380
1. Talabalar amaliyot boshlanadigan birinchi kunida pedagogika oliy о‘quv
yurtida,
pedagogik
amaliyotga
bag‘ishlab о‘tkaliladigan konferensiyada
qatnashadilar. Konferensiyada talabalarni mutaxassisliklariga
qarab guruhlarga
bо‘linadi va pedagogik amaliyot о‘taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan
tanishadilar. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, dasturi va uning
mazmuni, biriktirilgan metodist о‘qituvchilar bilan tanishadilar.
2. Talabalar biriktirilgan о‘quv muassasasiga boradilar, manzil bilan yaqindan
tanishadilar. Maktab rahbarii bilan suxbatlashib, uning tarixi va an’analarini, о‘quv
moddiy bazasi va uning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish talabiga javob
berishini, о‘quvchilar kontengentini о‘rganadilar.
3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi,
ilmiy pedagogik ishlari,
maktabdagi о‘quv, metodik ishlar bilan tanishadilar. Ilg‘or pedagogik tajribalar
о‘rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadilar. Har bir amaliyotchi talaba
amaliyotni о‘tash davrida ma’lum sinfga biriktirib qо‘yiladi, u shu sinf
о‘quvchilariga mehnat ta’limidan uchta yо‘nalish bо‘yicha dars beradilar.
1.Texnologiya va dizayn.
2.Servis xizmati.
3.Qishloq xо‘jaligi asoslari.
4. Amaliyotning
birinchi haftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining
moddiy bazasi, hamda о‘quvchilar bilan tanishishga bag‘ishlanadi. Bu davrda
amaliyotchi talabalar о‘zlari biriktirilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf
rahbari о‘tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi
talabalar
haftaning oxiriga borib, har bir о‘quvchi haqida uning о‘zlashtirishi,
intizomi, о‘qishga, jamoat ishiga munosabati tо‘g‘risida aniq tasavvurga ega
bо‘lishi zarur.
5. Talabalar о‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim tarbiyaviy
ishlar, guruh murabbiylari va fan о‘qituvchisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat
ta’limi xonalarining yо‘nalishlar bо‘yicha jihozlanganligi bilan tanishadilar.
Bundan tashqari amaliyotchi fan о‘qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi
dars
rejalarining tuzilishi, ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi
381
maqsadlarining qо‘yilishini о‘rganadilar. О‘quvchilarning fan yuzasidan bilim
darajalarini о‘rganib davlat ta’lim standart talablariga tо‘g‘ri
kelishini tahlil
qiladilar. Fan о‘qituvchisining darslarda kо‘rgazmali qurollardan foydalanishi va
ularning natijalarini о‘rganadilar.
6. О‘qituvchi bо‘lib ishlash mobaynida talaba faqatgina mehnat ta’limi
darslariga kiribgina qolmay chizmachilik, rasm kabi turdosh fanlardan darslarga
kirib, tahlil qiladilar. Ularning mehnat ta’limiga bog‘liq tomonlarini о‘rganadilar.
Mehnat ta’limining barcha yо‘nalishlarini, ya’ni
texnik va maishiy xizmat
kо‘rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini о‘rganadilar.
7. Amaliyot davrida talabalar о‘zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish
rejasiga asosan bayram tadbirlarini о‘tkazadilar. Bunda talaba о‘zining ijodiy
faoliyatidan kelib chiqqan holda «Balli qizlar», «Navrо‘z taomlarini tayyorlash»
mavzusida tadbirlar о‘tkazishi mumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi,
о‘quvchilarni tayyorlantiradi.
8. Maktabda tashkil qilingan tо‘garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar.
Tо‘garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini tahlil qiladilar.
Navbatdagi tо‘garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini о‘tadilar.
9. Yо‘nalishlar bо‘yicha 8-9sinflarda «Ishlab chiqarish asoslari», «Kasbga
yо‘naltirish»
darslarini tahlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik kо‘rib
avval sinov darslarini sо‘ngra esa namunali darslarga kо‘rgazmali qurollar
tayyorlash va о‘tish.
10. Sinf rahbari bilan birga ota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yig‘ilashlar
о‘tkazishni о‘rganadilar. Tarbiyasi og‘ir balgan о‘qivchilarning oilaviy sharoitlari
bilan tanishib, ularni tо‘g‘ri yо‘lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.
11. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bо‘lgan xujjatlarni yig‘ish
va pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik
kо‘rish. Xisobot topshirish.
Dostları ilə paylaş: