63
texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi,
sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini;
-
о‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli,
raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini о‘rgatish, ish boshqaruv
(menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va
rivojlantirib borish;
-
о‘quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga
nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalash;
-
xalq hunarmandchiligi kasblarini о‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini,
yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy
yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini о‘rgatish, ulardan о‘z amaliy
faoliyatlarida foydalanish kо‘nikmalarini mustahkamlash;
-
yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika va
jihozlarning qо‘llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon
tajribalariga mos holda о‘rganishlarini ta’minlash;
-
turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qо‘llaniladigan asbob-uskunalar,
jihozlar, moslamalardan foydalanishni о‘rgatish;
-
о‘quvchilarda umummehnat kо‘nikma va malakalarini shakllantirish,
ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga kо‘ra, kasb-hunar turlarini
tanlashga asos bо‘ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va
rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: