Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


-topshiriq. Quyida keltirilgan muammoli pedagogik masalalar bilan tanishing va ularning echimini toping



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə167/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

2-topshiriq. Quyida keltirilgan muammoli pedagogik masalalar bilan tanishing va ularning echimini toping.
1-masala. Guruhni bir necha yil davomida saylangan qat’iy faollar boshqarib, boshqa a’zolar ularga bo‘ysunib kelishdi. Keyinchalik esa, ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. YAngi guruh rahbari avvalgi o‘qituvchining xatosini to‘g‘rilash maqsadida qat’iy chora ko‘rdi. Guruhda qat’iy saylov o‘tkazilib, avvalgi faollar o‘rniga o‘quvchilar orasidan yangi faollar saylandi. Lekin oradan bir oz vaqt o‘tib, saylov o‘zini oqlamaganligini ko‘rsatdi. YAngi saylangan faollarning bir qismi o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortishsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi. Guruhda yangi norasmiy guruhlar tashkil topib, befarq, mas’uliyatsiz o‘quvchilar soni ikki barobar ortdi.
Sinf rahbari qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday yo‘l bilan faolning jamoani jipslashtirishiga erishish mumkin?
2-masala. Guruh rahbari sotsiometriya metodini qo‘llash orqali guruhdagi kamsuqum Aziza guruh sardori Dildoradan ko‘ra kattaobro‘ga ega ekanligini aniqladi.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra Didora guruh sardori sifatida noto‘g‘ri saylangan, uni Aziza bilan almashtirish kerak, degan xulosaga kelish mumkinmi? Guruh rahbari mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?
5- Seminar mashg‘ulot. Zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlari va shakllari
Reja
1.Zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlari.
2. Zamonaviy pedagogikada tarbiya shakllari.
3. Zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlari va shakllarining samarador qo‘llanishi.
1-Topshiriq
Keys topshirig‘i: Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. “Ta’lim jarayoni yaxlit hodisa sifatida”
Quyida keltirilgan chizmaga e’tibor qarating. Unda grafik ifoda etilgan, biroq unda aks etishi lozim bo‘lgan jumlalar chizma ostida berilgan. Mazkur jumlalarni shunday ketma-ketlikda joylashtiringki, natijada ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi aniq namoyon bo‘lsin.

Chizmada aks ettirilishi lozim bo‘lgan jumlalar:


1.Maqsad. 2. Natija. 3. O‘qituvchi faoliyati. 4. O‘quvchi faoliyati. 5. Mazmun.6. SHakl.
7. Metod. 8. Vosita



Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin