Sondin seni ко ‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak andin ortuq bo ‘Imas,
Andin seni ко p‘ sevarmen, ey umri aziz.
(Alisher Navoiy)
Xarakterli o‘mi shundaki, Navoiy va Bobur davrlarida yaratilgan ruboiy va ruboiyalaming ko‘pchiligida uchinchi misra boshqa vaznda yaratilgan. Chunonchi, Bobur «Muxtasar»ida
keltirilgan ruboiy va ruboiyalaming deyarli hammasida shu holni ko‘rish mumkin:
Ey sendin о ‘lib bag ‘rim ham ко ‘ksum dog ‘ Ко ‘nglim о ‘tu-ul о ‘tqa to ‘kub ashkim yog ‘ Tan о ‘Isa g'aming ichra joningfido
Jon kuysa muhabbatingda, sen bo ‘lg ‘il sog ‘.
Bobur mazkur ruboiyning 3-misrasi axrabning m af ulu mafo’iylun m af umu fa'ul vaznida bitilganini ko‘rsatadi.
Ruboiy qofiyalanishiga qarab ikki xil bo‘ladi:
1 .Xosiy ruboiy-a-a-b-a shaklida qofiyalanadi.
2.Ruboiya yoki taronai ruboiy - hamma misralar qofiyadosh bo‘ladi (a-a-a-a).
Ruboiy fors-tojik poeziyasidagi «du bayti»dan g‘oyaviy-tematik va shakliy-poetik xususiyatlari bilan farq qilinadi. «Du bayti» vazn jihatidan ham erkinroq bo‘ladi. Ruboiyning birinchi misrasi tezis bo‘lib, unda shoir aytmoqchi boigan fikrini o‘rtaga tashlaydi.
Boshqacha aytganda, ruboiyning birinchi misrasi uning mavzusini ifodalaydi.-Ikkinchi misrani ma'lum ma'noda antitezis deyish mumkin. Bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi.
Ruboiyning birinchi misrasi moddai ruboiya deb ataladi. Bu misra shoiming to‘rtinchi misrada aytmoqchi bo‘lgan xulosasi uchun ko‘prik vazifasini o‘taydi. Ruboiyning to‘rtinchi misrasi sintez deb ataladi. Bunda shoir avvalgi uch misradan g‘oyaviy xulosa chiqaradi. Bu xulosa shoiming asosiy g‘oyasidir.
Ruboiyning bu namunasi fors-tojik adabiyotida Umar Xayyom ijodida to‘la shakllandi. E'tibor beraylik:
Dostları ilə paylaş: |