nasliy xususiyatlar inson shaxsining tarkib topishiga yordamchi
manba sifatida ta’sir etadi. Ular imkoniyatlar tarzida beriladi.
Bu layoqatla r qulay sharoitdagina ro‘yobga chiqishi mumkin.
Bunday nasliy imkoniyatlariga malga oshishi, ya’ni ro‘yobga
chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit kerak. Agar tegishli qulay
sharoit bo‘lmasa, imkoniyat tarzidagi nasliy xususiyatlar
sekin-asta so‘nib, oqibat natijada yo‘q bo‘lib ketadi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatni muvofiqlashtiruvchi shaxsga
xos eng muhim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir.
Faollik (lotincha aktus – harakat, faolus – faol) shaxsning hayotdagi
barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntirib
beruvchi kategoriya bo‘lib, bu o‘sha oddiy qo‘limizga qalam
olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan
tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga
oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab
harakatlarga aloqador ishlarimizni
tushuntirib beradi.Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini anglash muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida
ishtiroki va uni uddalashi bilan bog‘liq sifatlari orqali bayon
etiladi. Inson faolligining 2 turi mavjud:
a) tashqi faollik – bu tashqaridan o‘z istak-xohishlarimiz
ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan
harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik;
b) ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni
bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (modda almashinuvi,
qon aylanishi, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda
ikkinchi tomondan bevosita psixik jarayonlar, ya’ni asli78
da ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni o‘z ichiga oladi. Ikkala faollik turi ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning
asosini tashkil etadi. Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq»
tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uningongi
masalasiga borib taqalib, shaxs aynan turli faolliklar jarayonida
shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak,
faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan
faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |