Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti sifatida Charls Dikkensning “Nicholas Nicklebye” asari tanlandi. Tadqiqotning predmetini mazkur asar vositasida yozuvchining davr hamda ta’lim-tarbiyaga bo’lgan qarashlari tashkil etadi.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Charls Dikkensning “Nicholas Nicklebyeand his adventure” asari vositasida yozuvching davr va ta’lim-tarbiyaga oid muammolarni yoritib berilishini ilmiy asoslash tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsad quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi:
ta’lim-tarbiyaning adabiyotshunoslikdagi o’rni va roli;
Romanning syujet asosi sifatida Nikolas Niklbining shakllanishi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Jahon adabiyotida hozirgi kunga qadar ta’lim va tarbiyaga doir ko’plab asarlar yaratilib kelingan bo’lsada, mazkur dissertatsiyaning ilmiy yangiligi "Nikolas Niklbining hayoti va sarguzashtlari" romanining birinchi marta ta'lim romani evolyutsiyasi kontekstida ko'rib chiqilishi bilan belgilanadi. Birinchi marta roman-felyetonning xususiyatlari, shuningdek, romanning janr o‘ziga xosligini belgilab bergan melodramatik unsurlar tahlil qilinadi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Asarlarda qo’llanilgan frazeologik birliklarning funksional diskursiv xususiyatlarini o’rganishda xorijiy va milliy olimlarning keng miqyosida amalga oshirilgan fundamental va tor sohadagi ilmiy tadqiqotlari mavjud. Bu tadqiqotlar zamirida iboralar ishtirok etgan asarlarning tub o‘ziga xosliklari, ularni tahlil qilish, uslublarini o’rganishga juda katta ahamiyat berilgan bo’lib, sohaning zamonaviy yutuqlari qo‘lga kiritilgan.
Frazeologik birliklar tilshunoslikda alohida soha sifatida shakllanib, taraqqiy etib bormoqda. Frazeologizmlarni o’rganishda uning asoschisi Sharlo Balleni xizmatlari beqiyosdir. U o’zining “Fransuz stilistikasi” (1909) asarida so’z birikmalari, ularning tadqiq etuvchi vositalar haqida qimmatli fikrlarini bayon qilgan. Frazeologik birliklar va ular shakllanish yo’llarining qiyosiy tahliliga A.A.Grigoryeva, N.A.Xomyakova, M.I.Gritsko, I.V.Gorodskaya J.D.Kozimagamedovaning asarlari bag’ishlangan5.
Shuningdek, A.N.Smirnitkiy, Z.N.Anisenova, A.V.Kumachova, T.N.Derbulova, N.N.Amosova, N.Jshanskiy kabi olimlarning asarlarida frazeologik birliklar klasifikatsiya qilingan. O’zbek tilshunosligida esa A.E.Mamatov, A.M.Aynazarov, M.I.Umarxo’jayev, SH.Raxmatullayev, B.Yo’ldoshev, M.Bafoyeva kabi olimlarning ishlarida frazeologik birliklar, ularning funksional uslubiy xususiyatlari xaqida fikr yuritilgan6. E’tirof etilgan tadqiqotlar ushbu soha rivojiga katta hissa blib ko’shilgan, biroq ta’kidlash joizki ingliz va o’zbek tilining obrazli va motivlashgan frazeologik birliklarning shakl va ma’no munosabati masalasiga e’tibor qaratilmog’i lozim.