Nazorat savollari:
1. Shaxsga ta’rif bering. Individ va shaxs o‘rtasida qanday
farq bor?
2. Individuallik nima?
3. Shaxsning tuzilishi nimadan iborat?
4. Ehtiyoj nima? Kishi ehtiyojining asosiy turlarini aytib
bering.
5. Shaxsning ko‘zlagan maqsadi va motivlari deganda nimani
tushunasiz?
Uyga vazifa
O’tilgan mavzu yuzasidan krassvord tayyorlash
11-Mavzu: Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi
(1-3 yosh)
Reja:
Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi
1-3 yoshdagi bolalar faoliyati
3.Xulosa
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata
olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir
xil bo‘lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo‘lishi mumkin.
Ma’lum yosh bosqichiga tegishli bolalarning faoliyatlarida
ham umumiylik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy
faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional munosabatga kirishishdan,
ilk yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa turli narsalar bilan shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yindan iboratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’lum
Talablar qo‘yadi, ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burchlarini
belgilaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib brogan sari uning imkoniyatlari
ham ortib boradi. Natijada jamiyat tomonidan
bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq va burchlarning
mas’uliyati ham orta boradi. Har bir yosh bosqichining oxiriga
kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq
va burchlar bolaning imkoniyatlari bilan mos kelmay qoladi, ya’ni bola jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ketadi.
Buning natijasida jamiyatning bolalar yosh bosqichi oldiga
qo‘ygan talablari, huquq va burchlari, axloq me’yorlari bilan
bolaning imkoniyatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi.
Har bir yosh bosqichida maydonga keladigan krizis, ya’ni
inqiroz davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning imkoniyatlari
o‘rtasidagi ziddiyatdan paydo bo‘ladi. Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri inqirozlari) yuzaga keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz
davrlarini akademik I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqidagi
ta’limoti orqali juda yaxshi tushuntirib berish mumkin.
Ma’lumki, har bir bola konkret bir oila muhitida yashar ekan,
u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rganib qoladi. Bola har kuni
o‘z ota-onasi, aka-ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U
o‘zining ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini
juda yaxshi tanib oladi, ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhitidagi
hayot tarziga nisbatan mustahkamlanib ketgan muvaqqat
aloqalar sistemasi (dinamik stereotip) maydonga keladi. Bola
o‘sib, ulg‘ayib, oila muhitidan maktabgacha ta’lim muassasasiga
borganida muhit o‘zgarishi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Muhitning mana shunday keskin o‘zgarishi natijasida
Bolada krizis, ya’ni inqiroz holati yuzaga keladi. Bunday krizis holati
eski dinamik stereotip yoki turmush tarzi batamom yemirilib,
uning o‘rniga yangi dinamik stereotip hosil bo‘lgunga qadar davom
etadi. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga borgisi
kelmaydi hamda borganida yig‘lab qoladi. Bunday holat bir qancha
vaqt davom etgandan so‘ng bolada bu muhitga nisbatan yangi
dinamik stereotip maydonga keladi. Natijada bola hech narsani
ko‘rmagandek, maktabgacha ta’lim muassasasiga ko‘nikib ketadi. Shu narsani alohida
ta’kidlab o‘tish kerakki, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishida yuzaga keladigan krizis davrlari hamma bolalarda ham bir xilda bo‘lavermaydi.
Ayrim bolalarda krizis davri yaqqol namoyon bo‘lsa, boshqa
bolalarda deyarli bilinar-bilinmas tarzda o‘tib ketadi. Bu narsa
turli yosh bosqichidagi bolalarning nerv sistemalari bilan
bog‘liqdir. Masalan, nerv sistemasi mustahkam va egiluvchan
(plastik) bolalarda yangi dinamik stereotiplar tez va osonlik bilan
yuzaga keladi. Bunday, bolalarning xulq-atvorlarida krizis
davri deyarli bilinmaydi. Aksincha, nerv sistemasi zaif bolalarda
yangi dinamik stereotiplar qiyinlik bilan uzoq muddat davomida
yuzaga keladi va bunday bolalarning xulq-atvorlarida
krizis davri yaqqol namoyon bo‘ladi. Ota-onalar va tarbiyachilar
bolalarning yosh bosqichlarida uchraydigan ana shu hodisalarni
hisobga olgan holda ish olib borishlari kerak.
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida muhim individual farqlar
sezilib turadi. Buning asosiy sababi shundaki, bolalarning
psixik jarayonlari va psixologik sifat xususiyatlari bolaning
yoshi ulg‘ayishi bilan o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Bu psixik
jarayonlar, psixologik sifat va xususiyatlar turli yosh bosqichida
bolalarning faoliyatlari negizida ta’lim-tarbiyaning ta’siri
bilan tarkib topadi. Bolalar dastavval psixik taraqqiyot tempi
jihatidan bir-birlaridan farqlanadilar. Hamma bolalar psixik
jihatdan, ya’ni sezgi va idroklari, diqqat va xotiralari, nutq
va tafakkurlari hamda psixologik sifatlari jihatidan bir xilda
rivojlanmaydilar. Masalan, bolalarning bir yosh bosqichidan
ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishning o‘rtacha bir muddati bordir.
Ayrim bolalarda krizis davrlari vaqtincha paydo bo‘lib, bir
yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichigacha tez o‘tib ketadi.
Boshqa bir bolalarda esa bu jarayon juda cho‘zilib ketadi.
Turli yosh bosqichlaridagi bolalar ayrim faoliyat turlarini
o‘zlashtirish tempi jihatidan ham bir-biridan farq qiladilar.
Masalan, to‘rt-besh yoshli ayrim bolalar rasm chizishga qiynaladilar.
Ayrimlari yaxshi rasm chizadilar. Besh-olti yoshli ayrim bolalarning diqqat va xotiralari sust bo‘ladi. Ular raqam va harflarni tanishda nihoyatda qiynaladilar. Boshqa bir shu
yoshdagi bolalar esa, oz vaqt ichida o‘rganib oladilar. Ayrim
shaxsiy psixologik sifatlarning (mustaqillik, batartiblik kabi)
yuzaga kelishida ham xuddi shularga o‘xshash individual
farqni ko‘rish mumkin. Turli yosh bosqichidagi bolalarning
psixik taraqqiyotlarida ko‘rinadigan individual farqlarning
asosiy sababi, birinchidan, ijtimoiy hayot sharoitining har xilligi bo‘lsa, ikkinchidan,
organizmning tabiiy irsiy imkoniyatlarining ta’siridir. Bolalarda
shartli reflekslar ham turlicha muddat davomida hosil
bo‘ladi. Ayrim bolalarda oriyentirovka refleksi yaqqol namoyon
bo‘lsa, boshqa bolalarda biron narsaning tekkanini sezish
refleksi, ya’ni taktil sezgilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday farqlar nerv sistemasining
nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Masalan, miyaning qandaydir jarohati bilan tug‘ilgan bola psixik taraqqiyotdan orqada qoladi.
Turli yosh bosqichidagi bolalarning individual psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish, bolalarga nisbatan
individual munosabatda bo‘lishni ta’minlash bilan birga
ularni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |