2-topshiriq. Quyida keltirilgan muammoli pedagogik masalalar bilan tanishing va ularning echimini toping. 1-masala. Guruhni bir necha yil davomida saylangan qat’iy faollar boshqarib, boshqa a’zolar ularga bo‘ysunib kelishdi. Keyinchalik esa, ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. YAngi guruh rahbari avvalgi o‘qituvchining xatosini to‘g‘rilash maqsadida qat’iy chora ko‘rdi. Guruhda qat’iy saylov o‘tkazilib, avvalgi faollar o‘rniga o‘quvchilar orasidan yangi faollar saylandi. Lekin oradan bir oz vaqt o‘tib, saylov o‘zini oqlamaganligini ko‘rsatdi. YAngi saylangan faollarning bir qismi o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortishsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi. Guruhda yangi norasmiy guruhlar tashkil topib, befarq, mas’uliyatsiz o‘quvchilar soni ikki barobar ortdi.
Sinf rahbari qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday yo‘l bilan faolning jamoani jipslashtirishiga erishish mumkin?
2-masala. Guruh rahbari sotsiometriya metodini qo‘llash orqali guruhdagi kamsuqum Aziza guruh sardori Dildoradan ko‘ra kattaobro‘ga ega ekanligini aniqladi.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra Didora guruh sardori sifatida noto‘g‘ri saylangan, uni Aziza bilan almashtirish kerak, degan xulosaga kelish mumkinmi? Guruh rahbari mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?
5- Seminar mashg‘ulot. Zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlari va shakllari Reja
1.Zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlari.
2. Zamonaviy pedagogikada tarbiya shakllari.
3. Zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlari va shakllarining samarador qo‘llanishi.
1-Topshiriq Keys topshirig‘i: Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. “Ta’lim jarayoni yaxlit hodisa sifatida” Quyida keltirilgan chizmaga e’tibor qarating. Unda grafik ifoda etilgan, biroq unda aks etishi lozim bo‘lgan jumlalar chizma ostida berilgan. Mazkur jumlalarni shunday ketma-ketlikda joylashtiringki, natijada ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi aniq namoyon bo‘lsin.
Chizmadaaks ettirilishi lozim bo‘lgan jumlalar:
1.Maqsad. 2. Natija. 3. O‘qituvchi faoliyati. 4. O‘quvchi faoliyati. 5. Mazmun.6. SHakl.
7. Metod. 8. Vosita