387
mavzusida tadbirlar о‘tkazishi mumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi,
о‘quvchilarni tayyorlantiradi.
8. Maktabda tashkil qilingan tо‘garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar.
Tо‘garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini tahlil qiladilar.
Navbatdagi tо‘garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini о‘tadilar.
9. Yо‘nalishlar bо‘yicha 8-9sinflarda «Ishlab chiqarish asoslari», «Kasbga
yо‘naltirish» darslarini tahlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik kо‘rib
avval sinov darslarini sо‘ngra esa namunali darslarga kо‘rgazmali qurollar
tayyorlash va о‘tish.
10. Sinf rahbari bilan birga ota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yig‘ilishlar
о‘tkazishni о‘rganadilar. Tarbiyasi og‘ir bо‘lgan о‘qivchilarning oilaviy sharoitlari
bilan tanishib, ularni tо‘g‘ri yо‘lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.
11. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bо‘lgan xujjatlarni yig‘ish va
pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik kо‘rish.
Xisobot topshirish.
Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi va о‘qituvchi sifatida
bajargan ishi, о‘quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma, hamda hujjatlarning о‘z
vaqtida topshirilishi va sifatini hisobga olgan holda reyting tizimi asosida quyiladi.
Pedagogik amaliyotni о‘tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik
va metodik fanlardan egallangan bilimlariga tayanadi.
Quyida talabalar pedagogik amalayot davrida amalga oshirishi kerak bо‘lgan
tadbirlar hamda bu jarayonda yuritiladigan hujjatlar mazmuniga tо‘htalamiz.
Amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik,
tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muhokamasi qarorlaridan kо‘chirma,
о‘tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari tahlili bayoni,
о‘tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 2 ta о‘quvchiga psixologik-
pedagogik tavsifnoma, amaliyotchining ish dasturi, amaliyot davrida guruhning
о‘quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, maktab haqida
ma’lumot, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak.
Dostları ilə paylaş: