2.3.rasm. Maydalash korpusining qurilmasi 1-lentali konveyer LK2; 2-etaklovchi g'ildirak; 3-elektromagnit; 4-separator; 5-metall saqlovchi moslama; 6-g'alvir; 7-bolg'achali qurilma; 8-panjara; 9-g'alvir orqali tushgan mayda ko'mir; 10-lentali konveyer LK3. Mayda ko'mir g'alvir orqali to'g'ridan-to'g'ri lentali konveyerga tushadi. Katta ko'mir bo'laklari esa bolg'achali qurilamada maydalanadi. Bolg'achalar minutiga 735-960 tezlik bilan aylanadi.. Maydalangan ko'mir qurilmaning pastida o'rnatilgan panjara orqali LK3 ga tushib, IESning bosh binosiga uzatiladi. Ko'mir changini tayyorlovchi tegirmonlar Ko'mir maydalovchi tegirmonlar har qanday chang tizimining asosiy elementi bo'lib, hisoblanadi. 2.4- jadvalda yoqilg'ini maydalash uchun mo'ljallangan eng ko'p tarqalgan tegirmonlarning tavsiflari keltirilgan. Ular yoqilg'i maydalash prinsipi bo'yicha va tegirmonning harakatlanuvchi qismining aylanish chastotasi bo'yicha ajralib turadi. Bulardan eng ko'p tarqalganlari sharli-barabanli (ShBT) va bolg'achali tegirmonlar (BT). 2.11.Sharobarabanli tegirmonlar Ularning deyarli 90% qattiq yoqilg'ini maydalaydi. ShBT ko'pincha yoqilg'ini nisbatan oz chiqadigan uchuvchi moddalar (eski toshko'mir va antrasitlar), BT yangi toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, torf va slaneslarni maydalashda ishlatiladi. Ko'mirning bir necha xilini tejamlilik bilan maydalash uchun valikli o'rtayurar tegirmonlardan foydalaniladi. Ayrim hollarda nam qo'ng'ir ko'mirni maydalash uchun tegirmon-ventilyator ishlatiladi. 2.4-jadval
Sharli barabanli tegirmonlar (ShBT). Bunday tegirmonlar silindrning barabanining diametri 2-4 m, uzunligi 3-10 m, diametri 30-60 mm bo'lgan po'lat sharlar bilan qisman to'ldirilgan (1/3 hajmigacha). Barabanning ichki devorlari to'lqinsimon zirhli plitalar bilan qoplangan. Barabanning yuqori korpusida issiqlik va ovoz izolyasiyalari bor. Bunday tegirmonlarning og'irligi chang ishlab chiqarishga bog'liq bo'lib, 100 tonnadan 380 tonnagacha bo'ladi. Bir juft shesternya va tegirmon reduktor orqali elektr dvigateldan harakatga keltirilib aylantiriladi. Quvvatli tegirmonlarning harakati fraksion uzatish orqali amalga oshiriladi. Bunday hollarda barabanli tegirmon 4 ta silindrli g'altakka tayanadi, bulardan ikkitasi yurituvchi (2.4-rasm). Aylanuvchi tegirmonga qo'zg'olmas qisqa quvurlar birlashtiriladi. Tutushgan joyidan havo kirmasligi uchun quvurlarni sinchkovlik bilan biriktirish kerak. Baraban aylanayotganda sharlar bir qancha balandlikka ko'tarilib qaytib tushishi hisobiga maydalanadi. Bu konstruksiya sharlarning aylanish chastotasiga bog'liq. Sharli barabanli tegirmonlarning afzalligi ularning nafaqat yumshoq, balki har qanday namlikdagi qattiq yoqilg'i uchun ham yaroqlidir, uni maydalashni mumkin qadar ustalik bilan boshqarish, ekspluatasiyada yuqori ishonchlilik, ishlatilgan sharlarni oson almashinuvi, hamda metall buyumlarni tushurmasligi bilan yaroqlidir.