N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov


rasm.Oraliq o'taqizdirgichda baypas yordamida bug’ Karoratini rostlash usuli



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə57/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

rasm.Oraliq o'taqizdirgichda baypas yordamida bug’
Karoratini rostlash usuli:


1-issiq pog’ona; 2-o'tish zona; 3-sovuq pog’ona; 4-
baypas klapani; 5-aylanma bug’ quvuri.

Sovuq pog’onada yonish mahsulotlarning harorati past va issiq pog’onada esa katta bo'ladi. Bu usulda baypas klapani katta o'rinni egallaydi. Agar o'rta bosimli silindrga (O'BS) yuborilayotgan bug’ harorati oshib ketsa, baypas klapan orqali yuqori bosimli silindrdan (YuBS) chiqqan bug’ sovuq pog’onaga yuboriladi. O'BS ga ketadigan bug’ harorati pasaysa klapan orqali bug’ issiq pog’onaga o'tadi. Bu rostlash usulning qulayligi yuqori bosimli qizdirgichning ishlashiga ta'sir etmasligi. Usulning kamchiligi esa oraliq qizdirgichning sovuq bosqichida metall sarfi oshishi, shu sababdan bu usul keng qo'llanilmaydi.
Yonish mahsulotlarini resirkulyasiya qilish. Bu usulda ekonomayzerdan chiqqan yonish mahsulotlarning haroratli 350-4500C tutun so'rgich yordamida gazlar o'txonasining yuqori va past zonasiga yuboriladi. Natijada o'taqizdirgichlar orqali o'tgan gazlar hajmi va uning tezligi ko'tariladi va o'taqizigan bug’ harorati ham oshadi. Qozon yuklamasi kamaytirilsa bug’ harorati ham kamayadi. Bu sharoitda yonish mahsulotlar hajmini oshirish kerak. Bu usul gaz va mazutga ishlaydigan o'ta yuqori bosimli qozonlardafoydalanadi.
Yonish mahsulotlarini baypaslash. Oraliq bug’ haroratini yonish mahsulotlar yordamida rostlash ikkita usul bilan ishlatiladi,bug’ o'ta qizdirgichlar orasida bo'sh gaz yo'li o'rnatish;yonish mahsulotlarini parallel gaz yo'llarii yordamida taqsimlash (7.8-rasm) yonish mahsulotlar sarfi gaz to'siqlar yordamida rostlanadi.


Yonish

а)



    1. rasm. Yonish maxsulotlarni baypaslash usuli:

a-bo'sh gaz yo'li orqali; b-gazni parallel gaz
yo'llar yordamida taqsimlash; 1-oraliq bug’ o'taqizdirgichlar;
2-ekonamayzer; 3-rostlash to'siqlar.
O'txonada alangani o'zgartirish. Bu usulda o'txonada alanga yo'lini o'zgartirib yonish mahsulotlarning haroratini o'zgartish ham mumkin. Masalan, gorelka o'txonaning past zonasiga qaratilsa, qozonning ekran quvurlari o'ziga issiqlikni ko'p oladi va natijada yonish mahsulotlar harorati pasayadi.
Agar gorelka o'txonaning yuqori zonasiga qaratilsa, ekran quvurlari yaxshi isitilmaydi va yonish mahsulotlar harorati ancha ko'tariladi. Demak, o'txonada alanga yo'lini o'zgartirib oraliq o'taqizdirgichdagi bug’ haroratini rostlash mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Bug' haroratini bug'li rostlash usullari qanday bo'ladi?
2.Bug' haroratini gazli rostlash usullari qanday bo'ladi?
3.Katta bosimli bug' haroratini rostlash usullari qanday bo'ladi?
4.Oraliq o'taqizdirgichda bug' haroratini rostlash usullarini keltiring.

    1. Past haroratli qizdirish yuzalari


Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin