2.8-rasm. Tabiiy gazda ishlovchi elektr stansiyani gaz bilan ta'minlash chizmasi: 1-gaz magistrali; 2-elektr yuritmali gazli surma qopqoq; 3-gaz tiqinli surma qopqoq; 4-filtr; 5-bosim rostlagichi; 6-saqlagich klapani; 7-baypasli liniya; 8-sarf o'lchagich; 9-gaz sarfi rostlagichi; 10-tez harakatlanuvchi klapan; 11- boshqariladigan gazli surma qopqoq; 12-probkali kran; 13-gazli sham(svecha); 14- gazli yondirgich; 15-gaz quvurini bosimli havo bilan purkash quvuri; 16- yondirgichning zapalnikiga gaz uzatish. Gaz quvurining tozaligi olingan namunadan, gazda kislorodning 1% dan ortiq emasligi bilan tekshiriladi. Gaz quvurlari sekin-asta bir tomonga og'ib boradigan qilib ishlanadi, natijada kondensat (suv bug'larining yig'indisi) uloqtiriladi. Elektr stansiyalarda gaz qurilmalarini ishlatish Davlat texnik nazoratining “Gaz xo'jaligidagi xavfsizlik qoidalari” asosida olib boriladi. Elektr stansiyalarda har kuni gaz quvurlari tekshirilib turiladi. Bu tashqi omillar (hidi, ovoz chiqishi) orqali yoki gaz chiqishi mumkin bo'lgan joylarda sovun ko'pigi yordamida tekshiriladi. NAZORAT SAVOLLARI .Mazutni yoqishga tayyorlash chizmasini tushuntirib bering.
.Mazutni tayyorlash uchun mazut xo'jaligida qanday moslamalar ishlatiladi?
.Rezervuarlarda mazut oquvchanligi qanday qilib tashkil qilinadi?
MASALA YECHISH NAMUNALARI 1-masala. Yonuvchi massasining tarkibi: SYO= 71,1% ; NYO= 5,3%; SYO =SYOR + SYOK= 1,9% ; NYO= 1,7% ; OYO= 20,0 quyidagi % ; quruq massasining kulliligi AQ= 36% va ishchi namligi WI= 18,0% ; bo'lgan ko'mirning ishchi massalari bo'yicha tarkibi aniqlansin.