Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 
 
 
 
1
Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (126-127; 129- bet) 
25
Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (126-127; 129- bet) 


140 
O’simliklar dunyosi. 
O’simliklar dunyosi erdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 
mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t. dengiz va okean 
o’simliklariga, 38 mlrd. t. o’rmonlarga, 6 mlrd. tonnasi o’tloqlarga to’g’ri keladi. 
Bundan tashqari o’simliklar, ya’ni yashil o’simliklar tufayli fotosintez jarayoni 
bo’lmasa, havodagi uglerod (CO
2
)ning miqdori ko’payib kishilar va hayvonlar 
nobud bo’lur edi. Biroq atmosferadagi suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan 
o’sha CO
2
gazi o’simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil 
o’simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. 
Shunday qilib, fotosintez orqali er sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi 
kislorod 5800 yilda, karbonat angidrid 7 yilda bir marta yangilanib turadi. 
O’simliklar inson uchun oziq-ovqat, yem-xashak, dori-darmon, kiyim-kechak 
va boshqa ko’pchilik moddalarning tabiiy manbalari hisoblanadi. 
Halqimiz tomonidan ko’p ishlatiladigan va keng tarqalgan dorivor 
o’simliklardan foydalaniladi. Bularga isiriq, ermon, chakanda, aloye, na’matak, 
gazanda va boshqalar misol bo’la oladi. 
O’simliklar inson organizmidagi turli yuqumli kasalliklarni davolashda katta 
ahamiyatga ega. 
Insonlar o’simliklardan chorva mollari uchun ham yem-xashak sifatida keng 
ko’lamda foydalanadilar. 
O’zbekistonda g’o’za o’simligi asosiy homashyo hisoblanib, undan turli 
maqsadlarda foydalaniladi. 
Insonlar o’simliklardan qurilish materiali sifatida ham foydalaniladi. 
O’simliklarni inson hayotidagi muhim tomonlaridan biri, atrof-muhitni 
ko’kalamzorlashtirishdir, chinor, terak, eman, igna bargli doim yashil o’simliklar 
shular jumlasidandir. Bundan tashqari ular havodagi changni tozalab, uni kislorod 
bilan boyitadi. 
O’simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda o’rmon 
o’simliklari alohida o’rin egallaydi. Respublikadagi o’rmonlar yagona davlat 
o’rmon fondini tashkil etadi. O’zbekiston o’rmonlari o’zining xususiyatlari bilan 
tog’, cho’l, to’qayzor va vodiy o’rmonlariga ajratiladi (1-sxema). 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin