N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov


Mazutni yoqishga tayyorlashning texnologik chizmasi Tayanch iboralar



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə24/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

Mazutni yoqishga tayyorlashning texnologik chizmasi Tayanch iboralar: azut, ventilyator kurakchalari, rotor

Elektr stansiyalarning mazut xo'jaligi bug' qozonlarga beriladigan suyuq yoqilg'i (mazut)ni qabul qilib olish, saqlash va yoqishga tayyorlash uchun xizmat qiladigan qurilmalar va uskunalardan tashkil topgan.
Issiqlik elektr stansiyalarda mazut asosiy yoqilg'i, zahiradagi yoki faqat issiqlikni kerakli darajaga etkazish uchun yoqiladigan yoqilg'i sifatida ishlatiladi, ya'ni yilning ko'p qismida yoqiladi. Asosiy yoki zahiradagi yoqilg'i berilganda, elektr stansiyaning to'la quvvatini doim saqlab qolishga harakat qilinadi. Mazut tutantiriq sifatida ko'proq ko'mir kukuni bilan ishlaydigan elektr stansiyalarda ishlatiladi. Bu holda mazut xo'jaligining quvvati juda kam bo'ladi, chunki bunda mazut alohida qozonlarning issiqlik quvvatini 30-50% ga etkazish uchungina xizmat qiladi. Lekin har ikki holda ham, mazut xo'jaligining prinsipial chizmasi bir xil. Mazut xo'jaligi ishonarli bo'lishi uchun juda ham sodda texnologik chizmaga ega bo'lishi kerak, bu uni har doim oson boshqarish uchun imkon yaratishi va kerakli paytda zahiradagi uskunalarni tez va oson ulanishini ta'minlashi zarur. Mazutning elektr stansiyalarda tayyorlash texnologik trakti o'z ichiga qabul qilish - to'kish qurilmasini, doimiy mazut zahirasi uchun omborlarni, mazut va bug' uchun bo'lgan quvurlarni va mazut isitgichlarni oladi.
Mazutni yoqishga tayyorlash - bu uni har xil keraksiz mexanik chiqindilardan tozalash, uning bosimini ko'tarish va isitish, ya'ni qozonlarga etkazish uchun energiya sarflanishini kamaytirish va forsunkadan ingichka bo'lib sochilishini, ya'ni sachrashini ta'minlashdir. Mazutni saqlashga va etkazib berishga mo'ljallangan omborlar hozirgi yong'inga qarshi normalarga binoan o'zining butun tashkiliy qismlari bilan elektr stansiyalarning bosh binosidan ancha uzoqlikda joylashishi lozim.
Mazutni yoqishga tayyorlash texnologik chizmasi 2.7-rasmda ko'rsatilgan.
Qabul qilib olish - to'kish qurilmasida mazut 60-700 C darajagacha isitiladi va mazut ichiga cho'ktirib qo'yilgan nasoslar orqali er ustidagi asosiy temir-beton omborlarga jo'natiladi. 2400 MVt quvvatli IES uchun namunaviy loyiha bo'yicha sig'imi 10000 m3 bo'lgan va diametri 42 m bo'lgan 12 ta omborda mazut saqlanadi. Bunday omborlarda harorat, yilning har qanday faslida sirtqi bug' isitgichlarida isitilgan mazutning yana qaytarilishi (50 foizgacha) hisobiga 600 0 C dan pastga tushib ketmasligiga erishiladi. Mazutning aylanma isitish usulining kamchiligi - bu mazutni quvurlar orqali haydashda elektr energiya ko'p sarf bo'lishidadir, ammo shu holda ham bu usul o'zini to'la-to'kis oqlaydi.



    1. Elektr stansiyada mazut tayyorlashnig texnologik chizmasi.

1-mazutli sisterna; 2-qabul qiluvchi qurilma; 3-qo'pol tozalash filtri; 4-qabul qilish
rezervuari; 5-haydab berish nasosi; 6-asosiy rezervuar;
7, 8 va 19-reserkulyasiya
liniyalari; 9-birinchi pog'ona nasosi; 10-teskari klapan; 11-mazutni bug'li isitgich;
12-nozik tozalash filtri; 13-ikkinchi pog'ona nasosi; 14-tiqin surma qopqog'i;
15-
sarf rostlagich; 16-sarf o'lchagich; 17-yondirgichning oldidagi surma qopqoq; 18-
forsunka.
Elektr stansiyaga gaz 0,7-1,3 MPa bosimli gaz taqsimlash stansiyasi yoki magistral gaz quvurlari orqali keladi. Elektr stansiyalar gaz saqlovchi omborga ega emas. Yondirgichlarda yonadigan gazni kerakli 0,13-0,2 MPa bosimgacha tushirish uchun gaz taqsimlash markazi (GTM) da drossellanish hosil qilinadi. Portlash xavfi bo'lganligi va drossellash vaqtida qattiq shovqin chiqqanligi uchun bu GTM lar issiqlik elektr stansiyalar chetida alohida joylashadi.

    1. Gaz yoqilg'isini uzatishning texnologik chizmasi

Har bir GTM da bir nechta (ko'pincha uchta) bosim rostlagichlari o'rnatilgan gaz quvurlari mavjud, ammo bularning bittasi doimO zahirada turadi. Bundan tashqari rostlagichlardan alohida baypas tizimi ham bor. Gazni har xil chiqindilardan tozalash maqsadida rostlagich klapanlar oldida filtrlar (tozalagichlar) bor.
Rostlagich klapanlar “o'zidan keyingi” kerakli bosimni ushlab turishga xizmat qiladi. Favqulotda (avariya) holatlarda gaz bosimi keragidan ortiqcha ko'tarilib ketganda, saqlovchi klapanlar ishlab, gazni havoga chiqarib yuboradi va gaz quvuridagi kerakli bosimni saqlab qoladi. Qozonga kelgan gaz quvurining asosiy qurilmalari gaz sarfining avtomatik rostlagichi va tez ishlaydigan kesuvchi klapandir.
Gaz sarfining avtomatik rostlagichi bug' qozondagi doimiy issiqlik quvvatini ta'minlab turadi. Gaz kelishida portlash xavfi tug'ilganda impulsli rostlagich qozonga gaz kelishini avariya holatda (o'txonada mash'al o'chib qolsa, yondirgich oldida havo bosimining kamayishi, tutun so'rgich va havo uzatuvchi ventilyatorlar to'xtab qolishi va hakozolar) to'xtatadi.
Quvurlarni ta'mirlashdan oldin ishlamay turgan paytida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan portlovchi gaz va aralashmalarni yo'q qilish uchun quvurlar havo yordamida tozalanadi. Quvurlarni tozalagan gazni xavfsiz bo'lgan joylarga chiqariladi. Ta'mirga to'xtatilgan yoki zahiraga qo'yilgan qozonlarni ishga
tushirishdan oldin gaz quvuridagi gaz-havo aralashmasini katta bosimli havo yordamida siqib chiqariladi. 2.8-rasmda tabiiy gazda ishlovchi elektr stansiyani gaz bilan ta'minlash chizmasi tasvirlangan.



Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin