Nazorat uchun savollar
1.Shaxsning shakllanish jarayonlari haqida tushuncha bering?
2.Maktabgacha yoshda shaxsning shakllanishi haqida nimalarni bilasiz?
3.MTTda bolalar faoliyati haqida namunalar keltiring?
Uyga vazifa
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh guruhlari haqida ma’lumot yozing?
10-Mavzu: Inson shaxsining shakllanishida irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya va shaxsiy faollikning o’rni
Reja:
Inson shaxsining shakllanishida irsiyat, ijtimoiy muhitning ta’siri
2.Inson shaxsining shakllanishida ta’lim-tarbiya va shaxsiy
faollikning o’rni
3.Xulosa
Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijtimoiy
muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollikka bog‘liqdir. Har
bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odamlar
orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar
bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom
etadigan bu munosabatlarning hammasi shaxsning xulqatvoriga
ta’sir etadi. Yoshlik chog‘idanoq atrofidagi odamlarning
fazilatlarini (mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik va aksi)
o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik
shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi. Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki,
ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishiga
tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini
to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam
bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisasi
nazarda tutiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkutta
shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shaharchasi
yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning
bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib
qoladi. Odam bolalari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab
yugurib yurar edi. Doktor S ing bo‘ri uyasini topib, bolalarni
olib keladi. Ularning ikkisi ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yetti-
sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi.
U bolalarning biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom
beradi. Bu nodir hodisada shu narsa juda xarakterliki, bolalar
yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufayli
tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l76
atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu
hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avvalo
insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la
tasdiqlaydi. Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya
jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasalari
ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur
asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladigan
ijtimoiy ta’lim- tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga,
unda shaxsiy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qilmay
qolmaydi. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravishda
uzluksiz beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum
bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Ota-onalar va o‘qituvchilarning vazifasi bolalarni faollik ruhida
tarbiyalashdan iboratdir. Bu faollik avvalo ularning jamiyat
manfaatlari yo‘lida qiladigan ongli mehnatida ko‘rinishi
lozim. Ta’lim-tarbiya natijasida bolalarning bilim, malakasi,
qiziqish va e’tiqodlari, dunyoqarashlari o‘rtasida ma’lum
umumiylik yuzaga keladi. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan
Dostları ilə paylaş: |