N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə21/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

2.2- rasm. Rotorli vagon ag'dargich.
1-vagon ag'dargich; 2-qabul qiluvchi bunker; 3-lentali ta'minlovchi; 4-lentali konveyer; 5-ko'priksimon kran; 6-tishli ko'mir maydalovchi moslama.
Yoqilg'ini yuksizlantirish jarayoni hamda yuklangan vagonlarni ag'daruvchilarga uzatish, ularni tozalash masofaviy pult yordamida boshqariladi. Qabul qiluvchi, bo'shatuvchi tirqishli bunker moslamalar o'z-o'zini bo'shatuvchi vagonlarga moslangan.
Bunkerdagi yoqilg'i gorizontal stolda bo'shatiladi.Elektr stansiyalarda muzlab qolgan yoqilg'ini bo'shatishdan oldin yopiq isitish xonalarida quritiladi.
2.10.Ko’mir changini tayyorlovchi qurilmalar (tegirmonlar)
Bo'lakli (kuskovoy) yoqilg'ini ko'mir changiga aylanishi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avval yoqilg'i 15-25 mm o'lchamgacha maydalanadi, va bu jarayon maxsus maydalagich bo'limlarida amalga oshiriladi. Shundan so'ng maydalangan yoqilg'i - ko'mir xom ashyosi uchun mo'ljallangan bunkerlarga kelib tushadi, keyin ko'mirni ko'mir maydalovchi tegirmonlarda 300-500 mkm gacha maydalab tayyor holga keltiriladi. Yoqilg'ini maydalash bilan bir vaqtda unga chang qo'nimsizligini ta'minlab, kerakli namlikka kelguncha quritiladi.
Elektr stansiyaga etkazib beriladigan ko'mirni kattaligi 300 mm dan oshmasligi kerak. Maydalovchi qurilmaning prinsipial chizmasi 2.3 rasmda ko'rsatilgan. Lentali konveyer LK2 yoqilg'i oqimini uzatadi, unda tez-tez har xil shakl va o'lchovdagi metall buyumlar uchraydi. Metall buyumlarni yoqilg'i oqimidan olib tashlash uchun elektr magnit separatorlardan foydalaniladi. Avvallari eski osma elektr magnit separatorlar EP-1 va EP-2 elektr magnit shkivlar lentada yoqilg'i qalin qatlamidan metallarni to'liq ayirib olmas edi. So'nggi paytlarda issiqlik uzatuvchi quvvatli elektr stansiyalarda M-42 va M-62 turlardagi yuk ko'taruvchi elektr magnitlardan foydalaniladi, bular katta kuchga ega.
Maydalovchi qurilmalardan oldin metallni ushlab qolish hamda LK2 dan yoqilg'ini to'kish ishlari bajariladi. 2.3-rasmda ko'rsatilganidek quvvatli elektr magnit bilan birga metall ushlab qoluvchi tugunlar va tozalovchi lentalar ishlatiladi. Harakatning oxirida ushlab qolingan metall chetga uloqtiriladi, magnit maydonining quvvati kamaygandan so'ng metall bo'lagi lentadan uzilib qabul qiluvchi bunkerga tushadi. Elektr energiyani tejash uchun elektr magnit faqatgina qatlamda metall bo'lagi paydo bo'lgandagina ishlaydi. Harakatlanuvchi impulsni metall qidiruvchi xabarchi uzatadi. Xabarchi massasi 0,1-0,2 bo'lgan metall bo'laklariga ta'sirchan.



Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin