CH3-CH2-CH2-CH3 = CH3-CH-CH3 CH3 4. Naften uglevodorodlarning dealkinlanishi va degidrogenlanishi;
5. Aromatik uglevodorodlarning dealkillanishi;
6. Vodorodning qayta taqsimlanishi ya’ni u kondensatsiya reaksiyasi natijasida hosil bo’lib to’yinmagan uglevodorodlarga birikadi. Shu sababli koks hosil bo’ladi va suyuq krekinglashda to’yinmagan uglevodorod bo’lmaydi.
Katalitik krekingning ikkilamchi reaksiyalari: 1. Olefinlarning polimerlanishi;
2. Destruktiv kondensatsiya;
3. Aromatik uglevodorodlarning alkenlar bilan alkillanishi;
Sikllanish reaksiyalari (olefinlarning diyenlar bilan o’zaro ta’siri reakiyalari);
Koks hosil bo’lish reaksiyalari. (Kondensatlangan karbosiklik uglevodorodlarning krekingi).
Quyida laboratoriyada krekingni amalga oshirish yo’llarini keltiramiz.
I usul.Ishning maqsadi: Neftni qayta ishlash bo’yicha laboratoriya mashg’uloti talabalarga amalda suyuq yoqilg’ilarni qayta ishlashning termik va katalitik kreking, piroliz va riforming kabi kimyoviy usullari bilan tanishish imkonini beradi. Kerosinni krekinglashning optimal sharoitlari bilan tanishish (xom ashyoni reaktorga kiritish tezligi va haroratning ta’sirini o’rganish orqali).
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Katalitik krekinglash qurilmasi (3-rasm) ajratgich qadaq (100 ml hajmli), 25 va 50 ml hajmli o’lchov silindrlari, kerosin, yuttirish moyi, konsentrik sulfat kislota, kaliy permanganatning ishqoriy eritmasi, kaliy xloridi (suvsiz).
Ishning borishi. Katalitik kreking qurilmasining asosiy apparati bu reaktor 1 (elektropech ichida kvars shishali yoki po’lat yoki keramikadan yasalgan quvurcha). Quvurchaning diametri 3*10-2 m uzunligi 0,6 m, unga termopara - 3 galvanometr - 2 bilan ulangan.