302
Mashuliyati cheklangan jamiyat –
kapitallar birlashishining shakli bo’lib, jamiyat
qatnashchilari faqat qo’ygan mablag’i bilan jamiyat majburiyatlarida javobgarlik
olib boradilar.
Materiallardan foydalanish koeffitsienti
– xom ashyo va materiallarning oqilona
tarzda sarflanishini tavsiflovchi ko’rsatkich bo’lib, u tayyor mahsulot tarkibiga
kiruvchi materiallarning ishlov berilgan materiallarning umumiy hajmiga nisbatini
ifodalaydi.
Matritsali tuzilma
– boshqaruv tarzi “matritsa” qabilida bog’langan tuzilma. U
ancha murakab bo’lib, mahsuloti nisbatan qisqa “umr” ko’radigan va tez–tez
o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo’llanadi.
Mahsulot (xizmat) attestatsiyasi
– mahsulot (ish, xizmat) sifatining texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarini obhektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni
ko’zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.
Dostları ilə paylaş: