Ishbilarmon – o’z g’oyasini, mablag’ini, nufuzini hayotga tadbiq etish uchun
tavakkal qiluvchi va daromad olish uchun faoliyat yurituvchi mulkdor.
Ishlab chiqarish quvvati – asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek,
moliyaviy resurslardan iloji boricha to’liq va oqilona foydalangan holda ishlab
chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal (eng yuqori) hajmi.
Ishlab chiqarish menejmenti – ishlab chiqarishning operatsion tizimlarini yaratish,
ularni rejalashtirish va ishlatish jarayonlarini boshqarish.
Ishlab chiqarish rentabelligi –foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va
me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati
sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari - sexlar,
uchastkalar, xizmat ko’rsatish xo’jaligi aloqalarining yig’indisi.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish – mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni
tashkil etish tarzi.
Ishlab chiqarishni kimyolashtirish – mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy
mahsulot va sunhiy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.
Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi – bir tomonlama, ko’pincha bitta
mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi
mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o’tkazish.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi – yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi
bir xil bo’lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish tarzi.
Qayta tiklash – mavjud ishlab chiqarishni texnik va tashkiliy takomillashtirish,
asosiy fondlarni majmuaviy ravishda yangilash va zamonaviylashtirish asosida
to’liq qayta qurish jarayoni.