N. M. Kayumova


XXII BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTAB­



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

591


XXII BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTAB­
GACHA TA'LIM VAZIRLIGI VA MAKTABGACHA TA'LIM
BO'LIMLARI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA'LIMGA
RAHBARLIK
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI TOMONIDAN
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIGA RAHBARLIK
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil 
etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son 
qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi16.
Vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli 
davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
bo'ysunadi.
Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti­
ning “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF- 
5198-son Farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti­
ning «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 
faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabragi 
PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitut- 
siyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti­
ning farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, 
ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Vazirlikning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan 
qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
16 O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g‘risida"gi Nizom. - Т.,
2017 21-noyabr.
592


davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning 
mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiydir.
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
Maktabgacha 
ta'lim 
vazirligi, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmalari, Toshkent 
shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, maktabgacha 
ta'lim tuman (shahar) bo'limlari (keyingi o'rinlarda hududiy 
bo'linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar 
yuridik shaxslar hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin