Mahalla
Malaka oshirish
insituti
Kasb-hunar koleji
Oliy oquv yurtlari
Umum ta’lim
maktablari
Maktabdan
tashqari muassasa
Bog’cha
Malaka oshirish
insituti
Ishlab chiqarish
Oila
154
О‘zbekistonda aholiga uzluksiz ekologik ta’lim berish va bu sohada uning
bilimini oshirish masalalari “Ta’lim tо‘g‘risida” gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi” , tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish
sohasidagi huquqiy meyoriy hujjatlar asosida hal qilinmoqda (1-sxema).
Ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradigan omillardan biri – barcha
aholi qatlamlariga ekologik bilim berish va ularning ekologik madaniyatini hamda
tafakkuri darajasini yuksaltirishdan iborat.
Ekologik bilim
– kishilarning atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, buzilgan tabiat majmua(kompleks)larini qayta
tiklash haqida ma’lumotlarga ega bо‘lish, ya’ni ushbu voqelikning inson
tafakkurida aks etganlik darajasi.
Ekologik madaniyat
– bu insonlarda tabiat haqidagi bilim, ong, idrok,
savodxonlik, uning intelektual salohiyati va uni amalda qо‘llay bilish faoliyati,
atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak kо‘rsatkichi, ongli va mas’uliyatli
yondoshuv.
Tabiatga avaylab munosabatda bо‘lish singari azaliy an’analarimizni tiklash,
har bir inson va butun jamiyatning axloqiy hamda ma’naviy tarbiyasini
takomillashtirish g‘oyat muhim.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadi
– aholining barcha qatlamlarida,
jumladan, maktab о‘quvchilarida ularning atrof-muhitga, jonajon tabiatimizga
bо‘lgan ongli munosabatlarini tо‘g‘ri shakllantirishdan iboratdir.
Buning uchun, barcha aholi ekologiyaga oid umumta’lim davlat standartlari
darajasida bilim egallashlari, yetarli kо‘nikma va malakaga, о‘zining ekotizimga
dahldor ekanligini anglatuvchi dunyoqarashga ega bо‘lishi va buni ma’nan hamda
ruhan his qilishi darkor.
Inson ongiga ekologik ta’lim-tarbiyani singdirish uchun uzluksiz ekologik
ta’lim-tarbiyani joriy etish zarur. Bu, birinchi navbatda, oilada о‘z aksini topadi va
maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida, oliy о‘quv yurtlarida, kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimida va aholining katta yoshdagi qatlamlari (mahalalar) da ekologik
ruhda, shaxs kamolotini yuksaltiruvchi uzluksiz ekologik ta’limni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. Masalan: umumiy о‘rta ta’lim maktablarida uzluksiz
ekologik ta’limni о‘quv predmetlaridan bilim berish jarayonida, festivallar,
konferensiyalar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, “ochiq darslar”, tanlovlar kabi turli
tadbirlar va sahna kо‘rinishlaridan iborat chiqishlarga jalb qilgan holda amalga
oshirish mumkin.
Tabiatdan foydalanish sohasida insonning ekologik jihatdan saviyasiga
ta’sir kо‘rsatish borasida oqilona tadbirlarni amalga oshirish bosh vazifa
hisoblanadi. Bu ishlar atrof-muhitni saqlash bо‘yicha uzoq yillarga mо‘ljallangan
yagona uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini yо‘lga qо‘yish orqali amalga oshiriladi.
Ekologik ta’lim
deganda, о‘quvchilarga berilishi lozim bо‘lgan tabiat bilan
inson о‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya
farzand tug‘ilgan kundan boshlab berilishi kerak. Bunda
fikr nurlantirilishi, axloq gо‘zallashtirilishi, zehn ravshanlantirilishiga erishish
zarurdir.
Ekologik tarbiya,
avvalo, ota-ona zimmasidadir. Sо‘ng bog‘cha, maktab,
155
о‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar hamda oliy о‘quv yurtlari,
mahallalarda amalga oshiriladi.
Har qanday tarbiya, asosan, oila sharoitidan boshlanadi. О‘zbek oilalarida
“harom - halol”, “uvol”, “gunoh - savob” kabi tushunchalar kо‘proq ekologik
vaziyat (masalan: nonning oyoq ostiga tushishi, suvning iflos qilinishi,
jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bо‘lish, dov-daraxtlarning sindirilishi va
boshqalar) yuzaga kelganda qо‘llaniladi. Bolalar hali bu sо‘zlarning mohiyatini
tо‘liq tushunmasalar-da, kun sayin ta’kidlanaverilsa, ularda milliy ekologik xulq-
atvor kurtaklari shakllanib boradi, albatta.
Dostları ilə paylaş: |