Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


III. Katta guruhlarda bolalarga qurish-yasashni o ‘rgatish



Yüklə 224 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/87
tarix27.12.2023
ölçüsü224 Kb.
#200013
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87
III. Katta guruhlarda bolalarga qurish-yasashni o ‘rgatish
Katta guruhda narsa-buyumni tahlil qilish, ulaming xarakterli 
belgilarini solishtirish asosiy mavqeda boMadi. Bu guruhda bolalardan 
vazifani tushunish, uni mustaqil bajarish talab etiladi. Tarbiyachi so‘zlab 
berish orqali tushuntirish va o ‘rgatish usulini qo‘llaydi, bunda mavzuni 
rasm, illyustratsiyalar orqali tushuntirib beradi. Asosiy diqqat bolalami 
o ‘z o ‘ylab qo‘yganlari b o ‘yicha ishlashga qaratiladi. Ularda qurilmalami 
mustahkam qurish, g ‘ishtlardan ustun ko‘tarish kabi yangi malakalar 
shakllanadi. Jamoa bo‘lib qurilma (hayvonot bog‘i, ko‘cha, bolalar 
bog‘chasi) qurishni hamkorlikda ishlash malakasini hosil qiladi. Bunday 
ish usuli ko ‘plab qurilmalar misolida davom ettiriladi.
Dastlabki m ashg‘ulotlarda bolalarga oddiy, y a’ni devomi namuna 
orqali qurish vazifasi beriladi. Tarbiyachi ustunchalami qurish, so‘ng 
g ‘ishtchalami to ‘g ‘ri joylashtirish namunasini ko‘rsatadi. Keyingi
104


m ashg‘ulotda esa bolalar ikkita uy quradilar. Bu vazifa namunasiz 
bajariladi. Vazifaning shu tariqa qo‘yilishi va uning shu tarzda asta- 
sekin murakkablashtirib borilishi bolalarni keyingi mustaqil faoliyatga 
tayyorlaydi. 
«Tepalik 
qurish» 
m ashg‘ulotlarida 
bolalar 
avval 
tarbiyachining namunasini ko‘rib, tepalikning balandligini belgilab 
oladilar. Shundan so‘ng bu tepalikdan koptokchani dumalatib ko‘radilar. 
Tarbiyachi 
bolalarga 
tepalikning 
baland-pastligiga 
k o ‘ra 
koptokchalaming tez va sekin dumalashini tushuntirib beradi. Bolalarga 
baland va past tepalik qurish topshirig‘i beriladi. Bu m ashg‘ulotda ular 
koptokchaning tez yoki sekin dumalashi tepalikning baland-pastligiga 
bog‘liqligini aniqlaydilar, y a’ni baland tepalikdan koptok tez, past 
tepalikdan esa sekin dumalaydi. Bunday m ashg‘ulotlar bolalaming 
mustaqil fikrlash qobiliyatini o ‘stiradi.
Katta guruhda narsa-buyumni tahlil qilish ulami xarakterli 
belgilarini solishtirishga o ‘rgatib boriladi. Bu guruhda vazifani 
tushunish, uni mustaqil bajarish qurish faoliyatining oddiy elementlari 
hisoblanadi. Katta guruhda bolalaming tarbiyachi tushuntirib berganidek 
qilib, y a’ni so‘zidan kelib chiqib qurish-yasash vazifalarini bajarishlari 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda tarbiyachi rasm, illyustratsiyalardan 
foydalanishi mumkin. Asosiy diqqat bolalarda buyurtma asosida ishlash 
k o ‘nikmalarini hosil qilishga qaratiladi.
Bu bosqichda tarbiyachi bolalarga biror narsani qurish vazifasini 
bergach, ular bilan shu vazifani qanday bajarish m a’qul ekanligi haqida 
suhbat o ‘tkazadi. Bunda ba’zan bolalaming o ‘zlari tarbiyachiga savol 
berishlari ham mumkin. Tarbiyachi bolalardan o ‘zlari qurmoqchi 
b o ig a n
qurilmani 
tasvirlab 
berishni 
so‘raydi. 
Bolalar so‘zlab 
berayotganlarida tasa w u r boyliklari m a’lum bo‘ladi. Tarbiyachi shu 
o ‘rinda agar bolalaming tasw urlarida ayrim yetishmovchiliklar bo‘lsa 
to ‘ldiradi.
Bu ishlar qog‘oz bilan ishlashda ham davom ettiriladi. Bolalarga 
qog‘ozni teng buklash, to ‘rt buklash, buklangan joyni tekislash o ‘rgatib 
boriladi. 
Q og‘ozni 
16 
kvadratlarga 
buklash, burchak va tomonlarini aniq 
joylashtirish, doirani diametri bo‘ylab 
buklash va konus hosil qilib yopishtirish 
ustida 
ishlanadi. 
Masalan, 
qog‘oz 
silindmi birlashtirib, turli, murakkab 
bo‘lmagan savatcha, silindrli kompozit- 
siyalami yasaydilar.
105


Namuna kuzattirilgach, kvadrat qog‘ozni qanday buklab qirqish, 
qanday yopishtirish kerakligi ko‘rsatiladi. Savatchaning bandini qanday 
yopishtirishni esa bolalar o ‘zlari o ‘ylab topadilar. Ikkinchi mashg‘ulotda 
esa kvadratni diagonal bo‘yicha buklashni o ‘rganadilar. Tarbiyachi 
tushuntirayotganda ikki tomoni qirqilgan, buklangan tayyor kvadratdan 
foydalaniladi. Bolalar oldingi m ashg‘ulotda olgan bilimlarini uycha 
qurishda qo‘llaydilar, o ‘zlari qirqib yopishtiradilar. M ashg‘ulotning 
boshida namunani kuzatayotganda tarbiyachi ishni qanday bajarishni 
bolalarga o ‘rgatadi va yordam beradi. Q og‘ozdan narsa yasashni m a’lum 
bir vaqtdan so‘ng qaytarish mumkin, lekin bolalar buni o ‘zlari mustaqil 
bajaradilar (masalan, ochiq quticha). Tayyor shakllardan biror bir 
narsani yopishtirish orqali yasashni bolalar asta-sekin o ‘rganadilar. 
Birinchi m ashg‘ulotda tarbiyachi gugurt qutisidan qanday qilib avtobus 
yasashni ko ‘rsatadi: 
qutini qanday qilib bir-biriga yopishtirish, 
g ‘ildiraklami qanday qilib birlashtirish va hokazo. Bolalar topshiriqni 
ko‘rsatish va tushuntirish asosida bajaradilar. Ikkinchi m ashg‘ulotda 
tarbiyachi bolalardan avtobusni qanday yasaganliklarini eslatib, so‘ng 
tayyor yasalgan mebelning bir necha namunasini bolalarga namoyish 
qiladi. Bu qurilmalami bolalar kuzatib bo ‘lgach, ular qanday qilib bir- 
biriga yopishtirilganligini va boshqalami ko ‘radilar. Qurishlari kerak 
b o lg a n narsa-buyum uchun kerakli materiallar tanlaydilar. Bunda ular 
o ‘zlari qaysi materialdan nima yasashlarini, qanday qilib yasashlarini 
mustaqil hal qiladilar. Lekin keyingi m ashg‘ulotlarda mavzu ancha 
murakkablashadi, y a’ni quticha, karton, qog‘ozdan yuk mashinasi, kema 
yasash va hokazo. Bu paytda tarbiyachi yana bolalar bilan birgalikda ish 
olib boradi, y a’ni o ‘zi k o ‘rsatib, tushuntirib beradi. Ish faoliyatining 
bunday olib borilishi bolalarning keyingi ijodiy faoliyatida katta 
ahamiyatga ega. Shunday qilib, topshiriq murakkablashib boradi: tayyor 
yarim doirani qirqishga o ‘tiladi.
Tarbiyachi buni tushuntiradi, 
qolganini esa bolalar o ‘zlari 
bajaradilar. Shunday qilib bolalar m ashg‘ulotlar davomida kvadratni 
diagonal bo‘ylab buklash, tomonlami, burchaklami to ‘g ‘ri birlashtirish, 
qayiq, o ‘yinchoqlar yasashni o ‘rganadilar. M ashg‘ulotlarda bolalar 
tayyor murakkab bo‘lmagan andoza bo‘yicha ishlashga ham kirishadilar. 
Ularda 
fikrlash, 
ijodiy ot, 
fantaziya 
rivojlanib 
boradi. 
Boshqa 
materiallardan narsa yasashga o ‘rgatishdan oldin tarbiyachi materialning 
xususiyati bilan tanishtiradi, bolalardan shu materialni ushlab ko‘rib, 
uning qanday ekanligini aytishni so‘raydi, parolon - yumshoq, yengil, 
uni ezsa, yana o ‘z holatiga qayta oladi. Parolondan bolalar qorbobo,
106


quyoncha, 
j o ‘ja
va 
hokazolar 
yasaydilar. 
Narsa 
yasashni 
tushuntirayotganda tarbiyachi asosiy diqqatni alohida narsa-buyumlami 
qanday birlashtirishga qaratadi, m ashg‘ulot davomida eslatib turadi.
Tarbiyachi bolalarga qog‘oz va boshqa materialdan narsa yasashni 
o ‘rgatishda narsalarni ketma-ket ko ‘rsatish, tayyor namunani kuzatish, 
bolalar bilimini tekshirish uchun savollar berish, bajarish usulini 
ko‘rsatishdan keng foydalanadi.
Tarbiyachi bolalar diqqatini yangi yasaladigan narsaga qaratish 
uchun m ashg‘ulotga bir, ikki kun qolganda qo‘l ishlari burchagida 
namunalar ko‘rgazmasini tashkil qiladi. Masalan, kichik silindrli 
kompozitsiyalar qo‘yadi, silindrdan ikki xil figura - tulki va quyon, 
ayiqcha yoki turli o ‘yinchoqlami namoyish qiladi. Tarbiyachi bu 
o ‘yinchoqlami ko‘rsatmay turib, bolalar e’tiborini ulaming bir-biriga 
qanday birlashtirilganligiga qaratadi. M ashg‘ulotda ba’zan yangi usulni 
individual tarzda ko‘rsatib beradi. Bolalar parolondan doiracha hosil 
qilishni o ‘rganganlaridan so‘ng hamma bolalarga doirachani sim bilan 
qanday birlashtirishni ko‘rsatadi. Bolalar o ‘z ishlarini bajarayotganlarida 
tarbiyachi qiynalgan bolalarga yordam beradi. Bu narsalaming nima 
uchun 
yasashlarini, 
nima 
uchun 
kerakligini 
(o‘yin 
uchun, 
kichkintoylarga sovg‘a uchun, archani bezatish uchun va hokazo) bilgan 
bolalar turli qurish materiallaridan foydalanish malakalarini egallaydilar.
Katta guruhda bolalar ta ’lim jarayonida turli konstruktorlardan 
(taxta, 
plastmassa) 
foydalanadilar. 
Bu 
to ‘plamlar 
orqali 
turli 
konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy 
birlashtirish usulidan suratlar bo ‘yicha turli xil harakatlanadigan 
konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarda m a’lum qismlami 
birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi.
K atta guruhlarda tarbiyachi bolalarga konstruksiyalash uchun 
tayyor nam una bermasdan, faqat obektning asosiy xossalarini m a’lum 
qiladi. Bunda topshiriq sharti muhim o ‘rin tutadi. M asalan, «Shunday 
k o ‘prik qurginki, undan m ashinalar ham, alohida y o ia k d a n odam lar 
ham o ‘tsin!» Bola ana shu xossalardan kelib chiqib o ‘zi harakat 
qilishi, zarur m ateriallam i ajratishi, qurilm aning baland-pastligi, uzun- 
qisqaligi, keng-torligini belgilab olishi, texnik yechim lam i izlab 
borishi lozim b o ‘ladi. O b'yektni qurayotganda bolaning o ‘z ishini 
tekshirib k o ‘rishi ham muhim. M asalan, yuk mashinasi garajga kira 
oladim i-yo‘qmi, degan m a’noda yuk m ashinasini o ‘tkazib k o ‘radi va 
h.k. Albatta, bu darajaga bolalar asta-sekin erishib boradilar. H ar bir 
bola o ‘z qobiliyatini o ‘stirish uchun alohida-alohida topshiriq olgani
107


m a’qul. Bunday faoliyat bir-birining tajribasini, 
bilimini boyitish uchun xizmat qiladi, natijada 
hamma baravar rivojlanadi. Bolalar bilan sayrga 
chiqqanda maqsadli kuzatishlar tashkil etiladi.
“Mening 
shahrim” 
mavzusini 
o ‘tishdan 
avval 
pedagog bolalami shahar bo‘ylab ekskursiyaga olib 
boradi va bolalar diqqatini shaharni qurilishi va 
estetik tuzilishiga qaratadi. M ashg‘ulotda bolalami guruhchalarga bo‘lib, 
har bir guruhga biror bir maydon, ko‘chalar qurish topshiriladi.
Kinoteatrga ekskursiyadan so‘ng bolalar tomoshabinlar zali, foyega 
kirish qismini kub, prizma, yarim doira shakliga ega ekanligini 
ko‘radilar va o ‘zlari kinoteatr qurganlarida shu narsalarga e ’tibor 
beradilar. Tarbiyachi tomoshabinlar zali va foyeni qurilish usulini 
ko‘rsatib beradi. Bolalar jam oa bo‘lib birga turli mavzularda narsalar 
quradilar (ko‘chalar, 
tem ir y o ‘llar, 
vokzal, 
hayvonot 
bog‘lari, 
kinoteatrlar 
va 
hokazo).Bolalami 
qurish 
va 
konstruksiyalashga 
o ‘rgatishda sayr va sayohat asosiy o ‘rinni egallaydi. Sayohatdan avval 
yoki keyin illyustratsiyalar, slaydlarda aks etgan tasvirlar asosida ularda 
pay do bo‘ladigan tasaw urlam i m a’lum tomonga y o ‘naltirish foydali. 
Bular m ashg‘ulotlar oldida turgan vazifalami hal etishga qaratilgan 
holda ko‘rilishi, suhbatlar o ‘tkazilishi kerak. Ushbu ishlar bolalami 
navbatdagi m ashg‘ulotlarda hal etiladigan aniq vazifalami oldindan 
qabul qilishga, ulaming yechimini topishga, bilimlarini faollashtirishga
safarbar qiladi. Masalan, sayr paytida tarbiyachi 
bolalarga ko‘chalarda joylashgan uylar, maydonlar 
haqida so‘z yuritadi. Suhbatlar chog‘ida tarbiyachi 
ulaming e ’tiborini uylarni qurish usullariga tortadi, 
suhbat yakunida turli k o ‘rinishdagi uylami qurish 
mumkinligi, ayni paytda ulami to ‘g ‘ri joylashtira 
bilish zamrligini ta ’kidlab o ‘tadi.
Bolalar m ashg‘ulotlarda egallagan bilimlarini bo‘sh vaqtlarida 
mustaqil faoliyalari orqali mustahkamlab borishlari lozim.

Yüklə 224 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin