Qon sporalilar (Haemosporidia) kenja turkumi vakillari odam va issiq qonli
hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi. Bu kenja
turkumga 100 ga yaqin tur kiradi.
Qon sporalilar eymеriyasimоnlаr singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar
bo„lsada, lekin ularning hayot sikli bir necha xo„jayinda o„tadi. Masalan, bu kenja
turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak
plazmodiysining rivojlanishi ikkita xo„jayinda o„tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makro-
va mikrogametotsitlar odam qizil qon tanachalarida yetishadi. Bezgak chivinida
(Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Eymеriyasimоnlаrdan farq qilib, bezgak
plazmodiylarning hayot sikli xo„jayinlar (chivin va odam) organizmida o„tadi, tashqi
muhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar
plazmodium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham ma'lum bo„lgan. U vaqtlarda bu
kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yo„llari aniqlanmagan. Lekin,
shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilishgan, shuning
uchun ham "botqoq isitmasi" deb atalgan.
Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasyev va
1880-yilda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivinlar
yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi aniqlashgan.
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi:
1.
Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo„zg„atuvchisi, ya'ni isitma har 48
soatdan keyin qaytarilib turadi.
2.
Plasmodium malariae - to„rt kunlik bezgak qo„zg„atuvchisi, ya'ni isitma har 72
soatdan keyin qaytarilib turadi.
3.
Plasmodium falcipharum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko„pincha
juda og„ir o„tadigan tropik bezgak qo„zg„atuvchisidir.
4.
Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo„zg„atuvchisi, ya'ni isitma har 48
soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo„zg„atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va
Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar hamdo„stligi mam-lakatlarida bu
kasallikning qo„zg„atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida uchragan.
Uch kunlik bezgak plazmodiumi(Plasmodium vivax)ning rivojlanishi quyidagicha
ketadi (8-rasm). Bu parazitning qo„zg„atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam
qonini so„rganida, chivin so„lagida bo„lgan sporozoitlar odam qoniga o„tadi, qon orqali
esa jigar va taloq to„qimalariga kelib, ko„paya boshlaydi, ya'ni yadrolari bir nechtaga
bo„linadi, so„ngra yadro soniga qarab, sitoplazma ham o„shanchaga ajraladi va
parazitning navbatdagi avlodi-merozoitlar paydo bo„ladi. Keyinchalik, merozoitlar qizil
qon tanachalariga kirib, gemoglobin plazmasi bilan oziqlanadi. Parazitning eritrotsitlar
gemoglobini hisobiga oziqlanib o„sadigan davriga trofozoitlar deyiladi.
Eritrotsitlarda rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining
markazida vakuola bo„lganligi uchun uzuk shaklida ko„rinadi. Keyinchalik vakuola
yo„qoladi va parazit amyobasimon shakliga kiradi.
Trofozoitlardan bo„linib ko„payuvchi shizontlar hosil bo„ladi. Eritrotsitlardagi bir
shizont yadrosi bir necha marta bo„linadi va 12-24 ta merozoitlar yetiladi. So„ngra bu
merozoitlar eritrotsitning qobig„ini yemirib, qon plazmasiga o„tadi. Bu hodisa merozoit
eritrotsitga kirgandan 48 soat o„tgach sodir bo„ladi va xuddi shu paytda odamni bezgak
tutadi. Sababi qon plazmasiga minglab merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli
moddalar ham chiqadi va qonni zaharlaydi. Qon plazmasidagi merozoitlar yana
qaytadan sog„lom eritrotsitlarga kirib, jinssiz rivojlanishni yangidan boshlaydi. Bir
necha bor shizogoniya usulda ko„payish qaytarilgach, bemor qonida jinsiy individlar
gametotsitlar hosil bo„ladi, ya'ni eritrotsitlar ichidagi merozoitlardan urg„ochi
makrogametotsitlar va erkak mikrogametotsitlar paydo bo„ladi.
Gametotsitlarning keyingi rivojlanishi anofeles chivinining medasida kechadi.
Anofeles odamning qonini so„rganda gametotsitlar chivinga o„tadi. Chivinning ichida
mikrogametotsitlarning rivojlanishi natijasida 4-8 ta xivchinli 5-6 ta mikrogametalar
hosil bo„ladi. Makrogametotsitlarning yadrosi ham kattalashib, makrogametalarga
aylanadi. Mazkur makro va mikrogametalar qo„shilib, zigota hosil qiladi. Zigota
harakatchan bo„lib, u ookineta deb ataladi.
Ookineta chivin oshqozoni devorini teshib kirib, elastik po„stga o„raladi va
ootsistaga aylanadi. Ootsista o„sib, yadrosi bir necha marta bo„linadi, har bir yadro
bo„lagini sitoplazma o„rab oladi va natijada minglab juda mayda duksimon sporozoitlar
hosil bo„ladi. So„ngra ootsistalar pardasi yoriladi va ichidagi sporozoitlar (10000
tagacha) chivinning tana bo„shlig„iga tushib, gemolimfa suyuqligi orqali barcha
organlariga tarqaladi. Ular chivinning so„lak bezida ko„plab to„planadi. Mana shunday
chivinlar odamni chaqqanida chivin so„lagi bilan birga sporozoitlar ham odam qoniga
o„tadi. Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shaklga ega bo„lib, uzunligi 10-15 mikronga
teng.
8-rasm. Bezgak parazitining rivojlanish sikli sxemasi: 1-bezgak chivini so„lak bezidan odam
qoniga chiqayotgan sporozoitlar; 2,3-sporozoitlarning jigar hujayralarida ko„payishi; 4-shizogoniya
yo„li bilan sporozoitlardan merozoitlarning hosil bo„lishi; 5-11-eritrotsitlarda shizogoniya yo„li bilan
merozoitlarning ko„payishi; 12,13-makrogametotsitning yetilishi; 14,15-mikrogametotsit-larning
yetilishi;16,17-makrogameta va mikrogametalar hosil bo„lishi va ularning qo„shilishi;18-zigota -
ookinetalarining chivin ichagi hujayralariga kirishi; 19, 20-sporozoitlar hosil bo„lishi va chivin tana
bo„shlig„iga chiqishi; 21-sporozoitlarning chivin so„lak beziga o„tishi; 22-26-parazitning odam
hujayralarida rivojlanishi.
Bezgak yer yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan
odamda kuchli anemiya (kamqonlik) kuzatiladi. 1 mm
3
qondagi eritrotsitlar soni
normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi.
MDH mamlakatlarida bezgak kasalligi XIX asrning oxiri XX asrning birinchi
yarmida Kavkaz, Markaziy Osiyo, Volganing o„rta va quyi oqimida hamda Ukrainada
keng tarqalgan edi. 1935-yilning o„zida mazkur hududlarda 9 mln. kishi bezgak bilan
kasallanganligi ma'lum. Bu davrda odamlarning bezgak bilan kasallanishi, ayniqsa,
Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropadagi juda ko„plab mamlakatlarda keng
tarqalgan edi. 1930-yillarda faqatgina Hindistonning o„zida har yili 100 mln. dan ortiq
kishi bezgak bilan kasallangan.
Bezgak kasalligining qo„zg„atuvchisini o„rganish va unga qarshi kurash
choralarini ishlab chiqishda rus olimlaridan I.I. Mechnikov, V.M. Afanasyev, V.Ya.
Danilevskiy, Ye. Marsinovskiy, V.N. Beklemishev, D.D. Romanovskiy va S.M. Isayev,
fransuz olimi Sh.L.A. Laveron, ingliz olimi R.D. Ross, P. Gariyem, italiyalik olim D.B.
Grassi, Bastenelli va boshqalarning xizmatlari katta bo„lgan.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O„zbekistonda ham bezgakka qarshi ishlar olib
borilgan. Birinchidan, bezgak bilan kasallangan odamlarni majburiy yalpi davolash
kurslaridan o„tkazilgan. Ma'lumki, bezgak chivini o„z tuxumlarini ko„lmak suvlarga
qo„yadi. Shuning uchun bezgak chivini ko„payishining oldini olish maqsadida ko„lmak
suvlar va botqoqliklar o„zlashtirilib, quritilgan. Bezgak chivinlari, ularning tuxumlari,
lichinkalari va g„umbaklari turli usullar bilan qirib tashlangan. Oxirgi yillarda bezgak
chivinlariga qarshi biologik kurash choralarini qo„llashga alohida e'tibor berilmoqda.
Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkalarini yo„qotish uchun hovuz va
ko„llarda tirik tug„ar gambuziya balig„i ko„paytirilmoqda. Bu tadbirlarni o„tkazish
natijasida 1960 yildan boshlab MDH mamlakatlarida, shu jumladan O„zbekistonda
bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin odamlarning bezgak bilan kasallanishi
Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Afrika mamlakatlarida hozirgi kunda
ham keng tarqalgan. Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda,
oxirgi vaqtlarda har yili yer shari aholisining 5-6 mln. ni bezgak kasalligi tufayli
olamdan ko„z yummoqda. Shulardan 1 mln. dan ortiqrog„i 4-5 yoshgacha bo„lgan
bolalarga to„g„ri keladi. Hozirgi vaqtda Anofeles avlodiga kiradigan chivinlarning 400
dan ortiq turlari mavjud bo„lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligi
qo„zg„atuvchilarini tashuvchilari hisoblanadi.
O„zbekitonda bezgak chivinlarining 8 ta turi aniqlangan bo„lib, shulardan asosan
Anopheles sacharovi, An. superictus va An. pulcherrimus turlari bezgak kasaligini
tarqatuvchilaridir. Olimlarimizning ma‟lumotlariga qaraganda bezgak paraziti
Respublikamizda asosan, Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida
hamda Farg„ona vodiysida odamlar orasida kam bo„lsada uchrab turadi.
Respublikamizda bezgak kasalligi ayniqsa, Tojikiston bilan chegaradosh bo„lgan
Surxandaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida odamlarda tez-tez uchrab
turadi. Bezgak kasalligi Respublikamizga asosan Tojikiston va Afg„oniston orqali kirib
kelish xavfi katta. Bezgakning kasallik manbai bemor va bezgak chivini hisoblanadi.
Bezgak kasalligini qo„zg„atuvchisi odam organizmida 10-14 kun (ba‟zan, bir yil va
undanda ko„proq) bo„lib, kasallik belgilarini qo„zg„atmasligi mumkin (inkubatsion yoki
yashirin davri).
Kasallik to„satdan boshlanadi, bemorni isitma tutadi, junjiydi, qaltiraydi, keyin
qaltirash bosilib, harorat ko„tariladi (40-41
0
C), bemor qizarib ketadi, nafas olishi
qiyinlashadi, halloslaydi va boshi qattiq og„riydi. Isitma bir necha soat tutadi. So„ngra
harorat tez pasayib, bir maromga tushadi. Shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga o„zini
sog„lom his qiladi. Keyin yana isitma tutadi.
Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, bezgak plazmodiylarini topish
mumkin. Bezgak tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalarini parchalashi sababli
bemor kamqon bo„lib qoladi, talog„i va jigari kattalashadi, oq qon tanachalari ancha
kamayadi. Bezgak davolanmay, kasallik uzoq dovom etganda bemorning tinkasi qurib,
mehnat qobilyati susayadi, bolalar o„sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Odamlarni
chivin chaqishidan saqlash uchun badanga chivinga qarshi kremlarni surish, yozda
pashshaxonalardan foydalanish lozim. Kasallangan bemorlar esa delagin, primaxin,
xinin kabi preparatlar bilan davolanadi. Gambuziya balig„idan foydalaniladi. Suvda
bezgak chivinlarining tuxumi, lichinkasi va g„umbaklarini yo„qotish uchun deltafos,
fyuri, baeteks, nureel-D va boshqa insektitsidlar ishlatiladi.
Piroplazmidalar (Piroplasmida) kenja turkumi vakillari sutemizuvchilarning
qonida parazitlik qiladi. Bu kenja turkum vakillarining rivojlanishi ham 2 ta xo„jayinda,
ya'ni asosiy xo„jayinlari qon so„ruvchi yaylov kanalari va oraliq xo„jayinlari-turli uy va
yovvoyi sutemizuvchilarda o„tadi. Bu kenja turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. 3 ta oilasi
bor: 1. Babezidlar (Babesidae) oilasi. 2. Teyleridlar (Theileridae) oilasi. 3.
Pirоplаzmidаlаr (Piroplasmidae) oilasi.
Qoramol babeziyasi babeziidlar(Babesiidae) oilasiga kiradi. Shakli yakka va
juft noksimon, tuxumsimon, halqasimon va amyobasimon. Noksimon shakllari asosan
hayvonlarning eritrositlarida juft-juft bo„lib joylashib parazitlik qiladi. Kattaligi 1,5-2,4
mkm (9-rasm).
12-rasm. Babezidlar (Babesiidae)oilasi vakillarining eritrositar shakllari:
A-Babesia bigemina; B-Babesia bovis; V-Babesia divergens; G-Babesia sp.
Babeziyalarning asosiy xo„jayinlari yaylov kanalari va oraliq xo„jayinlari turli uy
hayvonlari hisoblanadi. Babezioz qo„zg„atuvchilarini Ixodes ricinus, Boophilus bovis,
Rhipicephalus avlodi turlari va boshqa tur yaylov kanalari tarqatadi. Bu kanalarning
urg„ochilari kasallangan mollardan qon so„rganda, kasallik qo„zg„atuvchilarini o„zlariga
yuqtiradi. Kasallik qo„zg„atuvchilari voyaga yetgan kanalardan ularning keyingi
avlodiga, ya‟ni tuxumlariga ham o„tadi. Kanalar barcha rivojlanish davrlarida, ya‟ni
lichinkalik, nimfa va imago davrlarida ham kasallik qo„zg„atuvchilarini mollarga
o„tkazishi mumkin. Lekin asosiy kasallik qo„zg„atuvchilarini yuqtiradigani-voyaga
yetgan kanalar hisoblanadi. Kanalar bir yilda bir marta generasiya beradi. Qoramollar
eritrositi babeziya bilan 7-15 % zararlanadi.
Qoramollar babezioz bilan asosan bahor va yoz oylarida, ya‟ni may-iyul oylarida
kasallanadi. Kasallangan hayvonlarning harorati 40-42
0
C gacha ko„tariladi, ular
holsizlanadi, birinchi 2 kunda suti 40-60 % ga kamayadi, keyinchalik esa 80 % gacha
kamayadi. Qoramollarning siydigi qizg„ish va to„q qizil rangda bo„ladi. Hayvonlarning
ishtahasi pasayadi, kavsh qaytarmay qo„yadi, ichi ketadi, eritrositlari soni 1 mm kubda 2
mln gacha va gemoglobini 30 % gacha kamayadi. Natijada, qoramollar kasallangandan
4-8 kun o„tgandan keyin o„ladi. Ba‟zan esa kasallangan mollar to„satdan talog„i yorilib
ketib, 3-4 kunda o„ladi.
Babeziyalar eritrositlarda oddiy ikkiga bo„linib yoki kurtaklanib ko„payadi.
Babezioz bilan qoramollardan tashqari qo„y, ot, tuya, cho„chqa va itlar ham kasallanadi.
Mayda shoxli mollarda, jumladan, qo„ylarda - Babezia ovis turi parazitlik qiladi. Bu
parazitning tarqatuvchisi Rhipicephalus avlodiga kiruvchi kanalar hisoblanadi.
Teyleridalar (Theileriidae) oilasining vakillaridan – Theileria annulata dastlab
qoramollarning limfa hujayralarida, keyinchalik esa eritrositlarida parazitlik qiladi va
teylerioz kasalligini qo„zg„atadi. Teylerioz uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchi
hayvonlarning obligat transmissiv kasalligi hisoblanadi va chorvachilik xo„jaliklariga
katta zarar yetkazadi.
Teylerioz ham eng xavfli, o„limga olib keladigan kasalliklardan hisoblanadi.
Kasallangan hayvonlarning 40-80 % o„ladi. Bu kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda, shu
jumladan, O„zbekistonda ham chorva mollariga, birinchi navbatda, qoramollarga katta
zarar yetkazadi. Teyleriya ko„pga bo„linib, ya‟ni shizogoniya usulida ko„payadi, natijada
shizontlar-anor donachalari hosil bo„ladi.
Eritrositlar ichida teylerioz qo„zg„atuvchisining shakli har xil, ya‟ni
tayoqchasimon, halqasimon, oval, yumaloq, noksimon, vergulsimon, nuqtasimon (anor
doniga o„xshash) bo„ladi. Har bir eritrosit ichida 1 tadan 7 tagacha parazit bo„ladi (10-
pasm).
Teyleriyalar xo„jayin almashinish bilan rivojlanib, kanalar organizmida ko„plab
bo„linish (gametogoniya) yo„li bilan ko„payadi.
Teyleriya kanalardan issiq qonli hayvonlar organizmiga tushganda, dastlab limfa
tizimida shizogoniya yo„li bilan ko„payadi, anor donachalarini hosil qiladi, keyin esa
eritrositlarga o„tib oladi. Kasallik qo„zg„atuvchisini asosan voyaga yetgan yaylov
kanalari tarqatadi. Tabiiy muhitda eng ko„p kasallangan hayvonlar asosan iyun, iyul va
avgust oylariga to„g„ri keladi. Yosh mollarda teylerioz og„ir kechadi.
Qoramollar teylerioz bilan ko„proq molxonalarda kasallanadi. Kasallangan
qoramollarda inkubatsiya davri 6-25 kunga, odatda, 9-12 kunga to„g„ri keladi.
Kasallangan hayvonlarda daslab limfa yo„llari kattalashadi va harorat ko„tarila
boshlaydi, ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi kamaya boshlaydi. Qon aralash ichi ketadi.
Siydik ajralishi qiyinlashadi.
10-rasm. Teyleriya (Theileria annulata)ning rivojlanish sikli:1-sporozoitlar; 2-3-4 limfositlarda
rivojlanayotgan ko„p yadroli davri; 5-gametositar shakli; 6-7-eritrositar shakli; 8-9-10-11-12-13-kana
ichak bo„shlig„ida ko„payishi; 14-kana so„lak bezlarida ko„pga bo„linib ko„payishi (sporontlar); 15-
sporozoitlar.
MDH da, shu jumladan O„zbekistonda teyleriyalarning 7 ta turi uchraydi. Eng
xavflisi Theileria annulata hisoblanadi. Bu parazit Markaziy Osiyo Respublikalarida
ko„p uchraydi. Tarqatuvchisi Hyalomma avlodiga mansub kanalar hisoblanadi.
Kаsаllаngаn hаyvоnlаrni ulаrdаn qоn surtmаsi tаyyorlаb, mikrоskоp оstidа ko„rish
оrqаli аniqlаnаdi.
Pirоplаzmidаlаr (Piroplasmidae) oilasi. Kаsаllаngаn hаyvоnlаr eritrоsitlаridа
оvаlsimоn, аmyobаsimоn, hаlqаsimоn vа juft nоksimоn shаkldаgi pirоplаzmаlаr
uchrаydi. Pаrаzitlаr eritrоsitlаrning mаrkаzidа jоylаshgаn. Nоksimоn shаkldаgilаri yirik
bo„lib eritrоsitlаrni to„liq qоplаb оlgаn bo„lаdi.
Pirоplаzmidalаr oilasi vakillarining kаttаligi 2,2 mkm dаn 4,5 mkm gаchа,
nоksimоnlаri esа 6 mkm gаchа bоrаdi (11-rаsm).
11-rasm. Qoramol eritrositlarida uchraydigan piroplazma (Piroplasma bigeminum)ning turli
shakllari (eritrositlarda parazitning ikkiga bo„linib ko„payishi ko„rinib turibdi).
Pirоplаzmаlаr qоrаmоllаr оrgаnizmidа to„g„ridаn-to„g„ri ikkigа bo„linib, 2 tа qiz
hujаyrаlаrni hоsil qilаdi. Yaylоv kаnаlаri kаsаllаngаn qоrаmоllаrni qоnini so„rgаndа,
pаrаzit qоn оrqаli kаnаlаr ichаgigа tushаdi vа shizоgоniya usulidа ko„pаyadi.
Kеyinchаlik pаrаzitlаr kаnаlаrning gеmоlimfаsigа vа gеmоlimfа оrqаli urg„оchi
kаnаlаrning jinsiy оrgаnlаrigа bоrаdi. Kаnаlаr ko„pаya bоshlаgаndа pаrаzit kаnаlаr
tuхumi оrqаli kеlgusi аvlоdigа hаm o„tаdi. Kаnаlаr tuхumidаn bаhоrdа pirоplаzmа
bilаn kаsаllаngаn lichinkаlаr chiqib qоrаmоllаrgа hujum qilаdi vа ulаrni kаsаllаntirаdi.
O„zbеkistоndа qоrаmоllаrgа pirоplаzmоzni аsоsаn bir хo„jаyinli kаnаlаrdаn-
Boophilus calcaratus vа Ripicephalus bursa yuqtirаdi. Qоrаmоllаr pirоplаzmоz bilаn
аsоsаn tаbiiy shаrоitdа kаnаlаr ko„p bo„lgаn yaylоvlаrdа zаrаrlаnаdi. Shuningdеk,
pirоplаzmаlаrdаn-Piroplasma caballi оtlаrdа, Piroplasma ovis mаydа shохli mоllаrdа
pаrаzitlik qilаdi.
Shunday qilib, babezid, teylerid va pirоplаzmidlarning barcha vakillari
eritrotsitlarda parazitlik qilib, qoramollar, qo„y va echkilar, otlar, tuyalar, cho„chqalar
va itlarga katta zarar yetkazadi. Kasallangan hayvon qonini so„rgan kana parazitni
o„ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy gametalar yetilib, ular o„zaro qo„shiladi va
zigota-ookineta hosil bo„ladi. Ookineta kana tuxumdoniga va tuxumdonda
rivojlanayotgan tuxumlarga o„tib sporosistaga aylanadi. Sporotsista ichida esa
sporozoitlar rivojlanadi. Sporozoitlar kanalarning so„lak bezlarida ham to„planadi.
Bunday kanalar sog„lom hayvonlarga yopishib ularning qonini so„rganda sporozoitlar
kana so„lagidan mahsuldor hayvonlar qoniga o„tadi.
Bu kasalliklar chorvachilikka katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Kasallangan
mollarning 40-50 % nobud bo„ladi. Piroplazmidalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga
qarshi kurashish uchun uning tarqatuvchisi - yaylov kanalarini qirib, kasallangan
mollarni davolash lozim.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Аpikomplekslar tipiga xos xususiyatlarni ko„rsating?
2. Koksidiyalar va bezgak parazitlarining umumiy tavsifi va qo„zg„atadigan
kasalliklarini tushuntiring?
3. Koksidiyalar va bezgak parazitlarini rivojlanishini bayon qiling.
4. Piroplazmidalar kenja turkumi vakillari sutemizuvchilarning qaysi organlarida
parazitlik qiladi va qanday kasalliklarni qo„zg„atadi?
2-sаvоl
bo„yichа
dаrs
mаqsаdi:
Talabalarga
Miksosporidiyalar
va
Mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi parazitlar vakillarining tuzilishi, biologik
xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari haqida
ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Miksosporidiyalar va Mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi parazitlar
vakillarining tuzilishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni oldini
olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Miksosporidiyalar (Myxozoa) yoki Knidosporidiyalar (Cnidosporidia) tipi
yaqin-yaqinga qadar sporalilar tipi bilan qo„shib o„rganilar edi. Lekin ularning tuzilishi
va rivojlanish sikli har tomonlama chuqur o„rganilgach, morfologik va fiziologik
jihatdan sporalilardan farq qilishini hisobga olib, miksosporidiyalarni mustaqil tip
darajasiga ko„tarishga imkon yaratildi.
Umurtqasiz hayvonlar va tuban umurtqalilar (asosan, halqali chuvalchanglar,
baliqlar, ba'zan sudralib yuravchilar) tana bo„shlig„i, to„qimalari va hujayralarida
parazitlik qiladi. Hayot sikli parazitlik qiluvchi vegetativ (trofont) va tarqalish uchun
xizmat qiluvchi sporali davrlarni o„z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi davri ikki tipdagi
(vegetativ va generativ) hujayralardan iborat. Miksosporidiyalar, asosan jinssiz
ko„payadi. Generativ hujayralardan reduksion (meyoz) bo„linish natijasida juda ko„p
sporalar hosil bo„ladi. Sporalarda spiral o„ralgan otiluvchi ipchasi, kapsula va
amyobasimon, ko„pincha ikki yadroli murtagi (sporozoiti) bo„ladi. Sporalar xo„jayin
organizmiga tushib qolganida otiluvchi iplar kapsuladan otilib chiqib, sporani ichak
devoriga
yopishib
olishiga
yordam
beradi.
Shuni
ham
aytish
kerak-ki,
miksosporidiyalarning ko„payishi va tarqalishi uchun xizmat qiladigan kapsulali
sporalari deyarli hamma vaqt yetishib turishi bu tip vakillari uchun juda xarakterlidir
(ma'lumki, sporalilar sinfining vakillarida sporalar ularning oxirgi rivojlanish davrida
yetishar edi).
Miksosporidiyalar tipiga 1000 dan ortiq tur kirib, 2 ta sinfga bo„linadi: 1. Akti-
nomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi. 2. Miksosporalilar yoki
shilimshiq sporalilar (Myxosporea) sinfi.
Dostları ilə paylaş: |