Diskli tormozlar. Diskli tormozlarda tormozlovchi moment tormoz valining o‘qi bo‘ylab ta’sir etadigan kuchdan hosil bo‘ladi (51-rasm). Tormozning qo‘zg‘aluvchan (yetakchi) qismiga 3...5 mm qalinlikda qo‘zg‘aluvchan disklar 1, qo‘zg‘almas qismiga 4...6 mm qalinlikdagi po‘lat yoki cho‘yandan tayyorlangan qo‘zg‘almas disklar 3 barmoqlar yor- damida o‘rnatiladi.
Yetaklovchi va yetaklanuvchi disklar o‘q yo‘nalishi bo‘yicha bemalol surila oladi. Qo‘zg‘almas disklarga yashirin kallakli (misli, aluminiyli) parchin mixlar yordamida tekis halqa ko‘rinishidagi friksion qoplagich biriktiriladi. Tormozlash prujina 2 orqali, ajratish esa elektromagnit 4 orqali bajariladi.
51-rasm. Diskli tormoz. Diskli tormozlarda tormozlovchi moment quyidagi formu- ladan aniqlanadi:
Mt = n/Rekv-N, N-mm, (97)
bunda: N — diskni qisuvchi kuch; n — ishqalanuvchi yuzalar soni; f — tormoz shkivi va kolodka orasidagi ishqalanish koeffitsienti; Rekv — ekvivalent ishqalanish radiusi, mm.
Ekvivalent Rekv ishqalanish radiusining hisobiy qiymati ish yuzasida solishtirma bosimning qabul qilingan taqsimlanish qonuniga bog‘liq bo‘ladi. Bu qonun asosiy friksion juft ele- mentlarining bikirligini va o‘qqa qo‘yilgan kuch turini aniq- laydi.
Agar barcha ishqalanish yuzasida solishtirma bosim teng taqsimlangan deb qabul qilinsa, u holda ekvivalent radius:
» 2 (Rt -R)
= 3 JR2-Rj2J •”” (98)
bunda: Rt — diskning tashqi radiusi, Rt=l,25 Ri; Ri — disk- ning ichki radiusi diskning vali d ga bog‘liq holda konstruktiv belgilanadi. Uni taxminan quyidagiga teng deb olish mumkin:
Ri = d + Ash, mm (99)
bunda: hsh — shlitsa yoki shponka balandligi, mm.
Agar bir xil aylanayotgan ishqalanish yuzasini qabul qilsak, unda shunday bo‘lishi mumkinki, ko‘rilayotgan nuqtaning ishqalanish yuzasidagi bosimning shu nuqtadagi tezlikka ko‘paytmasi doimiy bo‘ladi, ya’ni P-V = const, unda:
Rekv = • (I")
Bu holda diskning ish yuzasidagi ishqalanishdan hosil bo‘la- digan o‘rtacha solishtirma bosim:
po, = т/я - [p]> MPa- и Rt -Ri ) 80
bunda: [P] — diskning ish yuzasidagi ruxsat etilgan solishtirma bosim, MPa. Qisuvchi qurilma va yetakchi prujinada to‘plangan kuchlar ta’siridan ishqalanish yuzasi bo‘yicha solishtirma bosim notekis taqsimlanadi. Solishtirma bosimning taqsimlanish xarakteri qis- man darajada quyidagi omillarga bog‘liq:
detallarning bikirligi va tormozlarining konstruktiv sxe- malariga;
tormozning ishlash jarayonida disklarning issiqlik ta’siridan deformatsiyalanishiga;
disklar har xil radiusda joylashganligi sababli turli tez- likda sirpanuvchi nuqtalarning urinishidan friksion material- ning notekis yeyilishiga.
Umumiy holda tormoz kolodkalarining yeyilishi fPV2 — ko‘paytmaga proporsional; bunda К — chiziqli tezlik. Amaliy hisobda f = const qabul qilinadi, P ning qiymati 15-jadvaldan olinadi.
15-jadval