N. A. Egamberdieva



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

gadan
ortiq boMgan. Ark devorining balandligi 8 metr, 
pastdan eni 3 m etrdan ortiqroq qilib tiklangan. Shahar arkida 2 ta 
darvoza boMgan. A rk va undagi binolari pishiq gMsht va xom gMshtdan 
qurilib, bezashda m arm ar tosh, ganch, yog‘och hamda turli xil sirlangan 
koshinlardan keng foydalanilgan.


Arkda hukumat idoralari, masjid va madrasalar, shohona uy-joylar, 
15 ming jildli noyob kitoblami o‘zida jam lagan ulkan kutubxona, Am ir 
Temuming xazinasi, 
taxti, 
zarbxona, 
aslahasozlik 
ustaxonalari
hammom, hovuz, zindon va boshqa binolar joylashgan. Shuningdek, 
unda madaniy-maishiy binolar, suv inshootlari, yashil zona, gulzorlar, 
hunarmandchilik ustaxonalari, do‘konlar va savdo rastalari tartib bilan 
joylashtirilgan. Ark ichida davlatning asosiy qarorgohi bo‘lgan 
Ko‘ksaroy hamda Bo'stonsaroy joylashgan.
K o‘ksaroy tuzilishi jihatidan to‘rt qavatli boMib, go‘zal naqshlari 
betakror boMgan. Ushbu saroyning bezaklarida ko‘k zangori rangdagi 
sirkor koshinlar ko‘p ishlatilganligi sababli K o‘ksaroy deb ataganlar. 
Unda saltanatning muhim tadbirlari oMkazilgan. Jum ladan, xonni taxtga 
oMqazish yoki uni taxtdan olish kabi marosimlar, elchilar, shahzodalami, 
oliy maqomdagi mehmonlami shu saroyda qabul qilganlar.
Bo‘stonsaroyda asosan hukmdorlaming yaqin kishilari, vazirlar, 
ularning oila a’zolari yashaganlar. Shuningdek, bu erda turli tadbirlar -
bazm va to‘y-tomoshalar, oliy martabali 
kishilam ing tantanali 
uchrashuvlari oMkazilgan. Elchi va mehmonlar shu erda qabul qilingan.
Samarqand shahri darvozalari 6 ta boMgan. Ulardagi peshtoqlarning 
ikki tarafida mustahkam minoralar boMgan, devorlari esa turli ranglar- 
dagi naqshlar bilan bezatilgan
Rabotda turli-tuman kasbdagi hunarmandlarning mahallalari boMgan. 
Shahar tashqarisida Temur BogM Naqshi 
Jahon (Cho‘pon-O ta 
yonbagMrlarida), BogM Baland(hozir shu nomli m ahalla o‘mida), BogM 
Shamol (hozir shu nomli daha o‘mida), BogM Behisht, BogM Nav (qal’a 
yonida), BogM Chinor, BogM Dilkusho, BogM BoMdu, BogM Zag‘on, 
BogM amirzodai Shohruh, BogM Davlatobod, BogM Jahonnoma kabi 
bog* va charbogMami bunyod qildirgan.
Shahar XVIII asm ing 20 yillarida shahar inqirozga uchrab, uzoq vaqt 
bo‘shab qoldi. Shahardagi me’moriy yodgorliklar, jum ladan, darvozalar 
ham harobaga aylangan.
Samarqandni arxeologik jihatdan o ‘rganish ishlari XlX-asm ing 
oxirlarida boshlangan. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Bartoldning 
tashabbusi bilan tuzilgan «Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi» 
a ’zolari Samarqanddagi Afrosiyobni ko‘p asrlar xazinasi deb qarab, 
unda keng koMamdagi arxeologik qazilma ishlarini olib bordilar. 
V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiylar o'tkazgan 
arxeologik qazilmalar 
natijasida turli holdagi qadimiy buyumlar topilib, m uzeyga berildi. 1908 
yilda V.L.Vyatkin 
Samarqand chekkasida joylashgan U lu g'bek


rasad xonasining o ‘m ini aniqladi va qazish ishlarini o‘tkazdi. Natijada 
rasadxona harobasi ham da uning er ostidagi butun qolgan qismi qazib 
ochildi.
Keyingi davrlarda ham Samarqand hududida arxeologik tadqiqot 
ishlari keng k o ‘lam da davom etdi. 2001 yilda YUNESKOning 
Finliyandiyada o'tkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi ro‘yxatiga 
kiritildi. Sam arqandda 73 ta yirik tarixiy-me’moriy yodgorliklar mavjud 
bo‘lib, bular; R egiston ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Tem ur 
maqbarasi, U lu g 'b ek rasadxonasi, Bibixonim jom e masjidi, Ruhobod 
maqbarasi, A bdidarun majmuasi, Hoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr 
masjidi va boshqalar.
Amir T em ur davrida qurilgan bino va chorbog1 laming ko‘pgina 
qismi bizning davrim izgacha saqlanmagan. Saqlanib qolganlari ham 
o ‘sha davr m e’m orchiligining yuksakligini ko‘rsatib turibdi. Bular 
jumlasiga, Shohi Zinda yodgorligi, Bibi Xonim masjidi, maqbarasi va 
madrasa qoldiqlari, Ruhobod (Shayh Burxoniddin Sag‘oijiy maqbarasi), 
G o‘ri Amir ansam blining asosiy qismi, Sharisabzdagi Oqsaroy, Jahongir 
maqbarasi, Sham siddin kulol maqbarasi, Turkistondagi X o‘ja Ahmad 
Yassaviy xonaqohlarini kiritish mumkin.
Tem uriylar davri shaharsozligini o ‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ular 
ko‘p asrlik 
m e’m oriy an’analarni davom ettirganlar. Bu davrda ham 
shaharlar to ‘rtburchak shaklda qurilgan bo‘lib, mustahkam m udofaa 
devoriga, burj va darvozalarga ega boMgan. Har bir shaharda ark va 
hisor boMgan. U ning markaziy qismida, y a’ni ko‘chalar kesishgan joyda 
yopiq savdo gum bazlari boMgan. Juma masjidlari shahar bozoriga yaqin 
joylashtirilgan. M adrasalarning oldida ham keng maydon tashkil 
qilingan. H unarm andlarning 
o ‘z sohalari b o ‘yicha ixtisoslashi va 
aholining tabaqalarga boMinib yashashi shahaming daha va mahallalarga 
boMinishiga olib kelgan. Bosh ko‘chalarda hunarmandchilik va savdo 
rastalari boMgan.
Aholining tu rar joylari ilk o ‘rta asrlardagidan farqli ravishda hovlili
bolaxonali va darvozali qilib qurilgan. Qurilish materiali sifatida xom 
gMsht va paxsa ishlatilgan. Pishiq gMsht poydevorlariga va hovlining 
yuzasiga ishlatilgan. Bu davrlardagi turar joylarning tuzulishi ko‘pincha 
o ‘sha davrda yaratilgan m o” jaz 
tasviriy san’at asarlaridan olingan. 
Shuning uchun oddiy aholining turar joylari haqida ma’lumotlar etarli 
emas.
Temur davrida bunyod etilgan qasrlardan Shahrisabzdagi O q saro y
bir muncha saqlanib qolingan. Bu qasr Shahrisabz arki hisoblanadi.


Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlanib, pardoz ishlari 1404 boMgan. 
Uning ikkita tayanch qismi bugungi kungacha saqlanib turibdi. Shuning 
o ‘zi ham bu qurilgan imoratning salobatli boMganligidan darak yilgacha 
davom ettirilgan. Qasrga kirish qismida ulkan va bejirim peshtoq berib 
turibdi. Peshtoq ustunlari girih, islimiy va hattotlik naqshlari bezatilgan. 
0 ‘ng ustunga Temurga bag‘ishlangan tarixiiy lavha oltin suvi bilan 
yozilgan.
Temuriylar davri shaharsozligida bozor v a savdo inshootlari 
qurilishlariga ham katta e’tibor berilgan. Bular to ‘g ‘risida Ispaniya qiroli 
Karl Illning Temur saroyidagi elchisi Rui G onzales Klavixo asarida, 
«Bobumoma» kabi o ‘sha davr qoMyozma asarlarida maMumotlar 
saqlanib qolgan. Ularda ochiq bozorlar bilan bir qatorda rasta, chorsu, 
tim va boshqa usti yopiq savdo inshootlari to‘g ‘risida yozib qoldirilgan.
Temuriylar davrida bunyod etilgan eng noyob inshootlardan biri 
Ulug‘bek rasadxonasidir. U 1424 yilda Obi R ahm at arigM yonida, osti 
tog‘ jinsli toshlardan iborat tepalik ustiga qurilgan. Rasadxona dumaloq 
shaklda boMib, diametri 48 metr boMgan. A bdurazzoq Samarqandiy uni 
etti qavatli, Bobur esa, 
uch oshyonali deb yozadi. 
Arxeolog 
V.L.Vyatkin tomonidan rasadxonaning poydevori va asosiy asbobi- 
Faxriy sektanti joylashtirilgan chohi qazib o ‘rganilgan. Bu choh 
aylananing oltidan bir qismi erga o ‘yib yasalgan. Uning ikki hoshiyasi 
marmar bilan pardozlanib gradus, daqiqa, soniyalar tushirilgan. Bino 
pishiq gMshtdan ishlangan.
Temur davrida bunyod etilgan madrasalaming maMum bir qismigana 
saqlanib qolgan, ular to‘g ‘risida tadqiqotchilar o ‘rtasida turli xil fikrlar 
mavjud. Ulug‘bek davrida bunyod etilgan m adrasalar yaxshi saqlanib 
qolgan. Samarqandda 1417-1420 yillarda qurilgan madrasa boshqa 
madrasalardan qurilishi va bezalishi jihatdan alohida ajralib turadi. Bu 
madrasaning tomonlari 81x56 metmi tashkil etgan. T o‘rt burchagida 
minora boMgan. Binoning old tomonida peshtoq qurilgan. Hovli atrofida 
28 ta hujra ikki qavatli tarzda joylashgan va hujralam ing har biri ikki 
boMimli boMgan. M adrasa hovlisida 4ta ravoqli ayvon bor. Uning 3tasi 
yozgi darsxona vazifasini o ‘tagan. Bosh peshtoq tomonida joylash- 
ganlari esa, qishki darsxona vazifasini o'tagan. Hovli to‘rida masjid 
joylashgan. Binoning tashqari qismi girih va hattotiy naqshlar bilan 
koshinlangan. Peshtoq 10 yulduzli girih, bosh ravoq cheti morpechdan 
iborat. Flovli ichidagi ayvonlar, hujra peshtoqlari girih, islimiy va 
hattotiy naqshlar bilan bezatilgan.


Ulug‘bek tom onidan 1417 yilda Buxoroda qurilgan madrasaning 
kom pozitsion echim i birmuncha oddiyroqdir. Unda bir qishki va ikkita 
yozgi darsxona m avjud. Hujralar ikki qavat qilib qurilgan bo‘lsa ham, 
bosh peshtoq tom onidagi hujralar ko‘cha tomonga qaratilgan. Binoning 
to ‘rt burchagida m inora emas, guldastalar o'm atilgan. Shu madrasaning 
darvozasida 

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin