Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   175
 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
– mahsulot ishlab chiqarishda 
foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, 
asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va 
sotishning boshqa xarajatlarining qiymat o’lchovi.
 
Mahsulot rentabelligi
– mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarxiga 
nisbati sifatida (foizlarda) aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi.
 
Mahsulot sertifikati 
- mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro 
mehyorlarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab 
chiqaruvchilarga qaram bo’lmagan, mahsulotning xalqaro standart mehyorlariga 
mos kelishini nazorat qilish vositasi. 
Mahsulot sifati
– masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini 
qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali (istehmol) xususiyatlari majmui.
 
Mahsulot sifatini boshqarish
–mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni 
istehmol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, tahminlash va qo’llab-quvvatlash 
maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar.
 
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi
– sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan 
resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma. 


303 
Mahsulotning material sig’imi 
– xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy 
resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari.
Mahsulotning mehnat sig’imi 
– mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari 
bo’lgan kattalik, yaani moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati.
 
Mahsulotning texnik darajasi
– baholanayotgan mahsulotning texnik 
takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi 
ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifi.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin