Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2018-yil 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazdilar. Kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning «katalizatori» bo’lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo’lmaydi. O’zbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy bo’lsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qurilish materiallari, farmatsevtika, tekstil, mashinasozlik kabi tarmoqlar uchun zarur bo’lgan murakkab polimerlar, katalizatorlar, reagentlar va sintetik tolalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan. Buning oqibatida har yili 1,5 milliard dollarlik kimyo mahsulotlari import qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan fosfor va kaliyli mineral o’g’itlar ham mavjud talabning faqat uchdan birini qoplaydi, xolos. Murakkab mineral o’g’itlar ishlab chiqarish quvvatlari 60-70 foizga eskirgani energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi, kimyo mahsulotlari tannarxining asossiz oshishiga olib kelmoqda. O’tgan yildan boshlab, mineral o’g’itga talabni qondirish uchun 3,1 milliard dollarlik 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshirila boshlandi. Bundan tashqari, kimyo sanoati mahsulotlarini diversifikatsiya qilish maqsadida 2025 yilgacha 4,2 milliard dollarlik yana 17 ta loyiha hayotga tatbiq etiladi. Shuning uchun, kimyo tarmog’iga xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, mahsulot hajmi va turini ko’paytirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish «O’zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining muhim va ustuvor vazifasi bo’lishi zarur. [1]
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4805-sonli qarori ham o’z amaliy natijalarini berib bormoqda.[2]
Dunyo miqyosida ayniqsa, neft va gaz kimyosida organik reagentlarni sintez qilishda jarayonlarda va sanoat korxonalarida kimyoviy reagentlardan foydalanish, kimyoviy reaksiyalarning termik barqaorligini o’rganish, termik barqaror reaksiyalarni qo’llash muhimdir. Bugungi kunda neft va neft mahsulotlari hosil bo’lish issiqliklari, energiya sarfi, jarayonlari va mahsulot turlarini o’rganish, kimyoviy reaksiyalar mexanizmlarni, ularning termik holatlarini, fizik va kimyoviy usullar bilan olinadigan mahsulotlar uchun holat tenglamalarini tuzish sohasiga qaratilgan ilmiy va amaliy ishlar bugungi kunda dolzarb muommolardan hisoblanadi.
Bugungi kunda neft va neft mahsulotlarining hosil bo’lish issiqliklari tatbiqlarini o’rganish va ularni qo’llab unumdorligi yuqori mahsulot olish va sanoatda mahsulot olish jarayoni tannarxini arzonlashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlariga etibor qaratilmoqda. Bu borada termik koiffitsentlari jarayonlarini aniqlash, boradigan jarayonlarda termik holat tenglamalari tuzishni va ularning maqbullarini aniqlash, gaz fazadagi reaksiyalarda katalizatorlarni qo’llash ma’lum ilmiy amaliy qiziqish uyg’otadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu kurs ishi neft mahsulotlarining hosil bo’lish issiqliklari va sintez jarayonlarning texnologiyasini ishlab chiqish zarur.
O’zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish, ishlab chiqish korxonalarining xom - ashyo bazasini maxalliylashtirish va ular asosida import o’rnini bosadigan yangi turdagi kompozitsion materiallar ishlab chiqarish borasida ilmiy - amaliy natijalarga erishilmoqda. “O’zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi”da ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan mahsulot texnologiyalarining tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirishga yo’naltirilgan muhim vazifalar belgilab berilgan.[3] Bu borada kimyoviy reaksiyalarda katalizatorlarni qo’llab sanoat va laboratoriyada mahsulot unumi yuqori va arzon mahsulot ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.