N. M. Kayumova


VI.  Qayta shakllantirish



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

VI. 
Qayta shakllantirish 
- ta'lim texnologiyasini o'qitish- 
ning ustuvorligi texnologiyasini didaktika va metodika po- 
zitsiyasi tamoyilidan ko'rib chiqish lozim,
O'qitishning metodik jihatdan ko'rib chiqilganda, maktab­
gacha yoshdagi bolaning nutqiy rivojlanish metodikasi (F.R. 
Qodirova) muhim o'rin egallaydi.
Ta'lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:
- Didaktik tamoyillar;
- Ta'lim vositalari;
- Ta'lim bosqichlari;
- O'zaro munosabatlar turlari.
1. Didaktik tamoyillar:
- Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda anglash faoliyati subyektiga tayanadi.
65


- Ko'rgazmalilik tamoyili - bolalar tomonidan o'rab turgan 
olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi.
- Oson erishuvchanlik tamoyili - bolalarning anglash faoli­
yatini rivojlantirishning muvofiqligi hisobi bilan bog'liq.
- Yetkazish tamoyili - o'qitish jarayonida bolalarning aloxi- 
da (yakka tartibdagi) xususiyatlarini hisobga oladi.
- Tizimlilik tamoyili - bolaning atrof-olamni anglash orqali 
muloqotga kirishishi darajasini hisobga olish bilan bog'liq.
2. TaTim vositalari - o'qitish yo'llari: nutqli faoliyatli, qo'l- 
lanmali, psixik.
3. Ta'lim bosqichlari: tanishish, differensiatsiya, integratsi-
ya.
4. O'zaro munosabat turlari: 4 turdan tashkil topadi.
1 - tur - hissiy-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifa - his- 
siy-shaxsiy munosabatlar bo'yicha almashuvi va keyingi ham- 
korlikdagi faoliyat uchun motiv (xohish-istak], hissiy kayfiyat- 
ni yuzaga keltirish.
2 - tur - ijodiy faoliyat tajribasining ustuvorligi. Bu turdan 
maqsad o'zaro munosabatlar o'qitishning anglash aspektini 
ta'lim maqsadini ishlab chiqadi va bolaning alohida xususiyat­
larini ochishga yo'naltiriladi.
3 - tur - o'quv vazifasini hal etishning mavjud imkoniyat- 
larini mustahkamlash uchun faoliyat turlarini egallashi tajri- 
ba almashishi. Ushbu o'zaro ta'sir etuvchi tur o'qitishning psi­
xologik aspektiga asoslanadi, rivojlantiruvchi maqsadni tatbiq 
etadi, bola shaxsining rivojlanishiga omil boTadi.
4 - tur - akmeologik sohasini tatbiq etish. Bunda pedagog 
mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga 
egallagan faoliyat turlarini qo'llash va notanish sharoitda ham 
harakatlanish imkoniyatini beradi. Ushbu o'zaro ta'sir etuv­
chi turning vazifasi - bu bola tomonidan mazmun va munosa- 
batlarni o'rganish jarayonida tizimli bilimlarni egallash, bola 
shaxsining mazmuniy sohasida "Dunyo tasavvuri"ning shakl- 
lanishidir.
66


O'zaro ta'sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning ham­
korlikdagi faoliyatining xarakteri va turlarini, balki bola­
lar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga 
yo'naltirilgan ta'lim metodida asosiysi hisoblanadi.
Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasi- 
ning didaktika modelini ko'rib chiqdik, bular o'qitishning na- 
zariy negizi hisoblanadi.
Katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasining uslubiy 
modeli ta'lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va 
bolalar o'rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakl- 
lantirishni boshqarishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo'lib quyidagilar:
- Uslubiy tamoyillar;
- Ta'lim vositalari;
- Ta'lim bosqichlari;
- Ta'limning usul va uslublari hisoblanadi.
Uslubiy tamoyillar:
- o'qitish maqsadlarining o'zaro qaramlik va bog'liqlik ta- 
moyili;
- qayta shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi 
ta'lim tamoyili;
67


- ta'limning syujetli vaziyatli bog'liqlik tamoyili.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tatbiq etishda quyida­
gi ta'lim maqsadlari muhim hisoblanadi.
Ta'limiy maqsad - bola ta'lim jarayonida o'zining aqliy 
ehtiyojlarini qondirib, uni o'rab turgan haqiqatni anglab bora­
di. Aqliy ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha davrning turli 
yosh bosqichlarida o'zgarib, takomillashib boradi. Aqliy ehti­
yojlarini qondira borib, bola hayotiy vaziyatlardagi muloqot ja­
rayonida va turii faoliyatlarda til vositalarini qoTlash malaka- 
larini egallaydi. Bu jarayon barcha mashg'ulot turlarida amal­
ga oshiriladi. Mos keluvchi (adekvat) ifoda etish vositalarini 
izlash bolada aqliy faollikni, qiziquvchanlikni, tashabbuskor- 
likni kuchaytiradi, aqliy qiziqishlarini rivojlantiradi.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi - bola ehtiyojlarini tarbi­
yalash, pedagogik nuqtayi - nazarni tatbiq etish (kattalar to­
monidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatga bola tomoni­
dan o'zining shaxsiy kechinmalari orqali “axloqiy bosqichlar”ni 
bosib o'tish yo'li}.
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolaga axlo­
qiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat 
shakllanadi. Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, 
amaliy maqsadlari o'qitishning munosib vosita, usul va uslub- 
larni tanlash sharti bilan tatbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillar­
ni belgilochi asosiy faktor bo'lib xizmat qiladi.
Har bir xususiy uslub o'zining mashqlar tizimini yaratib, shu 
tariqa uslubiy tamoyillar va turli vosita va uslublar asosida qu- 
rilgan o'qitishning uslubiy modeli katta shakllantiruvchi ta'lim 
texnologiyasini tashkil etish uchun hisoblanadi.
Didaktik va uslubiy modellar birgalikda maktabgacha 
ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etishning 
yo'naltiruvchi asosi boTib xizmat qiladi. Shuningdek, Maktab­
gacha ta'lim Konsepsiyasi-bolani maktab ta'limiga tayyorgar­
lik ko'rsatkichlarini:
- Jismoniy tayyorgalik (bola rivojlanishining fiziologik dara­
jasi);
68


- Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining hissiy, 
mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
- Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihatdan ijti­
moiy rivojlanish darajasi).
Maktabgacha ta’limda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni 
amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rsatkichlarni belgilashda 3 
ta soha inobatga olinadi: bolalar-shaxs, faoliyat va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik - bu pedagogik tafakkur (gnos- 
tik, ya'ni aqliy qobiliyatlar-ilmiy ma'lumotlarni farqlash mala- 
kalari, amaliy faoliyatga ilmiy bilimlarni to'g'ri qo'Ilash, peda­
gogik vazifalarni malakali hal etish” pedagogik maqsadni belgi- 
lash (tashkilotchilik qobiliyatlari-o'qitish va takrorlash uchun 
optimal sharoit yaratish malakalari, mashg'ulotning kerakli 
shakllarini tanlash, vaqtni to'g'ri taqsimlash, o'quv jarayonini 
kerakli inventar jihozlari bilan ta'minlash; o'z mehnatini tash­
kil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o'tkazish (er- 
taliklar, adabiy kechalar va boshqalar).
- Pedagogik yo'naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: 
ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop 
shaklda ma’lumotni taqdim etish qobiliyati, birovni ishontira 
olish qobiliyati, “pedagog-pedagog", “pedagog-ota-ona”, "pe- 
dagog-menejer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqot- 
ni savodli tizimi, bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikrokli- 
matni yaratish va boshqalar).
- Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat 
xotiraviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublari- 
ni olib tashlab, yangi ajoyiblarini izlash, ushbu va o'z-o'zidan 
ma'lum narsadan yuqorilarini ko'ra bilish, g'oyaviy hosildor- 
lik, bolaning individual rivojlanishi o'quv jarayonini, innovat­
sion o'quv rejasini, dasturni, o'z faoliyatini loyihalashtirish va 
boshqalar).
- Refleksiv tayyorgarlik-pedagogik refleksiya (refleksiv qo­
biliyatlar sezgirlikning 3 tizimni o'z ichiga oladi: obyektiv his 
etish, real haqiqiy bolalarda qanday aks-sado berayotgani- 
ga, bolalarning qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon
69


bo'lishiga, ularning pedagogik tizim talablariga mos kelishiga, 
pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his etish va takt turli 
pedagogik ta'sir ko'rsatish vositalari ta’sirida bola shaxsiga va 
faoliyatida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, daxldorlik va javob- 
garlik hissi va sezgirligi bilan ta'riflanadi.
- Demak, yuqorida belgilab berilgan tayyorgarlik jarayon- 
lari ta'lim jarayonlarini yaxlit subyektining rivojlanishini 
amalga oshirilishidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasi - tashkiliy uslubiy jihat­
dan quyidagi:
- Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish tizimini 
isloh qilish;
- Pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash tizimini zamonaviy tashkil etish;
- Respublika bo'yicha maktabgacha ta'limni dasturiy-uslu- 
biy ta'minlash;
- Maktabgacha ta'limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash 
samaradorligiga erishish vazifalarini o'z oldiga qo'yadi.
Maktabgacha ta’lim tizimining qayta tashkil etilishi - bu, 
avvalambor, maktabgacha ta'lim muassasasiga ko'proq mos 
keluvchi tartibni yaratishdir. Ya'ni, maktabgacha ta’lim muas­
sasasi bola ta'lim-tarbiyasida davlatning asosiy talablarini 
qondira oladigan tashkilot sifatida qabul qilinishi kerak.
Bu bo'limda maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalar bi­
lan rejali to'ldirish ishlari nazarda tutilgan bo'lib, turli yosh gu- 
ruhlarida 10-12 ta bola ilk yosh guruhida 6-8 ta bola, 3-dan 5 
yoshgacha bo'lgan guruhlarda 8-10 ta bola, 5dan 6 yoshgacha 
10-12 ta bola bilan to'ldirilishi, belgilangan me'yordan oshib 
ketmaslik talab etiladi.
1. Bolalarning yoshi, psixologik rivojlanish xususiyatlarni 
inobatga olib;
2. Ijtimoiy, shaxsiy va demografik (jinsi yosh) ni hisobga olib.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bolaning o'sishi va
sog'lig'ida ayrim kamchiliklari (maktabgacha ta'lim muassasa­
siga qiyinchilik bilan moslashadigan, nevrozga moyil, sog'lig'i
70


susaygan bo'Igani uchun ota-onalar bilan kelishilgan holda 
(ko'proq haq to'lash evaziga) kam qamrovli guruhlar tashkil 
etish maqsadga muvofiqdir.
Guruhlarni jihozlash maqsadida joylarini almashtirish im- 
konini beruvchi polifunksional transformal mebeliardan foy­
dalanish kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolani to'Iaqonli tarbi- 
yalash maqsadida:
- rivojlantiruvchi predmetli muhitni yaratish bosh vazifa 
qilib qo'yilgan. Bolani rivojlantiruvchi predmetli muhit - bu bo­
la faoliyati uning shaxsini to'Iaqonli rivojlanishini ta'minlovchi 
sharoitlar tizimidir.
U bolalarning rivojlanishi uchun kerak bo'lgan bazaviy 
tarkibiy qismlarni o'z ichiga qamrab oladi. Uning tarkibiy 
qismlari: tabiiy muhit va obyektlar;
- madaniy landshaftlar (ko'rinishlar)
- jismoniy - o'yin va sog'lomlashtiruvchi qurilmalar;
- Predmetli o'yin muhiti;
- Bolalar kutubxonasi;
- Igroteka;
-Videoteka;
- Dizayn studiya va muzey;
- Musiqiy-teatral muhit;
- Mashg'ulotlarning predmetli-rivojlantiruvchi muhiti;
- Kompyuter o'yin majmuasi;
Rivojlantiruvchi muhitga quyidagi talablar kiradi:
Uning rivojlantiruvchi xarakteri;
Jihozlangan predmetli muhit;
Yangi informatsion texnologiyalarni qo'llash. (intellektual 
va operatsional).
Maktabgacha ta'lim tizimida:
- psixologik xizmatni; (psixoprofilaktik psixologik ilgarila- 
ma korreksion faoliyat)
- ijtimoiy pedagogik xizmat - ijtimoiy pedagogik qo'llab- 
quvvatlash, bola huquq va qiziqishlarini himoya qilish, bo-
71


la tarbiyasida oila yordam ko'rsatish, sog'lom turmush tarzi- 
ni tarkib toptirish, mahalliy boshqaruv idoralari, manfaatdor 
tashkilotlar, muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik 
o'rnatish belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabga­
cha ta'limni rivojlantirishning asosiy maqsadi:
- maktabgacha ta'limning nufuzini oshirish, uning ta'lim so­
hasida jamiyat uchun ustuvorligini mustahkamlovchi maqomi- 
ni mustahkamlash;
- bosh talabgor va iste'molchi - ota-onalarga mo'ljallangan 
turli turdagi, tildagi va profildagi maktabgacha ta’lim muassa­
salarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar 
muhim hisoblanadi:
- maktabgacha ta'lim muassasalarining Davlat tizimini 
saqlab qolish (byudjet va tashkilotlarga qarashli)
- maktabgacha ta’limning standartini aniqlash;
- maktabgacha ta'limning yangi mazmun va texnologiyala- 
riga o'tish;
- maktabgacha ta'limning tashkiliy-tarkibini variativlik ta­
moyillari, ochiqligi, barcha uchun qulayligi, oila bilan hamkor­
ligi, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan 
o'zaro munosabatlarga muvofiqlashtirilgan holda o'zgartirish;
- jamoatchilikka nisbatan birinchi navbatda maktabgacha 
ta'lim muassasalarining rivojlanishidan ketayotgan o'zgarish, 
shart-sharoitlari va talablarga o'z vaqtida va mos keladigan ja­
vob topish;
- maktabgacha ta'lim muassasalari uchun maktabgacha 
ta’lim tarkibi harakatliligida (o'zgaruvchanligida) topqirlik bi­
lan mo'ljal olishga imkon beruvchi kadrlarni ilmiy-metodik to- 
mondan tayyorlanishni takomillashtirishdan iborat.
- maktabgacha ta'limni yangilashda bosh pozitsiya:
Pedagogik faoliyatning o'zaro hurmatga yo'naltirilganligi,
differensial va individuallik, demokratizatsiya, bolalar uchun 
bir xilda ta'lim berish imkoniyatini yaratish dinalizm va varia­
tivlik egallaydi.
72


Yuqorida ko'rsatib berilgan vazifalarni joriy etishda quyida­
gi tamoyillar inobatga olinishi lozim:
- Bola shaxsini rivojlantirishga intilayotgan pedagogik faoli­
yatning o'zaro hurmatga yo'naltirilganligi uning qobiliyati, iqti- 
dori, qiziqishlari bolalar faoliyatining turli shakllarida maksi- 
mal olib borish;
- Shaxsning shakllanishida maktabgacha yoshining ahami­
yati haqida zamonaviy ilmiy bilimlarini qo'llash;
- Intellektual rivojlantiruvchi, predmetni fazoviy muhitni 
yaratish;
- Shaxsning manfaatlariga yo'naltirilgan ta'lim ustuvorligi- 
ni tan olish;
- Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun tenglik 
huquqini tan olish;
- Maktabgacha ta'limning barcha uchun (tengligi) barobar- 
ligi;
- Bolalar sog'lig'i va hayotini muhofaza qilish uning jismoniy 
va psixik rivojlanishi; sog'lom turmush tarzini shakllanishida 
maktabgacha ta'lim muassasasining ahamiyati;
- Bolaning ijtimoyillashuvi jamoada yashashga, ta'limning 
keyingi bosqichiga sekin astalik bilan o'tishda maktabgacha 
ta'lim muassasasi faoliyat mazmunining yo'naltirilganligi;
- Ta'lim-tarbiya ishlarining shakl va yagona umuminsoniy 
va milliy qadriyatlarning mazmuni;
- Tarbiyaviy, ta'limiy va rivojlantiruvchi vazifalarining birli-
gi;
- Bolalarni o'qitish va rivojlantirishda maktabgacha ta'lim 
muassasasi va oilaning alohida xususiyatlarini hamkorlikda 
tatbiq etish jarayoniga ota-onalarni jalb etish;
- Maktabgacha ta'limning asosiy talabgori va iste'molchisi 
bo'lgan oilaning ehtiyojlariga qarab turli ko'rinishda, tilda, 
profilda, variantiv bo'lishni ta'minlash;
- Maktabgacha va boshlang'ich ta'limning uzviyligi, ja- 
moatchilik va oilaviy ta’limning o'zaro hamkorligi;
- Hududiy xususiyatlarni hisobga olish;
73


- Maktabgacha ta'lim tizimida ro'y beradigan o'zgarishlarga 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga o'z vaqtida e'tibor 
qaratish.
Maktabgacha ta'limni isloh qilish boshqaruv tizimida qu­
yidagi o'zgarishlarni talab etadi:
- Respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloqda amaliy ish 
vaziyatining hududiy va joylardagi xususiyatlaridan kelib 
chiqib maktabgacha ta'lim muassasasining to'g'ri egiluvchan, 
boshqaruv shakllarini yaratish maqsadga muvofiqdir.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi ishini qayta ko'rish o'z 
ichiga ishni tashkil etishda va mazmunida o'zgarishlar, shu­
ningdek yuqori tashkilot bilan o'zaro munosabatlarda ham 
o'zgarishlarni ham qamrab oladi;
- Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish mudira to­
monidan doimiy faoliyat yuritadigan pedagogik xodimlar o'z- 
o'zini boshqaruv jamoaviy organi hisoblangan pedagogik ken- 
gashda amalga oshiriladi;
- Maktabgacha ta'limni isloh qilish pedagogik xodimlar- 
ni tayyorlash va qayta tayyorlashda o'zgarishlarni talab eta­
di. Maktabgacha ta'lim muassasalarida faqat maxsus peda­
gogik ma'lumotli va kerakli qayta tayyorlovdan o'tgan xodim­
lar faoliyat yuritishi shart:
II. 
pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va 
qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil etish.
Maktabgacha taTim tarbiyachisi faoliyati, uning kasbiy tay- 
yorgalikni differensiallashni tatbiq etish alohida o'rin egallay­
di. Bu borada pedagogik kengash va oliy o'quv yurtlarining 
oldiga mutaxassis kadrlarni sifatli tayyorlash vazifasi yukla- 
tiladi.
Konsepsiyada - ta'lim muassasasida kirish jarayonida ularni 
kasbiy yaroqligini aniqlash jarayonini tashkil etish kasbiy tay­
yorgarlik sifatini oshirishdagi muhim vosita ekanligi uqtiriladi.
Maktabgacha ta'lim tizimi uchun kadrlarni mukammal tay- 
yorlashni turli-tumanligiga ularni malakasini oshirish va qay­
ta tayyorlashni turliligini ochish imkoniyatini beradi.
74


Malaka oshirish kurslarini shunday tashkil qilish kerakki, 
tinglovchilar nafaqat ta'lim jarayoniga zamonaviy va metodik 
yondashish, balki o'zlarining qiziqishlari va mutaxassisliklari 
bo'yicha bilimlarini olishi kerak.
O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim Konsep- 
siyasi maktabgacha ta'limdagi muammolarni hal etish bilan 
shug'ullanadigan barcha tashkilotlarni ularning bir-biri bilan 
hamkorlik va muloqotni amalga oshirgan holda muvofiqlashti- 
rishni ko'zda tutadi.
Respublika ilmiy metodika markazi - ilmiy uslubiy itimoiy, 
psixologik-pedagogik, tibbiy gigiyena o'quv ko'rgazmali labo- 
ratoriyalar, tajriba sinov maktabgacha ta'lim muassasalari ish­
larini tashkil etadi va boshqaradi. Shuningdek, maktabgacha 
ta'limni rivojlantirishga qaratilgan istiqbol dasturlarini tu- 
zishda bevosita yetakchilik qiladi.
Bu ishlarda O'zbekistonning ta'lim sohasiga oid bo'lgan 
hududiy muammolarni qamrab olgan tadqiqotlar bilan shug'ul- 
lanish maqsadida ilmiy hujjatni joriy etish katta ahamiyat kasb 
etadi.
Bu esa: turli turdagi maktabgacha ta'lim muassasalaridagi 
ta'limiy-pedagogik jarayonni tashkil etishning shakl va maz­
munini ishlab chiqish, o'zbekcha-ruscha ikki tillik muammosi, 
bolalar rivojlanish darajasining psixologik, pedagogik va ijti­
moiy diagnostikasi pedagoglarning kasbiy darajasi, oila, mak­
tabgacha va boshlang'ich ta'lim hamkorligi, ta'limning shaxsga 
yo'naltirilgan modelining ustuvor(bosh] tatbiq qilishning usul 
va texnologiyalari va boshqa bir qancha dolzarb masalalari­
ni hal etishni taqozo etadi. Respublika ilmiy-metodika marka- 
zining yana bir asosiy vazifasi bu-uslubiy hujjatni joylarda na- 
munaviy maqsadli tahlil etishdir.
Bunda ta'lim, fan va texnika yutuqlari, ilg'or ish tajribalari- 
da unumli foydalangan holda o'quv-metodik qo'llanmalar ish­
lab chiqishni ta'minlaydi; tajriba-sinov maydonida olib borila- 
yotgan pedagogik texnologiyalarni sinovdan o'tkazish peda­
gogik tajribani o'rganish, umumlashtirish va tarqatish, ped-
75


agogik jamoa va alohida pedagoglarning yangi fikrlari, mual- 
liflik maktabgacha ta'lim muassasalarining bilimiga yordam 
berish, tarbiyachilarning uslubiy birlashmalarini tashkil etish 
nazarda tutiladi.
Psixologik-pedagogik maslahatni tashkil etish - ota-onalar 
va bolalar bilan ishlashda ko'pchilikga duch kelayotgan peda- 
goglar uchun, ularning kasbiy-shaxsiy qobiliyatlarini diagnos- 
tikadan o'tkazadi; o'qitish uslubining psixik korreksiyalarini 
amalga oshiradi, pedagogni attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha 
ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi, psixologlar uchun 
qo'llanmalar tayyorlaydi, bolalarni tekshiruvdan o'tkazadi va 
tezkor qabulni amalga oshiradi.
Bolalarni ilk qo'llab - quvvatlash va psixologik-jismoniy ri- 
vojlanishidagi nuqsonlarning oldini olish vasiylik bo'limi tib­
biy, maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, psixologik, ij­
timoiy va yuridik xizmat tashkilotlari bilan hamkorlik va koor- 
dinatsiya ishlarini tashkil etish lozim.
Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jahon andozalariga olib 
chiqishni ta'minlash maqsadida markaz turli ijodiy ittifoqlar, 
shuningdek, yaqin va uzoq, chet ellar bilan aloqalar o'rnatish 
lozim.
Respublika bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasini das- 
turiy uslubiy jihatdan ta'minlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ko'p 
jihatdan ta'limni maktabgacha yoshdagi bola psixikasi xususi­
yatlariga javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta'lim- 
tarbiya berish qo'llanmalari bilan ta'minlanishga bog'liq. 
Bu bo'limda ta'limda qo'llaniladigan bosh ta'lim qo'llanmasi 
bola va kattalarning o'zaro munosabatlarining shaxsga 
yo'naltirilganligini ta'minlovchi qo'llanmalar (alohida ish uc­
hun daftar, albomlar, flamaster, qalam, bo'yoqlar va h.k) yara- 
tilgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta’lim standar- 
tini, bolalar bilan ishlashda va ularni rivojlantirishdagi asosiy 
yo'nalishlarini ta'minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar 
va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi uchun darslik va 
qo'llanmalar yaratish nazarda tutiladi.
76


Shuningdek, ta'lim-tarbiyaviy jarayonda o'yin faoliyatini 
tashkil etish usullaridan rivojlantiruvchi predmetli o'yinning 
nazariy va amaliy jihatlari ustida fikr yuritiladi.
Maktabgacha ta'limda pedagogik texnologiyalar.
Maktabgacha 
ta'limda 
pedagogik 
texnologiyalarni 
qo'llash ta'limiy maqsadlarni qat'iy talab etuvchi va bosqich- 
li o'zgarishlarning aniqligini va olingan natijalarni baholovchi 
ma'lum ilmiy loyihalashni mo'ljallaydi.
Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogik texnoligiyalar na­
faqat o'qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga, 
uning shaxsiy sifatlari, aqliy-ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy ri­
vojlanishiga yo'naltirilgandir, Ta'limning insonparvarligi sha- 
roitida pedagogik texnologiyalar pedagogdan bolani jiddiy qa­
bul qilish munosabatlarida ko'riladi.
Pedagogik 
jarayonlarda 
pedagogik 
texnologiyalar 
qo'llanilganda bularning samaradorligi diagnostika qilinadi. 
Bu esa bolaning ta'lim ta'siriga ochiq munosabatda bo'lishini 
ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'limning samaradorligini boshqarishning al- 
goritmning ya'ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo'yilgan o'quv 
va tarbiyaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish 
faoliyatini kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi,
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, 
O'zbekiston Respublikasidagi Maktabgacha ta'lim tizimi oldiga 
bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, Dav­
lat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlanishni 
ta'minlashdek ulkan mas'uliyat yuklanadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Konsepsiya- 
sining maqsad va vazifalari quyidagi bosqichlarda ro'yobga 
chiqariladi.
Birinchi bosqich - 2012-2014 yillar mavjud maktabgacha 
ta'lim tizimining ijtimoiy tomonlarini saqlab qolish asosida 
ushbu tizimni isloh qilish va rivojiantirish uchun huquqiy asos- 
ni (vazni) yaratish.
77


Ushbu bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
- O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida"gi qonun va 
Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturiga muvofiq maktabgacha 
ta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yan- 
gilash.
- Bola shaxsiga yo'naltirilgan model ustuvorligini ta'minlash.
- Pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash ishini zamon talablariga muvofiq 
darajada tashkil etish.
- O'quv uslubiy qo'llanma dasturlarining didaktik va ax­
borot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish.
Ikkinchi bosqich - 2015-2017-yillar.
- Maktabgacha ta'lim konsepsiyasini ta'lim jarayoniga be- 
vosita qo'llash mavjud ijtimoiy-psixologik sharoitlar hisobini 
olgan holda, unga yangiliklar kirita borish,
- Maktabgacha ta'lim muassasalarida tubdan o'zgartirilgan 
o'qitish tizimini amaliyotga joriy etish.
- Ta'lim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini qo'llash 
asosida ta'lim jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish.
Uchinchi bosqich - 2018-2020-yillar.
To'plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish 
asosida(istiqbol) kelajak uchun yangi ilmiy g'oyalar loyihasi 
(ustida) ishlab chiqish.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin