301
Konsentrik diversifikatsiya
– korxonani o’z joriy faoliyati bilan bog’liq biznesga
kirishishi. Bu orqali faoliyat sotib olish yoki o’xshash tovarlar chiqaruvchi firmalar
ustidan nazorat o’rnatish evaziga kengaytiriladi.
Konsern
- turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi,
qo’shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab
chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi.
Kooperatsiya qilish
- yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo’yicha uzoq
muddatli to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalarini o’rnatish.
Korxonaning optimal (maqbul) hajmi
– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
(ish bajarish, xizmat ko’rsatish) bo’yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni
o’z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda
bajarish imkonini beruvchi hajmi (miqyosi).
Korxonaning tijorat siri
– korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya, boshqaruv
va boshqa turdagi faoliyati bilan bog’liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga
zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, davlat sirlariga aloqasi bo’lmagan ma’lumotlari.
Lizing
- mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni
uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish
shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o’rta va uzoq muddatli ijarasi.
Dostları ilə paylaş: