Tayanch iboralar: ekonomayzer, xavo isitgich, rekuperativ, regenerativ Past haroratli qizdirish sirtlari ekonomayzer va havo isitgichdan iborat. Havo isitgich - o'zidan o'tayotgan havoni qizdiradigan issiqlik almashinuv apparatidir. Qizdirilgan havo yoqilg'i bilan o'txonaga beriladi. Ekonomayzer - ta'minlash suvini qozonga berishdan oldin tutun gazlari bilan qizdiradigan issiqlik almashgich. Bu qurilmalar konvektiv shaxtaning oxirgi zonasiga o'rnatiladi. Havo isitgichdan o'tayotgan havo namligi yonish mahsulotlariga nisbatan kam, chunki tutun gazlarida yoqilg'idan chiqqan suv bug'lari hamda uch atomli gazlar (СО2 va SO2) miqdori juda katta. Natijada havo va yonish mahsulotlarining nisbati, ya'ni suv ekvivalenti С = СХ/УХ / СгУГ havo isitgichda har doim birdan kichikdir. Buning ma'nosi: havo isitgichda yonish mahsulotlarining harorati 1 0S ga sovusa, havo harorati 1,2 - 1,4 0S gacha ko'tariladi. Shuning uchun havo qizdirilgan sari haroratlar farqi Atx = V’^ - tux kamayadi (22.1 - rasm). Ekonomayzerda esa suv isitilgan sari haroratlar farqi At =Уэк - t эк ko'tariladi, chunki suvning issiqlik yutish qobiliyati katta.
rasm. Bir pog’onali isitish sirtlarida harorat farqlarining taqsimlanishi:
1 - ekonomayzer; 2 - havo isitgich;
Birin - ketin o'rnatilgan ekonomayzer va havo isitgichni bir pog’onali komponovka deb ataladi (7.9-rasm). Bir pog’onali komponovkada qizdirilgan havo harorati 250-3500S dan oshmaydi. Havo haroratini 350-4500S ga etkazish uchun ekonomayzer va havo isitgich ikki pog’onali qilib o'rnatiladi (7.10-rasm). Bu komponovka natijasida havo isitgichdan chiqayotgan harorat farqi ko'tariladi.