Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

Barqaror taraqqiyot ta’limi
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 59-sessiyasida 
2005-2014 yillar uchun Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’limni (BTT)
amalga oshirish bо‘yicha xalqaro sxema tasdiqlangan edi. 
Barqaror tarqqiyot ta’limi (BTT) fanlararo yondoshuvi asosida ta’lim olish, 
tarbiya, о‘z-о‘zini rivojlantirish va namoyon etish, mustaqil va tanqidiy fikrlash, 
ma’nan shakllangan, ijtimoiy faol, о‘z hatti-harakatlarida axloqiy va ekologik 
meyorlarga asoslanadigan, о‘zbek xalqi qadriyatlariga mos bо‘lgan, ekologik 
bilimga chanqoq, atrof-muhit holati haqida qayg‘uradigan va yangi ijtimoiy, 
qtisodiy va ekologik muammolarni oldindan kо‘ra olish xususiyatlarini 
shakllatirishga da’vat etadi. 
BTT jamiyatning barcha a’zolarini mintaqaviy va global muammolarni hal 
qilish uchun zarur bilim va kо‘nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. 
Agar ekologik ta’lim kо‘proq ekologik mavzularga e’tibor qaratsa, BTT siyosat, 
iqtisodiyot, jamiyat va atrof - muhit о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorligi masalalariga 
alohida yondoshadi. 
BTT asosiy maqsadi – barqaror taraqqiyotning g‘oyalari va tamoyillarini 
ta’limning barcha shakllari va bosqichlari bilan integratsiyalash va mustaqil 
dunyoqarashga ega, tanqidiy fikrlay oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik 
yо‘naltirilgan va faol fuqarolik munosabatini bildira oladigan shaxslarni tayyorlash 
hisoblanadi (2-3-sxema).
BTT ning hal qiluvchi ahamiyatga ega g‘oyalari hozirgi zamon va 
kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni, shu jumladan Orol 
inqirozi muammolarini yechish va oldindan kо‘ra olishga yо‘naltirilgan bilim, 
kо‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, BTT ning asosiy 
tamoyillari sifatida quyidagilar e’tiborga olinadi: 
1.
Jamiyatning qadriyaviy yо‘nalishlari – adolat, kelajak avlodlar 
oldidagi javobgarlik etikasi (kelgusi avlodlar manfaatlarini hisobga 
olgan holda); 
2.
Fanlararo yondoshuv – ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik maqsadlarning 
о‘zaro bog‘liqligi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin