38
Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko’ra ovqat hazm qilish
sistemasida fermentlarning ma’lum turlarini uchrashi yoki cho’lda
yashovchi
hayvonlarning suvga bo’lgan talabini qondirish uchun yog’larning biokimyoviy
oksidlanishdan foydalanishi kabilar kiradi. O’simliklarda kuzatiladigan fotosintez
jarayoni ham, boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi
gazlar tarkibiga
bog’liqdir.
Xulqiy yoki etologik moslashishlar hayvonlar uchun xos bo’lib, turli
shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida
normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay haroratli joyni
izlab topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda
sutkalik va mavsumiy
ko’chib yurishlari ma’lum. Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan
moslashib qolmay, baoki namlik, yorug’lik va boshqa ko’pchilik
ekologik
omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o’ljani izidan
yurish, kuzatish kabilarda hamda o’ljaning javob reaktsiyalarida ko’rinadi.
Dostları ilə paylaş: