Gazlamali tormoz tasmasi po‘lat yoki cho‘yan bo‘yicha
0,6
0,3
Valsovkalangan va presslangan friksion material po‘lat yoki cho‘yan bo‘yicha
0,6
0,3
Qoliplangan friksion material po‘lat bo‘yicha
0,8
0,4
Tasmali tormozlar. Yuk ko‘tarish mashinalarida kolodkali tormozlardan tashqari tasmali tormozlardan ham foyda- laniladi.
Tasmali tormozlarda tormozlovchi moment Tt egiluvchi tas- maning tormoz shkivi sirti bo‘ylab ishqalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Tasmali tormoz friksion tasma 3, tormoz shkivi 2,ri- chaglar sistemasi 6 va yuk 5 dan iborat (48-rasm). Agar tormoz richagi yuk ta’sirida О nuqta atrofida biror burchak ostida sil- jisa, tormoz tasmasining yetaklovchi tarmog‘i shkivga kirib ke- layotgandek, boshqa yetaklanuvchi tarmog‘i 4 shkivdan chiqib ketayotgandek tuyuladi. Shuning uchun yetaklovchi tarmoq — keluvchi tarmoq, yetaklanuvchi tarmoq — ketuvchi tarmoq deb ataladi.
Tasmali tormozlar keluvchi tarmoq uchining richag tizi- miga ulanishiga qarab: oddiy, differensial vajamlovchi tormoz- larga bo‘linadi.
Oddiy tasmali tormoz. Oddiy tormozning keluvchi uchi ma- shinaning qo‘zg‘almas detaliga (richagning aylanish o‘qiga) mah- kamlanadi, ketuvchi uchi boshqaruvchi richagga mahkamlanadi. Keluvchi tarmoq tarangligini T, ketuvchi tarmoq tarangligini t bilan belgilaymiz. Bu kuchlarni quyidagi tengliklardan aniqlash mumkin:
48-rasm. Oddiy tasmali tormoz.
T = tefa; T -t = ±±,
(92)
T = 2T '; t = 'T .
D (e^a -1) D (eta -1)
bu yerda: D — shkiv diametri, mm; f — tasma materiali va shkiv o‘rtasidagi ishqalanish koeffitsienti; a — qamrov bur- chagi, gradus; Tt — tormozlovchi moment, N • mm.
Oddiy tasmali tormozda tormozlovchi moment quyidagicha aniqlanadi:
Tt = (efa -1)2(Gr•b + Gyak'C + Gyuk•d).n, N • mm (93)
76 bu yerda: Gr — richagning og‘irlik kuchi, N; Gyak — yakor- ning og‘irlik kuchi, N; Gyuk — richagga osilgan yukning og‘irlik kuchi, N; ^ — richag tayanchlarining foydali ish koeffitsienti.