N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Hujjatlashtirish 
- kuzatilayotgan jarayonlar natijasini 
qayd etishdan iborat.
Qayd etish 
- kuzatilayotgan faollikni hujjatlashtirish 
jarayoni bo'lib, aksariyat pedagoglar bu ishni tabiiy ravishda 
amalga oshirsa ham, bolalarni muntazam kuzatish to'liq 
ma'lumot to'plash imkoniyatini beradi.
Kuzatishdan ko'zlangan asosiy maqsad:
- Har bir bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va ko'nikmalarini 
aniqlash uchun; Bugun bolalarni shaxs bilishni, ularda 
intiluvchanlik, rag'batlantirish va bilim olishga bo'lgan 
ehtiyojlarini to'liq qondirishga yordam beradi;
- Vaqt o'tishi va ta'lim natijalariga ko'ra boladagi o'zgarish 
va rivojlanishni tushunish uchun, bunda bolalarning 
jismoniy rivojlanib va hissiy jihatdan, yil davomida nutqining 
rivojlanishini va savodga tayyorlanishini ko'rish imkoniyatini 
yaratadi;
- O'qitish muhitiga o'zgarishlar kiritish uchun - bunda 
bolalar uchun tayyorlangan joy va materiallardan ular qanday 
foydalanayotganligini kuzatib, mavjud materiallar bolalarning
419


ehtiyojiga javob berish-bermasligi, ko'pincha materiallarga 
zarurat bor-yo'qligi masalasiga javob topish mumkin;
- E'tibor talab qiladigan holatlarni aniqlash uchun bunda 
bolalarda qondirilishi zarur bo'lgan alohida ehtiyojlar bor 
yoki yo'qligini ko'rish imkoniyatini beradi. Bu eshitish, 
tayanch-harakat apparati va bola rivojlanishidagi boshqa 
jismoniy va ruhiy muammolar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. 
Bu kabi muammolar aniqlanishi bilan o'z vaqtida tegishli 
mutaxassislarga murojaat etish zarur.
Muammoviy vaziyatlarni mukammal tarzda hal etish 
usullarini aniqlash uchun - bu pedagogga muayyan vaziyatda 
boladan qanday xatti-harakat kutish mumkinligini aniqlash 
va shu orqali bolalarga o'z xatti-harakatini boshqarishni 
o'rganishga yordam beradi.
- Rejalashtirishga o'zgartirishlar kiritish uchun. Pedagog 
kuzatishi natijalaridan foydalanib, u yoki bu narsani 
o'zgartirishga ehtiyoj ini, bolalarning ehtiyojlariga mos ravishda 
rejalashtirishga mos ravishda rejaga qanday o'zgartirishlar 
kiritish lozimligini aniqlaydi.
- Ota-onalar 
va 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasalari 
mutaxassislari foydalanishi mumkin bo'lgan ma’lumotlarni 
olish uchun. Kuzatish bolalarni, ularning qiziqishlari, yutuqlari, 
muloqot va o'zaro aloqa ko'nikmalarini, muammolarini alohida 
ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarining asosliligini 
tushunishga yordam 

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin