230
Q
QADRIYAT
— borliqdagi narsa, hodisalarning jamiyat, guruh shaxs ehtiyojlariga
muvofiq kelishi yoki kelmasligi nuqtai nazaridan ahamiyati. Voqealikdagi muayyan
hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma‘naviy ahamiyatini ko‗rsatish
uchun qo‗llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‗lgan barcha
narsalar, mas., erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma‘rifat, haqiqat, yaxshilik,
go‗zallik, moddiy va ma‘naviy boyliklar, an‘ana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi.
Ijtimoiy jarayonlar ta‘sirida kishilarning Q.lar to‗g‗risidagi qarashlari o‗zgarib boradi.
Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi.
Mas., yurtni yov bosganida - ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush
davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyot mahsuli sifatida o‗z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat,
ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o‗rtasidagi munosabatlar uchun foyda
keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim
kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti-harakatini ma‘lum yo‗nalishga buradigan,
tegishli me‘yorga soladigan ma‘naviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy,
shaxsiy bo‗lishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-
qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday
Q.lar o‗z ahamiyatini yo‗qotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat,
xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma‘naviyati, urf-odat va an‘analari,
o‗tmishi va kelajagi bilan bog‗liq Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush
tarzi, e‘tiqodi, umr ma‘nosi, odobi, go‗zalligi bilan bog‗liq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar
komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: