil 23 apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika 
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviymadaniy 
merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak 
iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliyijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari 
yo‘naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. 
Markaz tomonidan aholi orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar va shu 
asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiyijodiy muassasa va 
tashkilotlar, ommaviyaxborot vositalarining ma’naviytarbiyaviy faoliyati saviyasini 
yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
1996-yil yanvarda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi 
huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996-yil 27sentabrda 
Respublika Vazirlar Mahkamasining «Oltin meros» xayriya jamg‘armasini 
qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida»gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan 
moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlandi. 
«Oltin meros» xayriya jamg‘armasi «Xalq merosi durdonalari» ilmiy 
anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq 
hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik 
tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996-2002 yillarda «Oltin meros» 
jamg‘armasi 
sa’yharakatlari 
natijasida 
buyuk 
allomalarimizning 
ko‘plab 
madaniyma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab 
topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u 
xalqimizning rasmrusumlarini, urfodatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, 
xalqimizga qaytarish, ularning ma’nomohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng 
ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin