Ishlayotgan paytda elektropechda doimiy bir xil harorat saqlanadi (bu termoregulyator yoki lator orqali amalga oshiriladi). Reaktor - 1ning ichiga o’rta qismiga katalizator (alyumosilikatli yoki steolitli) joylashtiriladi, uning hajmi 20-40 ml bo’lishi kerak. Kerosinni reaktorga berish tomizgich qadaq yoki byuretka 4-dan 5-jumrak orqali amalga oshiriladi.
Suyuq mahsulotlar sovutgich 6 da sovib, kolba 7 ga yig’iladi. Gazsimon mahsulotlar moyli sklyankadan 8 (yengil benzin absorberi) o’tib, gazometr 9ga yig’iladi. Gazometrga sistemaning vakuumini aniqlab berish uchun difmanometr 10 o’rnatilgan bo’ladi.
II usul.Ishning maqsadi: Neftni qayta ishlash bo’yicha laboratoriya mashg’uloti talabalarga amalda suyuq yoqilg’ilarni qayta ishlashning termik va katalitik kreking, piroliz va riforming kabi kimyoviy usullari bilan tanishish imkonini beradi. Krekinglash natijasida olingan suyuq mahsulotlarni dastlabki mahsulot bilan taqqoslab, termik krekingning samaradorligini aniqlash haqida ushbu laboratoriya ishida keltirilgan.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: 4-rasmdagidek asbob, tozalangan kerosin, qum, temir qirindisi, kaliy permanganat, bromli suv.
Ishning borishi. Bunda probirkaga (4-rasmga qarang) 4-5 ml tozalangan kerosindan quyib, uning hammasini shimib oladigan miqdorda qum solinadi. Qum ustiga 3-4sm qalinlikda temir qirindisi solinadi. Probirka og’zi gaz o’tkazgich nayi bo’lgan tikin (probka) bilan bekitiladi, nayning uchi sovuq suvli eksikator yoki bankaga joylashtirilgan boshqa probirka ichiga tushirib qo’yiladi. Bu probirkaga uchi suvga tushirib qo’yilgan boshqa nay tushirilgan bo’ladi. Dastlab temir qirindisi qattiq qizdiriladi, so’ngra alanga vaqti-vaqti bilan qumga tutiladi. Kerosin bug’lanadi, uning bug’i qattiq qizib turgan qirindi ustidan o’tib, krekinglanadi, 1 ml chamasi suyuq mahsulot yig’ilgach, gaz o’tkazish nayi uchiga suvli probirka kiydiriladi, bu probirkaga gazlar yig’iladi, suyuq mahsulotda to’yinmagan birikmalar bor-yo’qligi sinab ko’riladi. Gazlarni kaliy permanganat eritmasi yoki bromli suvdan o’tkazib. ularning tarkibida to’yinmagan birikmalar bor yo’qligiga ishonch hosil qilinadi.