Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


  Mehnat ta’limi darslarini tahlil qilish



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 


388 
Mehnat ta’limi darslarini tahlil qilish 
Pedagogik amaliyot davrining 1-4–haftalarida talabalar maktab jamoasining 
pedagogik faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Ular maktabdagi tarbiyaviy 
ishlarning tashkil etilishi, tarbiyaviy soatlarni tahlil qilish bilan birga maktabda 
о‘qitiladigan hamma fanlarni kuzatadilar. Mehnat ta’limi darslari turli maqsadlarda 
kuzatilishi mumkin. Kо‘p yillik ish tajribani о‘rganish maqsadida yosh 
о‘qituvchiga metodik yordam kо‘rsatish maqsadida, о‘quvchilarning bilimlarini 
aniqlash va baholash ish uslubini о‘rganish va hokazo. Butun dars jarayoni bir 
necha qismda tahlil etiladi.
1. Tashkiliy. 
2. Didaktik. 
3. Metodik. 
4. Psixologik. 
5. Pedagogik.
6. Yakuniy tahlillardan iborat.
Tashkiliy tahlilda mehnat xonasini darsga tayyorgarligi, о‘quvchilarning 
darsga tayyorgarligi e’tiborga olinadi. Hatto bu bosqichda о‘qituvchining tashqi 
kо‘rinishi hisobga olinadi. 
Didaktik mavzuning ilmiyligi, izchilligi, oddiydan murakkabga yо‘nalishni 
kо‘rsatmaliligi, bilim va axborotlarni hayotiyliligi, jonliligi ravon tilda olib 
borilishi va hokazo.
Metodik tahlilda qanday usullarda darsni olib borilishi, qо‘llanilgan dars 
shakli mavzuga mos keladimi yoki yо‘qmi, tayyorlangan kо‘rgazmalar, namunalar 
mavzuni ochib berishga xizmat qilishi, darsda tadbiq etilgan yangi pedagogik 
texnologiyalar qay darajada о‘zining samarasini berganligi haqida ma’lumot 
beriladi.
Pedagogik tahlil – bunda о‘quvchini tashqi qiyofasi, nutqi, sinf bilan til topa 
olishi, milliy tarbiya, ekologiya, iqtisodiy tarbiya, ahloqiy, g‘oyaviy siyosiy 
elementlarni, tarbiya turidan qaysi biriga e’tibor berish lozim, qanday dars turidan 


389 
foydalansa, dars samarali bо‘ladi – bu masalalar pedagogik tahlilning asosini 
tashkil etadi. 
Yakuniy tahlil – bunda dars bо‘yicha mulohaza, yо‘l-yо‘riqlar yoki tavsiyalar 
beriladi. Yuqoridagi tahlilni bajarish uchun darsni hamma bosqichini tо‘g‘ri 
kuzatilishi va tahlil etilishi kerak.
Dars kuzatish natijasida u haqida tо‘liq tasavvur vujudga kelishi kerak. 
Shuning uchun ma’lum tarzdagi umumiy talablarga rioya qilish lozim. 
1. Dars haqida umumiy malumot: sana, joyi, sinf, fan, о‘qituvchining ismi, 
familiyasi, nechanchi soat (darsning jadvaldagi о‘rni), о‘quvchilarning soni, 
davomati, amaliyotchi - talabalar qatnashishi. 
2. Darsning maqsadlari. a) ta’limiy, b) tarbiyaviy, v) rivojlantiruvchi 
maqsadlarning qо‘yilishi va uning dars jarayonida yoritilishi.
3. Tashkiliy qismni kuzatishda asosan о‘quvchilarni darsga hozirligi, sinf 
xonasining, о‘quvchilarning darsga tayyorgarligi (ish kiyimi, yenglari, rо‘mollari) 
bormi, ularni asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va bosqichni qanday о‘tganligi 
darajasi yetarli saviyada о‘tganligi nazorat qilinadi. 
4. О‘tilgan mavzuni takrorlash. О‘qituvchi о‘quvchilarga bergan savollari 
о‘tgan mavzuni qamray oldimi, savollar aniqmi, mavzuni takrorlashda qaysi 
usullardan foydalandi. О‘quvchilarning javoblari mavzuni о‘zlashtiradimi deyishga 
asos bо‘ladimi, о‘quvchilarning javoblari tahlil etiladi.
5. Yangi mavzuni tushuntirishda qanday usullar qо‘llanildi. О‘quvchilarni 
mehnat ta’limi va boshqa fan asoslari bо‘yicha bilimlariga tayanildimi yoki 
yо‘qmi. Yetarlicha kо‘rsatmalilikdan foydalanildimi, о‘quvchilarni qiziqtira 
olindimi, ta’limda muammoli vaziyat qо‘llanildimi, Yangi bilimni о‘zlashtirilishi 
tekshirildimi, hayot bilan bog‘langanligi haqida fikr bildiriladi.
6. Kirish yо‘riqnomasi. Mehnat topshirig‘iga tavsif berish: uni о‘quvchilar 
bajara oladimi, ularda qiziqish uyg‘otadimi? Topshiriqni bajarishda 
о‘quvchilarning mehnat ta’limi va fan asoslariga doir nazariy bilimlaridan 
foydalanishi nazarda tutildimi? Topshiriqni bajarish bilan bog‘liq ishning 
mazmuni maktab о‘quv dasturining о‘rganilayotgan mavzusiga muvofiqmi? 


390 
Buyumga qо‘yiladigan talablar, о‘zini-о‘zi nazorat qilish mezonlari 
kо‘rsatildimi? Kirish yо‘riqnomasi qanday о‘tdi: qaysi ish usullari qо‘llanildi, 
ularni namoyish etishda yetarlicha kо‘rsatmalilik ta’minlandimi? О‘quvchilar 
topshiriqni qanchalik tushungani tekshirildimi va bu tekshirish yetarlimi? 
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga e’tibor qanday? Kirish yо‘riqnomasida 
о‘quvchilar qanday ishtirok etdilar: ular passiv tinglovchi va kuzatuvchi 
bо‘ldilarmi yoki о‘qituvchi ularni ayrim masalalarni hal qilishga jalb etdimi? 
7. О‘quvchilarni mustaqil ishi. О‘quvchilar ishini tashkil qilishning qanday 
shakllari qо‘llandi? О‘quvchilar qanday xatolarga yо‘l qо‘ydilar, bular tipik 
xatolarmi? О‘qituvchi о‘quvchilarning xatolariga qanday munosabatda bо‘ldi? 
Qanday joriy yо‘riqnomasi о‘tkazildi? Ular oldindan rejalashtirilganmi? Joriy 
yо‘riqnomasi о‘z vaqtida о‘tkazildi, deyish mumkinmi? О‘quvchilar jismoniy 
ishdan dam olishlari uchun tanaffuslar rejalashtirilganmi, bu tanaffuslardan 
о‘qituvchi qanday foydalandi? О‘quvchilar, mehnat topshirig‘ini bajarish bilan 
bog‘liq ba’zi masalalarni mustaqil hal qilishlariga tо‘g‘ri keldimi, ular bu ishni 
bajara oldilarmi? О‘qituvchi umuman sinfning va alohida har bir о‘quvchining 
faoliyati ustidan nazoratni ta’minladimi? О‘qituvchi kuchli о‘quvchilar uchun 
qо‘shimcha topshiriqlarni nazarda tutdimi? О‘quvchilarda о‘z-о‘zini nazorat 
qilish malakalarini shakllantirishga yetarlicha e’tibor berildimi? 
8. Yakunlovchi yо‘riqnoma. Bu yо‘riqnomaga qancha vaqt ketdi, u nima 
haqida bо‘ldi? Mashg‘ulot qanchalik chuqur va tо‘liq yakunlandi? Tipik xatolar, 
yaxshi va kо‘ngildagidek chiqmagan buyumlar kо‘rsatildimi? 
9. Ish о‘rinlarini yig‘ishtirish. Ish о‘rinlarini yig‘ishtirish qancha vaqt oldi? 
О‘quvchilar yig‘ishtirish uchun barcha zarur narsalar bilan taminlandimi? Ish 
о‘rinlarini yig‘ishtirishning sifati kim tomonidan va qanday tekshirildi? Ish 
о‘rnining ozodaligi uchun musobaqa о‘tkazildimi? Bu musobaqada sinf faollari 
qanday rol о‘ynaydi? 
10. Umumiy xulosa. Dars qanday elementlardan tashkil topdi? Dars tipi. 
О‘qituvchi kо‘zlagan maqsadga erishdimi? 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin