148
Ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekiston hududida Mirzacho’l, Qarshi cho’li,
Surxon – Sherobod cho’li, Farg’ona vodiysining markaziy qismlari o’zlashtirilgan.
Bu esa sahro-cho’l muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan,
jayron, go’zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Bir qator go’zal jonivorlar, jumladan tog’ qo’yi, eron vidrasi, O’rta Osiyo
kapchailoni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi.
Hayvonlarning noyob va yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda
ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko’payishi uchun qulay imkoniyatlar
yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo’qolib ketayotgan va noyob
hayvon turlarini qat’iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo’l qo’ymaslik va
ikkinchidan, o’sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab,
qo’riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur.
O’zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob»da 24 tur sut emizuvchilar, 51
tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz
hayvonlardan turli sistematik guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan (1-2-jadval).
O’zbekiston
mustakillikga
erishgan
kunidan
boshlab
jamiyatni
demokratlashtirish va tabiatnimuxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari
tobora takomillashtirilib bormokda. «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»(1992),
Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar tugrisida»(1993), Xayvonot olamini
muxofaza kili shva undan foydalanish tugrisida»(1997),shuningdek Vazirlar
maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar asosida xayvonot olami
muxofaza kilinmokda Bulardan tashkari O’zbekiston Respublikasi 1995 yilda
Biologik xilma-xillik tugrisidagi va Xalkaro axamiyatga ega, ayniksa suvda
suzuvchi kushlarning yashash joylari bulgan suv-botkokli joylar tugrisidagi (2001
yil Ramsar) Konventsiyalarga kushilgan.
Dostları ilə paylaş: