Neft va gaz kimyosi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/21
tarix19.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#132532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
KI Neft va neft mahsulotlari

Kurs ishining maqsadi: Neft mahsulotlarini olish va mahsulotlar hosil bo’lishda ajraladigan yoki yutiladigan eneriya hamda ularning barqarorligini, mahsulotlarning sanoat va amaliyotda qo’llanilishini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining ilmiy amaliy yangiligi: ushbu kurs ishi bajarilish jarayonida bir qancha yangi fizik kimyoviy analiz usullari keltirilgan.
Kurs ishining vazifalari: Neft tarkibida mahsulotlarni ajratishning yangi usullarini tadbiq etish, mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish, ular hosil bo’lishida issiqlik jarayonlarini aniqlash, amaliy jihatdan arzon va sifatlilarini sanoatga tadbiq etish.
Kurs ishining predmeti. Neft, neft mahsulotlari, areometr, piroliz, haydash, krekinglash va fraksiyalash asboblari.
Kursi ishi tuzilishi: ushbu kurs ishi tuzilishi III ta asosiy bobni tashkil qiladi. Kurs ishi kirish qismida mavzuning dolzarbligi, zarurati, ob’yekti, predmeti, vazifalari ilmiy yangiliklari berilgan. II bob asosiy qism bo’lib, unda mavzuning asosiy qismi 5ta rasm asosida yoritilgan. Kurs ishi oxirida xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Kurs ishi 36 betdan iborat.
II.ASOSIY QISM.
1.O’zbekistonda neft sanoati tarixi. Uglevodorodlar xom ashyosini qayta ishlashdagi bir asrlik tajriba.
O‘zbekiston neft va gaz sanoati 120 yillik tarixga ega. Aslida, miloddan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnayn va uning lashkarlari Markaziy Osiyoga yurish qilganda, bu o’lkada «qoramoy»ni uchratgan, ammo undan qanday foydalanishni yaxshi bilishmagan.
O’zbekistonda neft sanoatining rivojlanishi 1885 yilda boshlangan. 1900 yilda Farg’ona vodiysidagi Chimion qishlog’i yaqinidagi ikkita quduqdan qazib olingan. Bu hududda asosiy qidiruv ishlari 1904 yilda boshlangan bo’lib 270 m dan oshiq chuqurlikdan, kuchli bosim bilan otilib chiqqan neft olindi.

1-rasm. Markaziy Osiyodagi ilk burg’ulangan quduq.
1906 yilda Farg’ona viloyatida davriy ishlaydigan bitta ikki kubli neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Neft ot arava transportida yetkazildi va uning sifati termometr va gidrometr bilan aniqlandi.
Asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari yoritish kerosini va isitish mazuti edi. Keyin, zavod tashqarisidagi kovaklaridagi benzin yoqib yuborilgan, u faqat 1915-1916 yillarda O’rta Osiyoda ichki yonish dvigatelli mashinalari paydo bo’lganda ishlatilganligi aniqlangan. Ushanda neft mahsulotlari temir yo’l orqali paketlangan shaklda Afg’oniston va Xitoyga eksport qilingan. 1907 yilda aka-uka Nobellar zavodni sotib olib, bosqichma-bosqich qayta qurishni boshladilar. Xuddi shu yili Chimion konidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo’lgan to’rt dyuymli neft quvurining ekspluatatsiyasi boshlandi. 1940 yilda zavod o’z laboratoriyasiga ega bo’lganida va texnologik jarayon sifat jihatdan o’sganida yillik quvvati 176 ming tonnaga etdi.

2-rasm. Ilk yuk avtomobillari va traktorlardan iborat karvon. Bug’ dvigateli va exhtiyot qismlari Chimyonga olib kelinmoqda.
1972 yil Qashqadaryo viloyatida dunyodagi eng katta zavodlaridan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan, 1980 yilda Sho’rtandagi zavod ishga tushiriilgan.
Tarixiy manbalarga ko’ra juda qisqa vaqt ichida neft mavjud bo’lgan resurslar ichida eng qimmat xom ashyoga aylandi. U qiymat ma’nosi bilan emas, balki iqtisodiyotda qo’llanilishining kengligi ma’nosida qimmatlidir.
Neftga bo’lgan talabning birinchi sakrashi, undan olingan kerosinni yoritish uchun ishlatilganda sodir bo’ldi. Keyin ilgari ko’rib chiqilgan chiqindi benzinidan foydalanish aniqlandi - sayyoramizning motorizatsiyasi boshlandi. Keyin navbatdagi qayta ishlash chiqindilari - moylar va dizel yoqilg’isi ishlatilgan. Ular neftdan turli xil moddalar va materiallar ishlab chiqarishni o’rgandilar, ularning aksariyati organik tabiatda mavjud emas.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin