144
Aholining tabiatga notо‘g‘ri munosabati ham о‘simliklarning kamayib
ketishiga sabab bо‘lmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qizil lola, sallagul, shirach
va shunga о‘xshash nafis gulli о‘simliklarning juda kamayib ketganligining
guvohi bо‘lib turibmiz.
О‘simlik turlarini saqlash va muhofaza qilish uchun 1979 yilda
О‘zbekiston
“Qizil kitobi”
ta’sis etildi. Qizil rang - xavfli, ta’qiqlovchi va ma’n
qiluvchi ramziy ma’noni anglatadi.
“Qizil kitob”
nabotot olamining kamyob,
yо‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumot beradi. Uning
vazifasi - jamoatchilik va davlat idoralarini tabiat muhofazasi masalasiga jalb
etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga kо‘maklashishdan iborat.
О‘zbekiston florasining yо‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi
“Qizil
kitob
”ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan. Shuni esda tutish kerakki,
“Qizil kitob”
ning birinchi jildi (tomi) hayvonlar bо‘yicha bо‘lib, 1983 yilda nashr qilingan.
1998 yilga kelib, О‘zbekiston
“Qizil kitobi”
ga kiritilgan о‘simlik turlarining soni
301 taga yetdi. 2009 yilda nashr etilgan О‘zbekiston Respublikasining
«Qizil
kitobi»
ga esa 321 ta о‘simlik va 3 ta zamburug‘ turlari kiritilgan.
О‘simlik dunyosini muhofaza qilish jarayonida keng omma ishtirok etgan
taqdirdagina ijobiy natijalarga ega bо‘lish mumkin. Shundagina, biz kelgusi
avlodlar uchun nabotot olamining bebaho boyligini saqlab qoldirgan bо‘lamiz.
Dostları ilə paylaş: