28
“Ustodi avval”ning 2-bo‘limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo‘limda
hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targ‘ib
qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda bo‘lgan.
S. Saidazizov kitobining 3-bo‘limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o‘z
oldiga bolalarga “qur’on”ni tushunib olishga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ygan.
Umuman, tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan yoyilgan:
1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan
o‘rgatilar edi. O‘zbekcha sinf muallimlari tovush
metodi oson va qulayligini
amalda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar va asta-sekin tovush metodini o‘z sinflariga
tatbiq eta boshlaganlar.
2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelgan
tatar muallimlari, ya’ni jadidlar tovush metodida xat-savod o‘rgata
boshlagan
edilar, oradan ko‘p o‘tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ular kabi yangi
maktablar ochadilar va bolalarga xat savodni tovush metodi asosida o‘rgata
boshlaydilar.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining
o‘rnini egallay boshlagan.
Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o‘rgatishga
Rossiyada
K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan.
Tovush metodi bilan savod o‘rgatilganda, so‘zning eng kichik bo‘lagi,
ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zning ma’nosini o‘zgartira oluvchi
har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so‘zda tovushlar almashinishi,
ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so‘z hosil bo‘lishi mumkinligi
bolalar ongiga etkaziladi. Keyingi yillarda ham
xat-savod tovush metodida
o‘rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K.
Qosimova, Y.Abdullaev, O. Sharafiddinov va boshq.) tovush metodida xat-
savod o‘rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alifbosida yozuvni o‘rgatish qiyin bo‘lgan. Bu alifbodagi harflar
so‘zda qo‘llash o‘rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o‘rganishni
qiyinlashtirgan. Shuning uchun ko‘p maktablarda bolalarga o‘qish o‘rgatilib
29
yozuv o‘rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko‘pchiligi o‘qishni bilib,
yozishni bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog‘ozga dastlab yo‘g‘onroq
savag‘ich qalamda o‘rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o‘rganganlaridan
keyin
qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o‘rgatish alifbo tartibida harflarning alohida-alohida shaklini
yozdirishdan boshlangan. Avval
alif
ni yozish o‘rgatilgan, keyin o‘xshash shaklli
harflar bandlarga bo‘linib, o‘xshash unsuri bo‘lmaganlari
esa ayrim-ayrim
yozdirilgan. Ba’zi domlalar ayrim harflarning elementlarini yozishni ham
alohida mashq qildirganlar.
Shundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib
yozish (bu
Dostları ilə paylaş: