150
Nazorat savollari:
1. Hayvonot dunyosining qanday ahamiyati bor?
2. О‘zbekiston hayvonot olamida qancha tur hayvonlar bor?
3. О‘zbekistonda hayvonot olamini muhofaza qilish borasida qanday ishlar
olib borilmoqda?
4. О‘zbekiston hayvonot olamida qanday turlar yо‘qolib ketgan?
15-MAVZU: TABIATNI MUHOFAZA QILISHNI TA’LIM VA
TARBIYAVIY XUSUSIYATLARI
Reja
1. Respublikada uzluksiz ekologik ta’lim
2. Ekologik ta’lim tarbiya va uning bosqichlari
Tayanch so’zlar:
ekologiya, qadriyat, bog’cha, o’rta ta’lim
maktablari,
mahalla, kasb-hunar kollejlari, oily ta’lim, qayta tayyorlash, ekologik holat,
ekologik madaniyat.
Ekologik ta’lim-tarbiya
Ekologik ta’lim
o’sib kelayotgan yosh avlodni umuman yer yuzi aholisini
barqaror rivojlanishiga o’tishda eng muhim shart-sharoitlardan biri bo’lib
hisoblanadi.
Ekologik ta’limning mazmunini quyidagilar tashkil etishi mumkin:
1. Dunyoni hozirgi ekologik xolat asosida unga munosabat bildirish.
2. Tabiatda barcha jonsiz va jonli tarkibini birlikda ekanligini fikrlay olish.
3. Atrof-muhitga munosabat va o’zini anglab etish. Tabiatni tarkibiy qismi
ekanligini tushunish.
4. Tabiatga nisbatan qadriyatlarni hurmat qilish.
5. Tirik organizmlarni har xil darajada o’rganish va izchillik metodini
qo’llash.
6. Tirik organizmlar tizimi bir butunligini va o’zaro ekologik bog’lanishlarda
ekanligi (moddalar
aylanishi, energiya va axborot almashinuvlari).
7. Tabiiy jarayonlar va hodisalarning antropotsentrikdan biotsentrikga, hamda
politsentrik usulni qo’llash.
8. Tabiat va jamiatdagi o’zaro birlik va qarama-qarshiliklarni anglash.
9. Ekologik tanglik, madaniyatning tangligi ekanligini anglash.
10. Ekologik madaniyat insonning umumiy madaniyatining tarkibiy qismi
ekanligini anglash.
11. O’z faoliyatida ekologik va ahloqiy normalarni to’g’ri keladigan usullarini
anglash.
151
12. O’zi va boshqalar sog’lig’i uchun, atrof-muhit xolatiga nisbatan ekologik
javobgarlikni tarbiyalash.
13. Insoniyatning barqaror rivojlanish kontseptsiyasini, tabiat bilan
jamiyatning koevolyutsiyasi ekanligini tushunib etish.
14. Tabiat bilan jamiyatni uyg’unlashtirish, ijtimoiy zaruriy muammo
ekanligini tushunish.
Ekologik tarbiyani farzand tug’ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni
quvvatlantirmoq,
fikrimizni
nurlantirmoq,
ahloqimizni
go’zallashtirmoq,
zehnimizni ravshanlantirmoq demakdir. Ekologik tarbiyani
kim va qanday olib
boradi? – degan savol paydo bo’ladi.
Birinchi
– tarbiya ota-ona zimmasidadir.
Ikkinchi
– bog’cha, maktab, oliy va o’rta maxsus kasb hunar kollejlari hamda
oliy o’quv yurtlari mahallalarda amalga oshadi.
Bola tarbibiyasida u yashab turgan sharoit, muhit kishilarning faoliyati katta
o’rin tutadi va bu sohada oila, maktab sharoiti ham katta e’tiborga molikdir.
Ekologik tarbiya ham tarbiyaning, asosiy qismi bo’lib, bolaning ahloqiga,
hulq-atvoriga kuchli ta’sir qiladi va ota-onalarni ularni murg’aklikdan boshlab
tarbiya qilishga chaqiradi. Ekologik ta’lim-tarbiya va umumiy tarbiya bir-biri bilan
bog’liq bir butun jarayondir.
Har qanday tarbiya asosan oila sharoitida kechadi. O’zbek oilalarida “harom-
halol”, “uvol”, “gunoh-savob” kabi tushunchalar ko’proq ekologik vaziyat
(masalan:
nonning oyoq ostiga tushushini, suvning iflos qilinishi, jonivorlarga
shavqatsiz munosabatda bo’lish, dov-daraxtlarni sindirish va boshqalar) yuzaga
kelganda qo’llaniladi. Bolalar hali bu so’zlarning mohiyatini to’liq
tushunmasalarda, ularga milliy ekologik hulq-atvor kurtaklari shakllanadi.
Insonni tabiat bilan uyg’unlikka da’vat hadislarda ham o’z aksini topgan.
Xalqimiz qadimdan badanning quvvati ovqat, aqlning quvvati-hikmatli
so’zdir, deb uqtirib kelgan. Hadislar ana shunday hikmatli so’zlar, donishmandlik
durdonalari hisoblanadi. Hadis ilmi bilan shug’ullangan mashhur allomalar Abu
Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-
Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad Daramiy as-
Samarqandiylar O’rta Osiyolik bo’lib, hadis ilmining asrdan-asrga saqlanib
borishiga munosib hissa qo’shgan buyuk tarixiy shaxslardir.
Hadis bandlari ekologik ta’lim va tarbiyani singdirishga katta yordam beradi.
Ularda ayrim o’simlik va hayvonlarning xosiyatlari, ozuqa zanjirida tutgan o’rni,
shuningdek, inson xo’jalik faoliyatida ahamiyati kabi tomonlari bayon etilgandir.
Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-tergash va uni
muhofaza qilishga o’rgatadi. CHunonchi, qo’y boq, zero ayni barakadur deyiladi.
Bu erda foydali hayvonlarning populyatsiyasini ko’paytirish va undan turli
maqsadlarda foydalanish mumkinligi e’tiborga olingan.
Shuningdek, boshqa hadislrada ham qo’y, tuya va otlarning insonlarga
tegadigan nafi va ularni boqib ko’paytirish kishilar uchun faqat yaxshilik keltirishi
haqida, ozuqa zanjirida II va III tartiblarni egallagan o’laksaxo’r hayvonlar go’shti
harom
ekanligi, ovchilar uchun ko’z oldida otilgan hayvonni eyish mumkinligi,
152
aksincha o’lgan holdagisini eyish inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi
mumkinligi haqida fikr yuritiladi.
Hadislardan namunalar: (ovoz bilan).
Qo’y boq, zero ayni barakadur.
Dehqonchilik bilan shug’ullaninglar. Dehqonchilik muborak kasbdir. Unga
qo’riqchilarni ko’paytiringlar.
Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do’zaxga
tashlanadi.
Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o’tqazsa, so’ng uning
mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan eyilgan narsaning har biridan
unga sadaqa savobi yoziladi.
Kim suv toshqinini to’xtatsa yoki yong’inni o’chirsa, unga shahidlik ajri
beriladi.
Maktablarda, oliy o’quv
yurtlarida, sanoat, ishlab chiqarish korxonalarida,
shuningdek, jamoa xo’jaliklarida, Madaniyat uylarida, qiroatxonalarda
tabiatsevarlar klubi, yoshlar ma’ruzaxonasi, tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari,
o’lka muzeylari, tabiat burchaklari tashkil etilib, ularda o’lkaning tabiati,
boyliklarini ko’rsatadigan, hikoya etadigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi talqin etiladigan
kechalar tashkil qilinib, ularda o’qituvchilar,
olimlar bilan yoshlarning muloqatini o’tkazish ham xayrli tadbirlardan hisoblanadi.
Oliy maktablarda ekologik ta’limi tabiat muhofazasi masalalarining ilmiy
asoslarini chuqur va har tomonlama o’rganishga, inson faoliyati natijasida
biosferada ro’y berayotgan hodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil etish
maqsadlariga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda, u talabalarni maktablarda ekologiya
asoslari va tabiat muhofazasi ta’limini o’qitishga tayyorlashni ham nazarda tutadi.