Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Maktabgacha yoshda bolalarning psixik faoliyatlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

3.Maktabgacha yoshda bolalarning psixik faoliyatlari

Har bir odam tevarak-atrofdagi narsalarni sezish va idrok qilish

qobiliyatiga ega. Odam osmonning moviyligini, daraxt barglarining

yashilligini ko‘radi, ko‘cha tomondan quloqqa chalinuvchi

har xil tovushlarni eshitadi, ba’zi narsalarning sovuqligini,

boshqalarining issiqligini sezadi. Odam o‘ylaydi va gaplashadi, ya’ni u tafakkur hamda nutqqa egadir. Biz ilgari bo‘lib o‘tgan narsa va hodisalarni xotira va xayol tufayli esda

saqlaymiz va kelajak haqida orzu qilamiz. Bizning sezgilarimiz,

idrokimiz, xotiramiz, tafakkurimiz, nutqimiz, xayolimiz psixik jarayonlar deb atalib, psixik faoliyatlarni qamrab oladi.

Psixik jarayonlar, psixik holatlar va psixik xususiyatlar birbiri

bilan o‘zaro bog‘liq hodisalar bo‘lib, ularning barchasi birgalikda

psixika hisoblanadi. Psixologiya fani psixik jarayonlar,

holatlar va shaxs xususiyatlarini faqat tasvirlabgina qolmay

balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham tushuntiradi.

Psixika nima? Olamning taraqqiyoti tarixida psixika va

ong bo‘lmagan davr ham bo‘lgan. Jonsiz tabiat va o‘simliklar

dunyosi hech qanday psixik hayotga ega bo‘lmagan, chunki

ularda sezish, fikrlash va his qilish qobiliyati yo‘q edi. Psixika

moddiy olam taraqqiyotining eng yuqori bosqichida – tirik

mavjudoеlar, hayvonlar va odamlar paydo bo‘lgan bosqichida

vujudga kelgan. Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning

maxsus organlari – nerv sistemasi, keyinroq esa psixikaning

oliy bo‘limi – miya tarkib topgan. Yuksak taraqqiyot

darajasiga erishgan hayvonlar va odamda psixikaning taraqqiyoti

bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining rivojlanishi

bilan uzviy bog‘langan. Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar

o‘zgarmas hodisalar emas, ular odamning hayoti va faoliyati

davomida rivojlanadi hamda o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar

tabiat va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlar singari muayyan qonunlarga

bo‘ysunadi.
Bolalar psixologiyasi - yosh psixologiyasi fanining bo’limlaridan

biridir.


Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining

psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlaiidan farqi shundaki, u psixik

hodisalaming o’zini eiiias, balki rivojlanishi va yosli bilan bog’liq

ravishda o’zgarishini tadqiq etadi.

Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhtm muammolari

quyidagilardan iborat:

a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me’yoralrini

ilmiy jihatdan asoslab berish;

b) individ, shaxsniiig yetuklik mezonlari va na’munalarini aniqlash;

c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potensial

imkoniyatlari qanday bo’lishini aniqlash;

d) inson hayotining dastlabki bosqiclilari uning kelgusidagi

taraqqiyotida qanday rol o’ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin