Xivchinlilar (Mastigophora) kenja tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Xivchinlilar
tabiatda juda keng tarqalgan, ular har xil muhitda hayot kechiradi va xilma-xil tuzilishga
ega bo„lgan bir hujayrali hayvonlardir. Hamma xivchinlilarning harakat organoidlari
bitta yoki bir nechta xivchinlar hisoblanadi. Xivchinlar sitoplazmadan hosil bo„lgan
qilga o„xshash ingichka o„simtalardan iborat. Xivchinlilar sitoplazmasi ham birmuncha
quyuq gomogen ektoplazma va donador suyuqroq endoplazmaga ajraladi.
Ektoplazmaning sirtqi qavati qattiq va elastik qobiq - pellikulani hosil qiladi. Ko„pchilik
xivchinlilar tanasi doimiy shaklga ega bo„lishi bilan sarkodalilardan farq qiladi. Shu
bilan birga ayrim xivchinlilar tanasida qattiq qobiq bo„lmaydi va ular sarkodalilarga xos
bo„lgan psevdopodiylar hosil qilish xususiyatiga ega.
Ko„pchilik turlari dengizda yashaydi va planktonning asosiy qismini tashkil etadi.
Chuchuk suv havzalarida ham xivchinlilar keng tarqalgan. Suv havzalarida
xivchinlilarning turlari va ularning massasi suvning organik chiqindilar bilan
ifloslanishiga bog„liq bo„ladi.
Xivchinlilar orasida ko„p turlari har xil hayvonlar va odamning ichagi, qoni, terisi
va jinsiy bezlar yo„lida parazitlik qiladi.
Oziqlanish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga binoan xivchinlilar kenja tipi
2 ta sinfga bo„linadi: o„simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon
xivchinlilar (Zoomastigina).
O„simliksimоn хivchinlilаr (Phytomastigina) sinfi vakillari hujаyrаsidа yashil
rаng bеruvchi хrоmаtоfоrаlаr bo„lаdi. Hаmmа yashil хivchinlilаr yashil o„simliklаr
singаri yorug„dа kаrbоnаt аngidrid gаzi, suv vа bоshqа minеrаl mоddаlаrdаn оrgаnik
mоddаlаr sintеzlаydi, ya‟ni fоtоsintеz оrqаli аvtоtrоf оziqlаnаdi. Ulаr fоtоsintеz
jаrаyonidа krахmаl yoki ungа o„хshаsh mоddа pаrаmilа sintеzlаydi. O„simliksimоn
хivchinlilаr tuzilishigа ko„rа bir hujаyrаli suvo„tlаriga o„xshaydi.
O„simliksimоn хivchinlilаrga yashil evglеnа, vоlvоks va boshqa turlar kirib, ular
erkin holda yashaydi.
Hаyvоnsimоn хivchinlilаr (Zoomastigina) sinfi vakillari asosan yakkа holda
yashaydi. Ulаr bаrchа hаyvоnlаr singаri gеtеrоtrоf оziqlаnаdi. Hаyvоnsimоn
хivchinlilаr sinfi оrаsidа chuchuk suv hаvzаlаridа erkin hаyot kеchirаdigаn turlari bilan
bir qatorda оdаm vа hаyvоnlаr оrgаnizmidа pаrаzitlik qilаdigаn turlаri ham bоr.
Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin holda
yashaydi. Ko„pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning
tripanosomalar (Trypanosoma) urug„iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvonlar
qonida, orqa miya suyuqligi va boshqa organlarida parazitlik qilib, og„ir kasalliklarni
keltirib chiqaradi.
Tripanosomalarning tasmaga o„xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldingi
tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo„naladi. Xivchin
yupqa to„lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi
(kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan.
Odamlarda parazitlik qiladigan tripanosomalarning quyidagi turlari ancha yaxshi
o„rganilgan:
1)
. Afrika uyqu kasalligining qo„zg„atuvchisi - Trypanosoma gambiense;
2)
. Chagas kasalligining qo„zg„atuvchisi - Trypanosoma cruzi;
3). Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan – Trypanosoma
rhodesiense va boshqalar.
Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan juda og„ir "uyqu kasalligi" deb
atalgan xastalikni qo„zg„atuvchisi hisoblanadi (2-rasm).
2-rasm. Tripanosomalar: Tripanosoma rhodesiense(a)ning rivojlanish sikli: 1-se-se pashshasi
(Glossina morsitans)-rodeziya uyqu kasalligi qo„zg„tuvchisining tashuvchisi, 2-tashuvchi orga-
nizmidagi tripanosomalar, 3-tripanosoma rezervuar xo„jayini-antilopa. Tripanosoma gambiense-
(b)ning rivojlanish sikli: 1-se-se pashshasi (Glossina palpalis)-gambienze uyqu kasalligi
qo„zg„tuvchisining tashuvchisi, 3-tashuvchi organizmidagi tripanosomalar, 3-tripanosoma rezervuar
xo„jayini-cho„chqa. Xo„jayin organizmidagi tripanosomaning tuzilishi (v): 1-xivchini, 2-yadrosi,
3-blefaroplast, 4-parabazal tanacha, 5-to„lqinlanuvchi membrana, 6-eritrositlar.
XX asrning birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halok
bo„lgan. Kasallik tana haroratining ko„tarilishi bilan boshlanadi, so„ngra asta-sekinlik
bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish
va aksincha, uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o„z vaqtida davolanmasa,
o„limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga,
keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o„tadi.
Trypanosoma gambienseni antilopalar qonida ko„plab uchratish mumkin. Bu
hayvonni kasallikka chidamli bo„lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalarni o„zlarida
saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin.
Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi,
tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qon
so„ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so„rganda
unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo„yiga bo„linib, jinssiz
ko„payadi. Trypanosoma gambiense shuningdek qoramollarda, cho„chqa, it va yovvoyi
sut emizuvchilarda ham uchraydi. Ushbu tripanosoma 1962-yilda G„arbiy Afrikada
D.Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D.Bryus o„rgangan. Kasallik
odamlarda juda og„ir kechadi va uzoq davom etadi, davolanmagan taqdirda kishilarning
o„limiga sabab bo„ladi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo„zg„atuvchisi -
Trypanosoma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihatdan Afrika uyqu kasalligini
qo„zg„atuvchisidan farq qilmaydi. Lekin, Trypanosoma cruzi, joylashish joyiga qarab,
shakli har xil bo„ladi. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripanosoma xivchinsiz,
intensiv ravishda ko„payib, psevdosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasallik tarqatuvchi
organizmida va sun'iy usulda o„stirilganda xivchinli shaklda bo„ladi.
Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so„radigan Triatoma infestans
qandalasidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun
davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o„ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri
davomida (2 yildan ortiq umr ko„radi) o„zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun
xavfli hisoblanadi.
Odatda, parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yoriqlari, ja-
rohatlar orqali faol yo„l bilan o„tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi uxlab
yotganida hujum qilib lab, ko„z va burunning shilimshiq qatlamlaridan qon so„rib
oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko„pincha tripanosomalar bilan ifloslangan axlatini
chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanosomalar juda osonlik bilan odamga o„tadi.
Ular teri va shilimshiq pardalarning hujayralarida bir-ikki hafta yashab, ko„paya
boshlaydi. So„ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon tomirlarga o„tadi va
butun organizmga tarqaladi. Shu davrda odamning tana harorati ko„tariladi, parazitlar
yurak, nerv, hazm sistemasi va retukulo-endotelial organlarning hujayralariga o„tib, u
yerda yashab qoladi.
Kasallikning belgilariga tana haroratining ko„tarilishi, jigar va taloqning
kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-
ensefalit va miokardit qo„shilishi mumkin. Besh yoshgacha bo„lgan bolalarda chagas
kasalligi juda og„ir o„tib, o„limga olib kelishi mumkin. Ayrim ma'lumotlar bo„yicha 14
% gacha bemorlar ushbu kasallikdan o„ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon
quyish orqali yuqadi (tug„ma ham bo„lishi mumkin). Chagas kasalligi ko„pincha
qishloqlarda ko„p tarqalgandir. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya
qilinmagan xonadonlarda, iflos joylarda triatom qandalalarning lichinkalari bemalol
rivojlanadi.
Tripanosomalarning bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida parazitlik qilib,
og„ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qoramollarda
parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei nagana kasalligini qo„zg„atadi. Nagana
kasalligining tarqatuvchisi so„nalardir.
Trypanosoma evansi - tuya, ot va eshaklar hamda itlarning yopiq organlari - qon
tizimida parazitlik qiluvchi va ularda tripanosomoz yoki xalq tilida "su-auru" kasalligini
qo„zg„atadi. Ushbu tur tripanosoma barcha Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan. Bu
parazitning tarqatuvchisi ham so„nalar hisoblanadi.
Otlarda Trypanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish (qochirish)
kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali
o„tadi. Trypanosoma equiperdum bir xo„jayinli bo„lib, ular otlarning siydik-tanosil
yo„llarida (jinsiy organlarida) yashaydi.
U tabiatda kasallangan hayvonlardan sog„lom hayvonlarga qochirish paytida yoki
otlarning jinsiy organlarining holatini tekshirishda qo„llaniladigan ifloslangan asboblar
orqali tarqaladi.
Tripanosomaning ushbu turi Markaziy Osiyo Respublikalarida, shu jumladan,
O„zbekistonda ham uchraydi.
Yuqorida ko„rsatilganlardan tashqari baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalarda ham
tripanosomalarning ayrim turlari parazitlik qiladi.
Tripanosomalardan-Leptomonas davidi turi Janubiy Amerikada kofe daraxti bargi
to„qimalarida parazitlik qiladi va natijada bunday kasallangan barglarning sarg„ayib
to„kilishiga, ba'zan qurib qolishiga sabab bo„ladi.
Leyshmaniya (Leishmania) urug„ining vakillari ham tripanosomalarga bir-
muncha o„xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisi va ichki organlarida parazitlik
qiladi. Leyshmaniyalar leyshmanioz kasalligini chaqiruvchi ikki xo„jayin ishtirokida
rivojlanuvchi parazit xivchinlilardir. Ular odamlarda, shuningdek itlarda, bo„ri va
chiyabo„rilarda, mushuklarda, kalamush va yumronqoziqlarda uchraydi va ularga qon
so„ruvchi ikki qanotlilardan-iskabtopar (Phlebotomus avlodi) orqali yuqadi.
Umurtqalilar qonida leyshmaniyalarning xivchinsiz 2-6 mikron uzunlikdagi duksimon
shakli uchraydi.
Barcha leyshmaniyalar dermatotrop (terida yashovchi) va vistserotrop (ichki
organlarda yashovchi) guruhlarga bo„linadi. Shunga ko„ra ular odamlarda va boshqa sut
emizuvchilarda teri va ichki leyshmanioz kasalliklarini chaqiradi.
Teri leyshmaniozini qo„zg„atuvchi leyshmaniyalarga Leishmania tropica va L.
major larni misol keltirish mumkin. Har ikkala tur leyshmaniyalar Markaziy Osiyo
davlatlarida tarqalgan. O„zbekistonda esa ularning birinchi turi yo„qotilgan, ikkinchi turi
esa juda kam holatlarda uchrab turadi. Teri leyshmaniozi qo„zg„atuvchilari
O„zbekistonda XX asrning 50-60 - yillarida keng tarqalgan bo„lgan. Ular oqibatida
terida pendin yaralari hosil bo„ladi, yaralar tuzalgach, ularning o„rni abadiy chandiq
bo„lib qoladi. Shu belgiga qarab odamlarning teri leyshmanioziga uchraganini aniqlash
mumkin.
Tabiatda leyshmaniyalarni yovvoyi kemiruvchilarda saqlanib yurishini 1939 yil
akad. Ye.N. Pavlovskiy qoraqumga qilgan ekspeditsiyasida aniqlagan va unga ko„ra
parazitlarni tabiiy o„choqlari to„g„risida ilmiy nazariya yaratgan.
Ular hujayra ichida parazitlik qilganida xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo„ladi.
Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va
kinetoplasti bo„ladi. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi.
Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica') yuz, qo„l va oyoqlar terisida parazitlik
qiladi (3-rasm).
Teri leyshmaniozining qo„zg„atuvchisini rus shifokori P.F. Borovskiy birinchi
marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz
ortida keng tarqalgan.
Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi. Kasallikning bir
yil va undan ortiqroqqa cho„ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va
3-6 oy davom etadigan o„tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi
Markaziy Osiyo xalqlari o„rtasida yomon yara, sharq kuydirgisi yoki pashshaxo„rda
nomi bilan ham ma'lum.
3- rasm. Teri leyshmaniyasi(Lieshmania tropica)ning rivojlanish jarayoni: 1-leysh-maniyaning
leptomonad (xivchinli) shakli; 2-leyshmaniya tashuvchi iskabtopar; 3-kalamush (tabiiy manbasi);
4-zararlangan terining qon hujayralaridagi xivchinsiz leyshmaniyalar; 5-leyshmaniya bilan zararlangan
odam.
Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida
tashuvchilarining tanasida - xivchinsiz hamda sun'iy usulda o„stirilganda xivchinli
ko„rinishda yashaydi.
Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davri deb ataladi. Visseral
leyshmanioz tez-tez yoki ma'lum bir vaqtda, oralab isitma chiqarish bilan davom
etadigan og„ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jihatdan leyshmaniyaning ikkala turi
ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi.
Visseral leyshmaniozning qo„zg„atuvchisi odam tanasida retikulo-endotelial
organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko„mik endoteliy hujayralari sitoplazmasida
parazitlik qilib yashaydi va ko„payadi.
Leyshmaniyalar ko„payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100-200 tagacha
yetadi. Hujayra yemirilgandan keyin ular limfa bilan qonga o„tib, yangi hujayralarga
kirib oladi va ularning yemirilishiga sababchi bo„ladi.
Ichki, ya‟ni visseral leyshmanioz qo„zg„atuvchisi- Leishmania donovanini
Hindistonda 1900-1903 yillarda ingliz olimlari Leyshman va Donovanlar shu
kasallikdan o„lgan odamlarning talog„idan ajratib olib aniqlaganlar, shunga ko„ra
kasallik ularning nomlari bilan yuritiladi. Ichki leyshmanioz qo„zg„atuvchilariga
shuningdek , L. infantum, L. mexicana, L. brazilensis, L. amazoninsi va boshqa turlar
ham kiradi.
Ichki leyshmanioz bilan og„rigan bemor Sobiq Ittifoq hududida birinchi marta
1909-yilda aniqlangan. Keyinchalik Markaziy Osiyo va Kavkazortida bu kasallikning
manbalari topilgan.
Leyshmanioz transmissiv kasallik bo„lib, uni qonso„rar mayda hasharotlar -
Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning
qonini so„rganida leyshmaniyalar hasharotning hazm yo„liga o„tadi. U yerda parazit-
larning oldingi uchidan uzun xivchin o„sib chiqadi, ya'ni sodda hayvon xivchinli
(leptomonad) ko„rinishga o„tadi.
O„ziga leyshmaniozning qo„zg„atuvchisini yuqtirib olgan bu hasharot sog„lom
odamning qonini so„rganida parazitlarni yuqtiradi.
Umuman, leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi g„arbiy
Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. O„zbekistonning janubiy viloyat-larida
ham bu kasallik tarqalgan. Teri leyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi
sutemizuvchilar (qum kalamushlari va yumronqoziqlar) va itlardir, ya'ni bu hayvonlar
leyshmaniyaning rezervuar xo„jayinlari hisoblanadi. Bu hayvonlaming quloqlari, burni
va tanasining iskabtopar chaqa olishi mumkin bo„lgan boshqa joylarida yaralar hosil
bo„ladi. Kemiruvchilarning inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi,
kechga tomon hayvonlarning qonini so„radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi.
Visseral leyshmaniozning asosan 2 ta shakli mavjud: Hind kalaazari hamda O„rta
Yer dengizi visseral leyshmaniozi.
Hind kala-azarida terining rangi qoramtir, ba'zan tim qora bo„ladi. Ayrim olim-
larning fikriga ko„ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi tufayli
kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po„st qismidagi makrofaglarida ham
uchraydi.
O„rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib,
mumsimon bo„lib qoladi. Bemorning jigar va talog„i kattalashib, kamqonlik hamda
leykopeniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi.
Jigari va talog„i shishib, bemor halok bo„lishi mumkin.
Kala-azar qo„zg„atuvchisi Janubiy va Shimoliy Osiyo, Italiya, Turkmanis-tonning
ayrim hududlarida uchraydi.
Professor N.I. Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-flebotomus-
odam ekanligini aniqlagan.
Akademik Ye.N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o„rtasida bo„g„imoyoqlilar
yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb
ataydi.
Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko„proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan
keyin muntazam immunitet hosil bo„ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan
faqat bir marta kasallanadi.
Kasallikni aniqlash uchun to„sh suyagi ko„migi mikroskop ostida qaralib,
hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo„qligi aniqlanadi.
Ko„pxivchinlilar yoki polimastiginalar (Polymastigina) turkumi vakili
lyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov Universitetining professori Lyamble
aniqlagan. Lyambliya (Lamblia intestinalis) hayot siklida vegetativ hamda sista
ko„rinishida uchraydi (4-rasm).
Vegetativ shakli noksimon bo„lib, uzunligi 12-15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha
bo„ladi. Tanasining oldingi tomonida disk bo„lib, ichak epiteliysiga yopishish uchun
xizmat qiladi. Tanasining o„rtasida ikkita tayanch ipi - aksostillar o„tadi. Aksostillar
yordamida parazitning tanasi ikki simmetriyali nimtalarga bo„lingan bo„lib, har
qaysisida bittadan yadro bo„ladi.
Aksostillarning oldingi qismida bir qancha blefaroplastlar bo„lib, ular 3 juft
xivchinlarni energiya bilan ta'minlaydi. To„rtinchi juft xivchinlar aksostillarning orqa
qismida yotadi. Parazitning hazm organoidlari bo„lmaydi. Shuning uchun osmatik yo„l
bilan oziqlanadi. Ko„payish usuli jinssiz, uzunasiga bo„linish (mitoz) yo„li bilan amalga
oshadi. Lyambliyalarning sistalari oval shaklida bo„lib, uzunligi 10-14 mkm gacha
yetadi. Ikki qavat po„stlog„i aniq ko„rinib turadi. Yetilmagan sistalarda 2 ta yadro,
yetilganlarida esa 4 ta yadro bo„ladi.
4- rasm. Ichak lyambliyasi (Lamblia intestinalis) ning tuzilishi: a) yon tomondan ko„rinishi,, b)
qorin tomondan ko„rinishi, v) epiteliy to„qimasiga yopishgan lyambliya: 1-xivchin; 2-bazal tanacha; 3-
so„rg„ich; 4-yadro; 5-parabazal tanacha; 6-aksostil.
Lyambliyalarning taraqqiyoti oddiy bo„lib, hayot davri parazitning vegetativ va
sistaga o„ralgan shakllarining almashinib turishidan iborat. Vegetativ shakllari
odamlarning 12-barmoqli ichagida yashaydi va ko„payadi. Tajriba yo„li bilan
zararlangan hayvonlarda lyambliyalar ingichka ichakning yuqori qismlarida topilgan.
Ularning ba'zilari sistaga o„ralib, tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz
kasalligini yuqtiradigan manba bo„lib qoladi. Lyambliozni yuqtiradigan manba kasal
odam va parazit tashuvchilardir.
Lyamblioz hamma yerda tarqalgan bo„lib, aholining taxminan 10 % ida
parazitlarni topish mumkin. Lyamblioz bilan, asosan, yosh bolalar ko„proq kasallanadi.
Parazitlar odamning 12-barmoqli ichagida yashashi bilan birga, ayrim ma'lumotlarga
qaraganda, o„t pufagida ham yashashi mumkin. Ammo sun'iy usulda o„stirilgan
lyambliya o„t suyuqligi pufagida yashamaydi. Hozirgacha ham lyambliyalarning o„t
yo„llarida, o„t pufagida yashashi noaniq. L.I. Rogova va N.A. Dehqonxo„jayevalarning
(1960) ma'lumotlari bo„yicha, olib tashlangan o„t pufaklar hamda tajriba yo„li bilan
zararlangan hayvonlarning o„t pufagida lyambliyalar topilmagan.
XX asrning 20-yillarida lyamblioz yer yuzida deyarli barcha mamlakatlarda keng
tarqalgan edi. Ko„pchilik shifokorlarning fikri bo„yicha, lyambliyalar odamga o„tishi
bilan lyamblioz kasalligini qo„zg„atadi. Ular ichak, o„t yo„llarini jarohatlaydi, degan fikr
hozir ham mavjud. Lekin ayrim olimlar lyambliyalarni shartli ravishda patogen deb
hisoblashadi. Chunki parazitlar sog„lom odamlarda ham uchrab turadi, ularning soni
ichakda ko„payib ketgandagina ichak faoliyatini o„zgartiradi. Shu sababli moddalarning
so„rilishi susayadi. Prof. N.A. Dehqonxo„jayeva tabiiy va tajriba yo„li bilan zararlangan
hayvonlarning ingichka ichagini tekshirib, parazitlarni shilliq parda va shilliq osti
qatlamida hamda ichak tukchalarida topgan. Bunda ichak devorining shilliq pardasi
yaliig„langan, ammo yaralar hosil bo„lmagan. Shifokorning fikriga qaraganda,
ichakning shilliq pardasidagi o„zgarishlar darajasi kasallikning muddatiga bog„liq
bo„ladi. Kasallikning belgilari boshqa ichak kasalliklarining belgilariga o„xshash
bo„ladi. Shuning uchun ham lyambliozga tashxis qo„yishning asosiy ko„rsatkichi
parazitlarni aniqlashdan iborat bo„lishi kerak. Lekin bu ancha mushkul ish. 12-barmoqli
ichak suyuqligida parazitning vegetativ shakllari bo„ladi. Bemorning axlat surtmalarini
yod bilan bo„yab tekshirish orqali parazit sistalarining bor-yo„qligi aniqlanadi. Ularning
axlatlari bilan lyambliya sistalari tashqi muhitga chiqib turadi va haftalab tirik qolishi
mumkin. Sog„lom odamga parazit sistalar bilan ifloslangan oziq-ovqat, ichiladigan suv
yoki iflos qo„llar orqali yuqadi. Sistalar hazm yo„liga tushganidan keyin o„n ikki
barmoqli ichakda vegetativ shaklga aylanadi.
Kasallikning oldini olish uchun profilaktik qoidalarga amal qilish zarur. Buning
uchun meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish, suvni qaynatib ichish, pishirilgan
ovqatni va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, chivin va pashshalarga qarshi
kurashish, ovqatdan oldin va hojatdan keyin qo„lni yuvish, parazit tashuvchilarni,
ayniqsa, oziq-ovqat korxonalarida, bolalar bog„chalarida ishlaydiganlarni o„z vaqtida
tekshirib, kasallangan odamlarni davolash, hojatxonalarni dorilab turish kabi ishlarni
amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |