Parazitlarni xo„jayinlari bilan o„zaro bog„lanishi. Parazitlar xo„jayinlarining
(odam, hayvon, o„simliklar) barcha organ va to„qimalarini zararlaydi. Masalan, ichakda
askaridalar, bolalar gijjasi, tasmasimon chuvalchanglar, lyambliya, amyoba,
trixomonadalar; o„t yo„llarida lyambliya, jigar va mushuk ikki so„rg„ichlilari; teri ostida
rishta; to„qimalarda trixinella lichinkalari; qon tomirlarida shistosomalar; o„pkada
toksokara, askarida va boshqalar uchraydi.
Parazitlar tabiatda tur sifatida saqlanib qolishi uchun, ko„payish jarayonida
xo„jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo„jayinlarga o„tadi. Parazitlarni
bitta xo„jayindan ikkinchi bir xo„jayinga, xo„jayinlaridan tashqi muhitga o„tish
mexanizmlari va taxminiy xo„jayinlar bo„lishi mumkin bo„lgan organizmlar doirasini
kengligi, albatta, ularni tabiatda keng tarqalishini ta‟minlaydi. Parazitlarni vaqtincha
yoki doimiy o„z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo„jayinlari deyiladi.
Parazit xo„jayinlari bir necha xil bo„ladi.
Turli-tuman parazitlar o„zlarini rivojlanishida bitta, ikkita va undan ko„proq
xo„jayinlarda yashashlari mumkin. Shuning uchun parazitlarga xos oxirgi (definitiv,
asosiy), oraliq, qo„shimcha, rezervuar xo„jayinlar mavjud. Xo„jayinlarning bu darajada
xilma-xil bo„lishiga sabab, ular yordamida parazitlar tabiatda keng tarqaladi va tur
sifatida saqlanib qoladi.
Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashab, uning jinsiy yo„l bilan
ko„payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo„jayin hisoblanadi.
Parazitlarning asosiy xo„jayinlari har xil guruhlarga mansub hayvonlar bo„lishi
mumkin. Masalan, exinokokkning asosiy xo„jayinlari-itlar, bo„rilar, tulkilar, mushuklar
va boshqa go„shtxo„rlar, ya‟ni yirtqich hayvonlardir, qoramol va cho„chqa tasmasimon
chuvalchanglarining asosiy xo„jayini odam, toksoplazmaning asosiy xo„jayini
mushuklar hisoblanadi.
Oraliq xo„jayinlarda parazitlarning tuxum va lichinkalik davrlari rivojlanadi.
Parazitlar oraliq xo„jayinlarida partenogenetik (jinssiz) yo„l bilan ko„payishi ham
mumkin. Masalan, Jigar qurtining lichinkalari.
Qo„shimcha xo„jayinlar, aslida parazitlarning ikkinchi oraliq xo„jayinlari ham
deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma‟lum bir rivojlanish davrlari o„tadi. Masalan,
keng tasmasimon chuvalchangda birinchi oraliq xo„jayinlari sikloplar, ikkinchi oraliq
xo„jayinlari esa baliqlar hisoblanadi.
Rezervuar xo„jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo„lgan kasal
qo„zg„atuvchilarini o„zida tutgan hayvonlarga aytiladi. Rezervuar xo„jayinlar
parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi shart emas. Lekin rezervuar xo„jayinlar
parazitning ma‟lum bir rivojlanish davrlarning tarqalishini tezlashtiradi. Masalan, serbar
tasmasimon chuvalchang (Diphyllobotrium latum) ning rivojlanish davrida definitiv
(asosiy, oxirgi) xo„jayinlar – odam, mushuk, it, bo„ri, tulki, ayiq va boshqa yirtqichlar,
birinchi oraliq xo„jayini mayda qisqichbaqasimonlardani – sikloplar, ikkinchi oraliq
xo„jayinlari, ya‟ni qo„shimcha xo„jayinlari yuvosh baliqlar, rezervuar xo„jayinlari esa
yirtqich baliqlar (rezervuar xo„jayinlari ishtirok etishi ham etmasligi ham mumkin)
hisoblanadi.
Demak, parazitning rivojlanish siklida birinchi oraliq xo„jayinlarida parazitning
licninka davri rivojlanadi. Ikkinchi oraliq xo„jayin-larida ya‟ni, qo„shimcha
xo„jayinlarida parazitning ma‟lum lichinka bosqichi o„tadi. Uchinchi, ya‟ni rezervuar
xo„jayinlar parazit rivojlanishida ishtiroki majburiy emas. Chunki rezervuar
xo„jayinlarda parazit rivojlanmaydi, balki saqlanadi, bu esa parazitlarni tabiatda yanada
kengroq tarqalishida muhim rol o„ynaydi (masalan, tripanasomalar antilopalarda,
plerotserkoidlar yirtqich baliqlarda, leyshmaniyalar kemiruvchilarda uzoq saqlanadi).
V.A. Dogel tarifiga ko„ra, haqiqiy (obligat) parazitlikda parazit-xo„jayin
o„rtasidagi munosabatlar o„zaro yaqinligi bilan xarakterlanadi. Parazitlar xo„jayinlarida
sensibilizatsiya qo„zg„atib, allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Xo„jayinlarini
to„qima va organlarini shikastlaydi, ularni funksiyalarini buzadi. Parazitlar xo„jayin
organizmida moddalar va vitaminlar so„rilishini yomonlashtiradi, anemiya
rivojlanishiga olib keladi. Parazitlar xo„jayinlarini jismoniy rivojlanishini susaytiradi,
mehnat qobiliyatini va aqliy faoliyatini pasaytiradi.
O„z navbatida parazit ham xo„jayinning himoya reaksiyalaridan qochib, ularni
yo„q qilishga harakat qiladi. Natijada ular o„rtasida qarama-qarshi munosabatlar
kuzatiladi. Parazit-xo„jayin o„rtasidagi o„zaro ta‟sir uch xil shaklda namoyon bo„ladi:
1. Parazitni xo„jayinga ta‟siri. 2. Xo„jayinni parazitga ta‟siri. 3. Tashqi muhitni
parazit va xo„jayinga ta‟siri. Parazit xo„jayin organizmida turli xil allergik reaksiyalarni
hosil qilib, turlicha zarar keltiradi.
Mexanik ta‟sir- parazitlar xo„jayinlarini to„qima va organlarini shikastlaydi.
Masalan, ichak parazitlaridan-askarida va sestodalar ichakda ko„payib ketib, moddalarni
o„tkazmay, ichakni shikastlashi mumkin. Exinokokk va senur lichinkalari vistseral
organlarda rivojlanib, ularni siqib qo„yadi, shishlar hosil qiladi. Bular organlar
funksiyasini buzilishiga, turli xil yallig„lanish jarayonlari va anemiyani kelib chiqishiga
sabab bo„ladi. Xo„jayin organizmiga turli xil oziqa va vitaminlarni so„rilishini
yomonlashtiradi. Organizmning immun sistemasiga salbiy ta‟sir qilib, organizmni
kurashish qobiliyatini susaytiradi.
Parazitlar xo„jayinlariga mexanik ta‟sir bilan bir qatorda toksik ta‟sir ham
ko„rsatadi. Parazitlar xo„jayin organizmiga tushgandan keyin turli toksinlar (zahar)
ishlab chiqaradi. Bu moddalarni organizmga tushishi va tarqalishi xo„jayin organizmida
turli intoksikatsiyalarga olib keladi. Natijada kasalliklarni kechishi qiyinlashadi va har
xil og„ir kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi.
O„z navbatida xo„jayin organizmi ham parazitlarga nisbatan turli himoya
reaksiyalarini ko„rsatadi. Masalan, parazit rivojlanishini to„xtatishi, parazitni o„ldirishi,
tanasidan chiqarib yuborishi mumkin. Parazit-xo„jayin o„rtasida murosasiz kurash
boradi va bu kurashda bittasi g„alaba qozonadi. Parazit g„alaba qozonsa xo„jayinda
kasallik keltirib chiqaradi. Xo„jayin g„alaba qozonsa parazitni organizmidan chiqarib
tashlaydi va bu kurash har xil himoya reaksiyalari ko„rinishida namoyon bo„ladi.
Organizmda qon parazitlariga qarshi antitelalar hosil bo„ladi, tabiiy immunitetlar paydo
bo„ladi:
- hujayra reaksiyalari, hujayra hajmini kattalashuvi bilan boradi. M: bezgak
plazmodiysi eritrotsitlarga kirganda ular kattalashadi, normal eritrotsitlardan hajmini
kattaligi bilan farqlanadi;
- to„qima reaksiyalari, parazit o„z atrofida biriktiruvchi to„qima yordamida
chegaralanadi. Masalan: trixinella, qoramol va cho„chqa tasmasimon chuvalchanglari
lichinkalari kapsulalari;
- gumoral reaksiyalar, immunitet hosil bo„lishi bilan boradi. Parazit ishlab
chiqargan antigenlarga qarshi, xo„jayin organizmida antitelalar hosil bo„ladi.
Leyshmanioz va tripanasomoz qo„zg„atuvchilari yuqqanda, ularga qarsi immunitet hosil
bo„ladi. Xo„jayin organizmida kuchli immunitet parazitning lichinkalik davrida hosil
bo„ladi. Ayrim protozoy kasalliklarida (amyobiaz, trixomono„z) vaqtinchalik immunitet
hosil bo„ladi. Parazit lichinkalik davrida xo„jayin to„qimalari bilan chambarchas bog„liq
bo„lib, faol antigenlar ishlab chiqaradi.
Parazit-xo„jayin munosabatlari klassifikatsiyasi. Parazit-xo„jayin bir-biri bilan
o„zaro bog„liq bo„lgan biologik sistema bo„lib, bunday munosabatdan faqat bir tomon,
ya‟ni parazit foyda ko„radi. Parazit xo„jayinga zararli ta'sir ko„rsatib, kasallik keltirib
chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi.
Ko„pchilik parazitlar ayniqsa gelmintlar rivojlanish sikli xo„jayin almashtirish
yo„li bilan boradi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo„jayin ishtirok etsa bularni
biogelmintlar (mushuk ikki so„rg„ichlisi, qoramol tasmasimon chuvalchangi, keng
tasmasimon
chuvalchang
va
boshqalar)
keltirib
chiqaradigan
kasalliklarini
biogelmintozlar deyiladi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo„jayinlar ishtirok
etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib chiqaradigan
kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmintlar bilan to„g„ridan-tog„ri
zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday gelmintlarni kontakt gelmintlar, ularni
keltirib chiqaradigan kasalliklarini, kontakt gelmintozlar deb ataladi. Bu atamalarni
fanga K.I. Skryabin, R.S. Shults, E.S. Shulman va boshqa yirik gelmintolog olimlar
tomonidan kiritilgan.
Parazit-xo„jayin o„rtasidagi munosabatlar klassifikatsiyasi birinchi marta K.I.
Skryabin va R.S. Shults tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga bu munosabatlarni ikkita
kategoriyaga bo„lib o„rganilgan. Obligat va fakultativ munosabatlar.
Obligat munosabatda parazitlarning yashashi uchun eng qulay sharoit
hisoblanadi. Masalan: kartoshka ildizida parazitlik qiluvchi Globodera avlodiga mansub
sista hosil qiluvchi nematoda, kartoshkada qulay rivojlanadi (haqiqiy kattalikda bo„ladi,
ko„p avlod beradi). Kartoshkani pomidor (tomat) bilan almashlab ekilsa, parazit
kartoshka bilan bir avlodda bo„lgan pomidor(tomat)da ham parazitlik qilishi mumkin,
lekin parazit uchun pomidor noqulay sharoit bo„lib hisoblanadi. Pomidor ildizida
nematodaning tanasi juda kichrayib ketadi, tuxumlarini soni ham kam bo„ladi. Demak
parazit uchun kartoshka obligat xo„jayin, pomidor esa fakultativ xo„jayin hisoblanadi.
Keyinchalik R.S. Shults va E.A. Davtyan yuqoridagi kategoriyalar
klassifikatsiyasiga yana ikkita, ya‟ni koptiv va abortiv kategoriyalarni kiritadilar.
Koptiv, kaptivus-asrga olmoq, bunda parazit xo„jayin organizmiga kirishi mumkin,
lekin bu xo„jayinda rivojlanish davom etmaydi. Uni ko„rinishi, hajmi tashqi muhitda,
toki xo„jayinga kirguncha qanday bo„lsa shundayligicha saqlanadi. Masalan: odamlarda
parazitlik
qiluvchi
ankilostomalar
bilan
kemiruvchilarni
zararlantirilganda,
kemiruvchilar organizmida parazitning hech qanday rivojlanishi kuzatilmagan yoki
marvariddor mollyuskalarning chig„anoqlari orasiga turli gelmintlarning tuxumlari
tushib qolganda, hech qanday rivojlanish kuzatilmagan.
Abortiv, abortivus-oxirigacha rivojlanmaslik. Parazit xo„jayin tanasiga tushib, uni
zararlaydi, xo„jayin tanasida birqancha vaqt yashaydi, rivojlanadi, lekin oxirigacha
voyaga yetmaydi. Masalan: Angiostrongylus kantonensis nematoda turi bilan odamlar
zararlansa, parazit rivojlanadi, organizmda migratsiya qiladi, miyaga borib joylashib,
eozinofil meningoentsefalit kasalligini keltirib chiqaradi, lekin hech qachon voyaga
yetmaydi. Shuningdek, cho„chqa askaridasi tuxumlari bilan yosh qo„zichoqlar
zararlantirilganda, askarida tuxumlaridan lichinkalari chiqib, qonda migratsiya qilgan,
lekin voyaga yetmagan. Shunga qaramasdan zararlangan hayvonlarda kasallik
alomatlari kuzatilgan.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Fakultativ parazitizmni qanday tushunasiz?
2. Soxta parazitizmni qanday izohlaysiz?
3. Vaqtinchalik va doimiy parazitlar deb nimaga aytiladi (misollar asosida
izohlang?
4. Asosiy (definitiv), oraliq, qo„shimcha va rezervuar xo„jayinlar ma‟nosini
misollar asosida tushuntiring.
5. Parazit-xo„jayin o„rtasidagi o„zaro ta‟sir necha xil shaklda namoyon bo„ladi
(misollar asosida izohlang.
6. Parazit-xo„jayin o„rtasidagi munosabatlar necha xil kategoriyaga bo„linadi
(misollar asosida bayon qiling).
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Infektsion, invazion va tabiiy o„choqli
kasalliklar hamda E.N. Pavlovskiy ta‟limoti to„g„risida talabalarga ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Infektsion, invazion va tabiiy o„choqli kasalliklar hamda Ye.N. Pavlovskiy
ta‟limoti to„g„risida ma‟lumotga ega.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar. Parazitlar o„z xo„jayinlariga
turlicha ta'sir ko„rsatadi va ularda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Hayvonot
dunyosi keltirib chiqaradigan kasalliklar invazion yoki parazitar kasalliklar (asosan
parazit chuvalchanglar, kanalar, hasharotlar hamda bir hujayrali hayvonlar tomonidan
qo„zg„atiladigan kasalliklar) deyiladi, o„simliklar dunyosi keltirib chiqaradigan
kasalliklar esa infektsion kasalliklar (viruslar, bakteriyalar, zamburug„lar) deyiladi.
Xo„jayinning bitta organi yoki butun organizmida joylashgan parazitlar
yig„indisiga-parazitotsenoz deyiladi va u yerdagi o„zaro munosabatlar sinergetik (bir-
birini to„ldiruvchi) yoki antogonistik (qarama-qarshi) xarakterga ega bo„ladi.
Xo„jayinda bir nechta parazit bo„lsa, parazitlarning umumiy patogenlik xususiyati
yanada ortadi.
Parazitlarning patogenlik ta‟siri ko„p omillarga, ya‟ni parazitlarning turiga,
ularning organizmda tarqalishiga, invaziya intensivligiga, xo„jayinni fiziologik holatiga
va hokazolarga bog„liq.
Organizmdagi turli parazitlar xo„jayin organizmiga turlicha ta'sir ko„rsatadi.
Masalan: askarida bilan zararlangan odamlarda bakteriyali dizenteriya juda og„ir o„tadi
va qiyin davolanadi. Yoki aksincha askaridoz va ankilostomidoz bilan kasallangan
bemorlarda lyamblioz bilan kasallanish, gelmintlar bilan zararlanmaganlarga qaraganda
2-4 marta kamroq uchraydi. Turli gelmintlar bilan zararlangan odamlarda tuberkulyoz,
Botkin kasalligi (sariq), qorin tifi va boshqa infektsion kasalliklar juda og„ir o„tadi.
Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar har xil xo„jayinlarda yashashga
moslashgan. Shunga ko„ra ular keltirib chiqaradigan kasalliklar nomlari ham turlicha
bo„ladi.
1. Zoonozlar. Ayrim guruh parazitlar faqat hayvonlarda parazitlik qiladi va ular
keltirib chiqaradigan kasalliklar zoonozlar deb ataladi(M: qushladagi bezgak kasalligi).
2. Antropozoonozlar. Odam va hayvonlar uchun umumiy bo„lgan parazitar
kasalliklar. Bunda tashuvchilar kasallik qo„zg„atuvchilarini hayvonlardan odamga va
aksincha, odamdan hayvonlarga yuqtiradi(Masalan: kanalar va hasharotlar turli
gelmintozlarni, o„lat, leyshmanioz, tayga ensefaliti va boshqalarni yuqtiradi).
3. Antroponozlar. Kasallikning faqat odam organizmida kuzatilishi (Masalan:
trixomonodoz, ichburug„, bezgak, vabo va h.k.).
Invazion kasalliklarni har birini alohida nomlash uchun kasallik qo„zg„atadigan
parazit avlodi nomini oxiriga “az”, yoki “oz” qo„shimchasi qo„shiladi. Masalan:
Amyobalar keltirib chiqaradigan kasallik, amyobiaz, Ascaridalar avlodi vakilari
qo„zg„atadigan kasallik askaridoz, Fasciola avlodi vakillari qo„zg„atadigan kasallik
fastsiolyoz deb ataladi.
Parazitar kasalliklarni klinik belgilari turlicha bo„ladi. Kasallik belgilari yashirin
(yopiq) namoyon bo„lsa ham turli boshqa kasalliklarga xos belgilarni paydo bo„lishi
bilan kechadi:
-
surunkali charchash;
-
ishtahani o„zgarishi(yomonlashuvi);
-
asabiy bo„lib qolish;
-
ovqat hazm qilish sistemasidagi buzilishlar(ko„ngil aynishi, qayt qilish, ich
qotishi, ich ketishi, qorin dam bo„lishi, gaz hosil bo„lishi);
-
so„lak oqishi;
-
anemiya, qondagi o„zgarishlar(eyzinofiliya, SOE ortishi va boshqalar);
-
to„qimalarda va suyaklarda og„riq;
-
bosh og„rig„i;
-
uyqusizlik;
-
davriy harorat oshishi (37-38
o
C);
-
gipovitaminoz;
-
teridagi belgilar;
-
allergik o„zgarishlar;
-
nafas olish yo„llari kasalliklari(bronxit);
-
uyquda tish g„ichirlatish va boshqalar.
Parazitar kasalliklar klinik belgilarini xilma-xilligi bilan ham xarakterlanadi.
Bular asosida parazitning biologik xususiyati yotadi. U avvalo parazitni
xo„jayinning qaysi organ va to„qimasida joylashganligi bilan bog„liq bo„ladi.
Transmissiv yoki tabiiy o„choqli kasalliklar. Akademik Ye.N. Pavlovskiy
ta‟rifi bo„yicha, kasallik qo„zg„atuvchilari odam va hayvonlarga qon so„ruvchi
bo„g„imoyoqlilar orqali o„tsa bunday kasalliklar transmissiv yoki tabiiy o„choqli
kasalliklar deyiladi. Tabiiy o„choqli kasalliklarning tarqalishida bo„g„moyoqlilarning
ahamiyati nihoyatda katta. Bo„g„moyoqlilarni qon so„ruvchi parazitligidan ko„ra
kasallik qo„zg„tuvchilarini sog„lom odam va hayvonlarga yuqtirishi xavfli hisoblanadi.
Masalan: bezgak, tif, virusli ensefalit, leyshmanioz, tripanasomoz.
Transmissivus – lotincha so„z bo„lib, olib o„tish, tashib o„tish, o„tkazish degan
ma‟nolarni anglatadi. Transmissiv kasalliklarni qo„zg„atuvchilarini tabiatda manba
(makon) lari mavjud bo„ladi.
Akademik Ye.N. Pavlovskiy va uning shogirdlari sobiq ittifoqning turli
mintaqalarida parazitlarni murakkab sirkulyatsiya jarayonlarini o„rganish hamda odam
va hayvonlarda ko„p uchraydigan kasallik qo„zg„atuvchi va tarqatuvchilarini yalpi
ekologo-parazitologik tomondan tatqiq qilish maqsadida juda katta hajmdagi ishlarini
olib borishgan. Tadqiqotlar natijasida transmissiv kasalliklarni tabiiy o„choqli ekanligi
haqida ta‟limot yaratildi.
Transmissiv kasalliklarni tabiiy o„choqlari u yoki bu geografik mintaqalarga
moslashganligi bilan xarakterlanadi (masalan: o„rmonlarida kana ensefaliti, cho„llarda
tif, o„lat (chuma) o„choqlari, kesilgan o„rmon, quruq o„tloqlarda, sharqiy hududlarda
yapon ensefaliti, issiq yarim cho‟l va cho„llarda esa teri leyshmaniozi va boshqalar
uchraydi).
Tabiatda odam va hayvonlar yashamaydigan (Masalan: tayga, tundra, cho„l,
sahro) joylarda ma‟lum bir kasalliklarning manbalari uchrab turadi va ular tabiatda uzoq
vaqt saqlanadi. Ana shunday joylarga odamlar yoki hayvonlar borib qolsa bu kasalliklar
yuqishi mumkin. Transmissiv kasalliklarni odam va hayvonlarga yuqishi uchun:
I – kasallik qo„zg„atuvchisi (infeksion, invazion parazitlar);
II – kasallik qo„zg„atuvchilarini o„z tanasida saqlab yuruvchi umurtqali hayvonlar
(tabiiy rezervlar);
III – kasallik qo„zg„atuvchilarini yuqtiradigan ektoparazitlar (bo„-g„imoyoqlilar)
bo„lishi shart.
Leyshmaniozda - kasallik qo„zg„atuvchilari–leyshmaniyalar, tabiiy rezervlari –
kemiruvchilar(qum kalamushlari, yumronqoziqlar), tashuvchilari – iskabtoparlar
(Flebotomus avlodi).
Parazitar kasalliklar qo„zg„atuvchilarini yuqtirish yo„llari turlicha. Ularni
asosiylari quyidagilar:
1. Kontaktli (parazitlar kasal hayvonlardan sog„ mollarga, ular birga boqilganda
va molboqarlar orqali, trixomonadalar va boshqalar). Kontaktli o„z navbatida passiv va
faol bo„ladi (passiv-trixomonadalar jinsiy yo„l orqali, faol: shistosomalarning
lichinkalari faol teri orqali o„tishi). Kasallik qo„zg„atuvchilari kasallangan organizmlar
bilan to„g„ridan-to„g„ri kontakt orqali yuqadi (qichima, tif, toksoplazma va boshqalar).
2. Aerogenli – qo„zg„atuvchilar (havo yo„li) nafas yo„llari orqali yuqadi (gripp,
toksaplazmoz, tuberkulyoz, pnevmosistoz).
3. Suv orqali – kasallik qo„zg„atuvchilari bilan ifloslangan suv iste‟mol qilish
bilan bog„liq (amyobali va bakteriyali dizinteriya, vabo (xolera), qorin tifi va
boshqalar).
4. Alimentar yoki kasallik qo„zg„atuvchilari bilan zararlangan oziq-ovqat
mahsulotlari orqali (parazitlarning tuxum va lichinkalari chorva mollariga passiv
holatda yem-xashak, suv, oraliq xo„jayini orqali oshqozon va ichakka tushadigan parazit
chuvalchanglar, koksidiyalar, balantidiylar, toksoplazmalar va boshqalar).
5. Perkutan (teri orqali) yo„li bilan (ankilostoma lichinkalari, qon so„ruvchi
bo„g„imoyoqlilar, piroplazmalar, tripanosomalar, onxoserka, parafilariya lichinkalarini
teri orqali yuqtiradi).
Transmissiv - kasallik qo„zg„atuvchilari qon so„ruvchi bo„g„imoyoqlilar orqali
o„tsa (qon orqali) obligat transmissiv, qon so„ruvchilar ishtirokisiz o„tsa fakultativ
transmissiv kasallik deyiladi (tulyaremiya, filyariatoz).
6. Burun teshigi, ko„z orqali (burun tomoq bo„kasi, telyaziya).
7. Transplasentar yo„l bilan. Ona qornida (ayrim parazitlar onadan bolaga kindik
orqali o„tadi – neoaskaridalar, taksokaralar, toksoplazmalar, trixinellalar).
Qo„zg„atuvchi va tashuvchi o„rtasida uzoq davom etgan o„zaro munosabatlarni
evolyutsion moslashuvi natijasida tashuvchilikning ikki xil yo„li kelib chiqdi: mexanik
va spesifik yo„llari.
Bular quyidagicha amalga oshadi-inokulyativ (inokulatsiya-privivka) va
kontaminativ (kontaminatsiya-ifloslanish).
Inokulyatib usulda – kasallik qo„zg„atuvchilari terini teshib (ukol orqali)
yuqtiriladi. Masalan, bezgak qo„zg„atuvchisi odamga bezgak chivinini chaqishi orqali
o„tadi.
Kontaminativ usulda – kasallik qo„zg„atuvchilari oldin tashuvchilar organizmidan
ular ekskrementi orqali chiqadi va xo„jayinni tanasiga tushib, o„zi faol kiradi yoki turli
oziqalar orqali kiradi. Masalan, ichak parazitlari, gelmintlar tuxumlari turli pashsha,
chivin, suvarak va boshqalarni xartumlari hamda panjalari orqali yuqadi.
Ko„pincha bular bir-birini to„ldiradi. Buday usulda yuqtirishga kombinativ yo„l
bilan yuqtirish deyiladi.
1. Mexanik tashuvchilar organizmida kasallik qo„zg„atuvchilari ko„paymaydi,
rivojlanmaydi, ular yordamida bir joydan ikkinchi joyga o„tadi va ma‟lum vaqt
tashuvchilarda saqlanadi (pashshalar, suvaraklar).
2. Spetsefik tashuvchilar. Ular organizmida kasallik qo„zg„atuvchilari ma‟lum
bosqichni o„taydi. Natijada, tashuvchi va qo„zg„atuvchi o„rtasida ma‟lum biologik bog„
hosil bo„ladi va ular ma‟lum tur, avlodga mansub bo„lishlari kerak. Masalan, bezgak
parazitida – Anofeles avlodiga mansub bezgak chivinlari, leyshmaniyada – iskabtoparlar
va hokazolar. Spetsifik tashuvchilar kasallik qo„zg„atuvchilarini o„zlarida uzoq vaqt
saqlaydilar.
Kasallik qo„zg„atuvchisi uzoq vaqt saqlanadigan organizm rezervuar deyiladi.
Ba‟zi bir kasalliklarda rezervuar bo„lib, odam (Masalan: bezgak, toshmali va qaytalama
tif) hisoblanadi. Boshqalarida hayvonlar rezervuar bo„ladi(yovvoyi hayvonlar tabiiy
rezervuarlar hisoblanadi). Masalan, kemiruvchilar leyshmanioz, vabo, tulyaremiyani
tabiiy rezervuari hisoblanadi. Antilopalar tripanosomozni tabiiy rezervuarlari, kanalar
esa kanali qaytalama tif, kanali ensefalitni tabiiy rezervuarlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |