(mashinada robot oyoq-qo'llari bor, boshqaruvni bevosita odam
tomonidan amalga oshiriladi. kabina).
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiq va algoritmik fikrlashni
rivojlanritish, dasturlash, rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatlarini
rivojlantirishda bugungi kunda maktabgacha ta ’lim tashkilotlarida,
oilada ota-onalar, tarbiyachilaming kreativ yondashuvi talab etilmoqda.
STEAM ta ’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar o ‘zlarini
erkin his etib, yaxshi bilim olishga harakat qilishadi va uni darhol
amalda qo‘llashadi. STEAM ta ’limning asosiy maqsadi bilimlami
egallash va bu bilimlardan haqiqiy amaliy k o ‘nikmalar bilan
birlashtirishdir.Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarga nafaqat yangi
g ‘oyalar asosida ilk loyihalar yaratish, balki ulami tajribada sinab
ko‘rish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalami STEAM ta’lim
jarayonida
ilk
kommunikativ
kompetensiyalarini
shakllantirishda
Scratch dasturi bolalarga ijodiy va tanqidiy fikrlashni, birgalikda
ishlashni o ‘rganishga yordam beradi bu esa ulami XXI asrda mustaqil
hayot uchun ilk kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantiradi. Scratch
dasturi bu bolalar uchun dasturlashni sodda, tushunarli va qiziqarli
bo‘lgan Massachusets Texnologiya instituti (MIT) qoshidagi
Media
Laboratoriyasi tomonidan yaratilgan grafik interfeysga ega vizual
dasturiy muhit.
Dostları ilə paylaş: