Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazitlikka o„tishdagi morfologik adaptatsiyalar necha xil tipga ajratiladi?
2. Parazitlarning serpushtliligi haqida ma‟lumot bering.
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga devastatsiya ta‟limoti haqida
ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Devastatsiya ta‟limoti haqida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Devastatsiya ta‟limoti. Devastatsiya lotincha–devastatio–qirg„in qilmoq, qirib
tashlamoq ma‟nosini anglatadi. Odam, hayvon va o„simliklarda uchraydigan infeksion
va invazion kasalliklarning qo„zg„atuvchilarini rivojlanishini barcha bosqichlarida
mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan yo„qotishga qaratilgan tadbirlar
majmuasidir. Bu ta‟limotdan ko„zda tutilgan maqsad, barcha xo„jalik, tuman, viloyat,
o„lka va respublikani gelmintlardan, patogen protozoolardan va parazit
bo„g„moyoqlilardan rejali ravishda tozalab, bir vaqtning o„zida tabiatda parazitlar
rivojlana olmaydigan sharoit tug„dirish, shuningdek, invazion kasalliklarning
qo„zg„atuvchilarini butun rivojlanish jarayonida (tuxum va lichinkalarini) turli usullar
bilan yo„qotishdir.
Ushbu ta‟limot birinchi marta akademik K.I. Skryabin tomonidan 1944-yilda
fanga kiritilgan bo„lib, gelmintologiya sohasida qilingan katta ilmiy ishlardan biri
hisoblanadi.
Bunda parazitlarga qarshi faol hujumga o„tib, murakkab tadbirlarni, ya‟ni
kimyoviy usulda rejali gelmintsizlantirish, molxona, yer-suv, yaylov va go„ngni
dezinvaziya qilish, kasallik qo„zg„atuvchilariga biologik zarar ko„rsatish bilan
birgalikda chorva mollarini zoogigiynik qoidalariga amal qilingan holda boqish,
to„yimli va sifatli oziqalar bilan ta‟minlashni talab qiladi.
Bu ta‟limotni qo„llash natijasida Respublikamizda bezgak va rishta kasalliklari,
MDH mamlakatlarining Shimoliy va Markaziy mintaqalarda esa kavsh qaytaruvchi
sutemizuvchilarning exinokokkoz kasalligi butunlay tugatilgan.
Shuningdek,
Respublikamizning
turli
mintaqalarida
chorva
mollarida
trixostrongilyatoz
kasalliklari
keskin
kamaydi.
Parazitar
kasalliklarning
qo„zg„tuvchlarini devastatsiya qilish davlat tomonidan o„tkaziladigan tadbir bo„lib,
zooveterinariya, zootexnik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Devastatsiyani muvaffaqiyatli o„tkazishda parazitning yashay olmaydigan yalpi
tadbirlarini fanga asoslangan holda ishlab chiqish lozim.
O„zbekistonda birinchi navbatda odamlar sog„ligiga jiddiy ziyon yetkazayotgan
gelmintozlardan – teniidoz, qoramol va cho„chqalardagi sistiserkoz (finnoz),
exinokokkoz va senurozni devastatsiya qilish rejalashtirilgan.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Devastatsiya ta‟limotini izohlang.
6-mavzu: Parazitlarning sistematikasi. Bir hujayrali parazitlarning umumiy
tavsifi va sistematikasi. Sarkomastigoforalar(Sarkomastigofora) tipi.
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Parazitlarning sistematikasi. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va
sistematikasi. Sarkomastigoforalar tipi” mavzusidagi
ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi:
Talabalarga parazitlarning
sistematikasi. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va
sistematikasi,
sarkomastigoforalar
tipiga
kiruvchi
parazitlarning
tuzilishi,
biologik
xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari
haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Parazitlarning hayvonot dunyosidagi sistematik
holatini izohlay oladi.
1.2.2. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va
sistematikasi haqida ma‟lumot beradi.
1.2.3. Sarkomastigoforalar tipiga kiruvchi parazitlarning
tuzilishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari
va ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1 Parazitlarning hayvonot dunyosidagi sistematik holatini
izohlang.
Bir
hujayrali
parazitlarning
umumiy
tavsifi
va
sistematikasi haqida ma‟lumot bering.
Sarkomastigoforalar
tipiga
kiruvchi
parazitlarning
tuzilishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari
va ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bering.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1. Parazitlarning hayvonot dunyosidagi sistematik holati.
2. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va sistematikasi.
3. Sarkomastigoforalar tipiga kiruvchi parazitlar vakillarining tuzilishi, biologik
xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Psevdopodiyalar, ildizoyoqlilar,
nurlilar, quyoshlilar, akantariyalar, ektoplazma, endoplazma, hazm vakuolalari,
qisqaruvchi vakuolalar, pellikula, organellalar, geterotrof, miksotrof, golozoy, saprofit,
sista, eritrofag, tripanosomalar, leyshmaniya, lyambliya, bazal tanacha, parabazal
tanacha, aksostil, sitоstоm.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitlarning hayvonot
dunyosidagi sistematik holati haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Parazitlarning hayvonot dunyosidagi sistematik holati haqida ma‟lumot bera
oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Hozirgi vaqtda yer yuzida 1,5 mln. dan ortiq tur hayvonlar mavjud bo„lsa,
shularning 6 % ini parazitlar tashkil qiladi, ya'ni bir hujayrali hayvonlarning 6000 dan
ortiq turi, so„rg„ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, monogeniylar sinfining 2500 turi,
tasmasimon chuvalchanglar sinfining 3000 ga yaqin turi, tikanboshlilar tipining 500 ta
turi, nematodalar sinfining 3000 dan ortiq turi va bo„g„imoyoqlilar tipiga kiruvchi
hayvonlarning bir qancha o„n minglab turlari parazitlar hisoblanadi. Shuningdek,
hayvonot dunyosi sistematikasida parazitlar halqali chuvalchanglar, mollyuskalar va
hatto umurtqali hayvonlardan-to„garak og„izlilar sinfi vakillari orasida ham uchraydi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazitlarning hayvonot dunyosidagi sistematik holati haqida ma‟lumot bering.
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga bir hujayrali parazitlarning umumiy
tavsifi va sistematikasi haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va sistematikasi haqida ma‟lumot
bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Sodda organizmlar orasida parazitizm keng tarqalgan. Sodda hayvonlar
xo„jayinlarini turli a‟zolarida (ichak, tana bo„shlig„i, qoni, jinsiy sistema va boshqalar)
joylashadi va ularni zararlaydi. Ko„pchiligi hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar
orasida odam va hayvonlarda turli og„ir, o„lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib
chiqaruvchi turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o„rganish nafaqat
zoologiyani, balki tibbiyot va veterinariyani ham predmeti hisoblanadi. Bir hujayrali
hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 40 mingtadan 70 mingtagacha tur kiradi.
Ko„pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari
tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o„simliklar, hayvonlar hamda odam
organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar,
nomidan ko„rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan
bo„lsada, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo„lib, alohida holda ko„p
hujayrali hayvonlarga o„xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o„zi
bajaradi. Hozirgi vaqtda ko„pchlik zoolog olimlarning fikrini hisobga olingan holda bir
hujayrali hayvonlar kenja olami 7 ta tipga bo„linadi: 1. Sarkomastigoforalar
(Sarcomastigophora) tipi. 2. Labirintulalar (Labrinthomorpha) tipi. 3. Apikomplekslar
(Apicomplexa) tipi. 4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia) tipi. 5. Astsetosporalilar
(Ascetospora) tipi. 6. Miksosporidiyalar (Myxozoa yoki Cnidosporidia) tipi. 7.
Infuzoriyalar yoki kipriklilar (Ciliophora) tipi.
Bulardan apikomplekslar, mikrosporidiyalar va miksosporidiyalar tiplariga
kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va
infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot
kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik
qilib, og„ir kasalliklar, hatto, o„limga olib keladigan turlari bor.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazit bir hujayrali hayvonlar qaysi tiplarda uchraydi?
2. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va sistematikasi haqida ma‟lumot
bering.
3-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga sarkomastigoforalar tipiga kiruvchi
parazitlarning tuzilishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni
oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Sarkomastigoforalar tipiga kiruvchi parazitlarning tuzilishi, biologik
xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari haqida
ma‟lumot bera oladi.
Uchinchi sаvоlning bаyоni:
Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora)
tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyoqlаr
yoki хivchinlаr yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm
tuprоqlаrdа hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа turli hаyvоnlаr vа оdаm
оrgаnizmidа pаrаzitlik qilib, оg„ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri ham
anchagina. Bu tipgа 18000 gа yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа
хivchinlilаr kenja tiplariga bo„linаdi.
Sarkodalilar (Sarkodina) kenja tipi vakillarining qattiq po„sti bo„lmaydi,
hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi.
Qattiq po„st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas.
Sitoplazmadan hosil bo„lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi;
shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar-psevdopodiylar deb ataladi.
Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko„pchilik turlari chuchuk
suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit
hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar
kabi sinflarini o„z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari
uchraydi.
Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillarining soxta oyoqlari xilma-xil va
harakatchan bo„ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo„linmagan. Bu
sinf amyobalar, chig„anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo„linadi.
Parazit turlari asosan, amyobalar(Amoebina) turkumi orasida uchraydi
Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular
orasida ichburug„ (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo„g„on
ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug„ bilan og„rishga sabab bo„ladi.
Umuman, odam organizmida amyobalarning 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz
hisoblanib, asosan yo„g„on va ko„r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Ichak
amyobasi-Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi
ichburag„ amyobasiga o„xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo„ladi.
Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniq-
lagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo„lishini isbotlagan. Ichburug„ amyo-
basining kattaligi 20-30 mikronga teng.
Ichburug„ amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo„lib, endoplazmadan aniq
ajralib turadi. Parazit ko„p sonli kalta va yo„g„on psevdopodiylari yordamida juda faol
harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo„ladi. Ichburug„
amyobasi juda keng tarqalgan. Yer sharining turli hududlarida amyoba bilan 10 foizdan
30 foizgacha odamlar zararlanishi mumkin. Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari
asosan issiq tropik va subtropik hududlarda yashovchi xalqlar o„rtasida uchraydi.
O„rta va Shimoliy kengliklarda yashovchi aholi ichagida ham amyoba uchrab
tursada, kasallanish hollari deyarli kuzatilmaydi. Amyoba bilan zararlangan, lekin
ichburug„ bilan kasallanmaydigan odamlar amyoba tashuvchilar hisoblanadi.
Ba'zi hollarda, masalan issiq iqlimda organizm immuniteti kuchsizlanib qolganida
amyobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini yemiradi va og„ir qonli ichburug„
kasalligini keltirib chiqaradi.
Amyobalar asosan jarohatdan chiqadigan qondagi eritrotsitlar bilan oziqlanadi.
Kasallik vaqtida davolanmasa surunkali formaga o„tadi. Kasal kishi juda ozib ketishi,
ba'zan halok bo„lishi ham mumkin. Ichburug„ amyobasi sista orqali tarqaladi (1-rаsm).
Ovqat qoldig„i bilan yo„g„on ichakdan to„g„ri ichakka tushgan amyobalar
psevdopodiylarini tortib olib, yumaloqlanadi. Ektoplazma esa yupqa va pishiq qobiq
ishlab chiqargach, parazit sista davriga o„tadi. Shu davrda sista ichidagi amyobaning
yadrosi ketma-ket ikki marta bo„linadi va sista ichidagi amyoba to„rt yadroli bo„lib
qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta'siriga juda chidamli;
nam tuproqlarda 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo„qotmasligi mumkin.
Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta'siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalarni
pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga
tushganida uning qobig„i yemiriladi. Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki
marta bo„lingach, to„rtta amyoba hosil bo„ladi. Yosh amyobalar faol oziqlanishga
o„tadi. Ichburug„ amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari
bo„ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan: a) kichik vegetativ shakli; b)
to„qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli.
Amyobaning to„qima va eritrofag shakllari ba'zan yirik vegetativ shakl deb ham
ataladi. Aslida, bu ikki shakl o„zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq
qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo„lib, zich parda-sista qobig„i bilan o„ralgan.
Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo„ladi. Mayda vegetativ shakli
kichkina (15-20 mkm) bo„lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga -
tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo„linadi. Endoplazmada
sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo„g„on ichagi qavatida
yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. Noqulay sharoitda
sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to„qima shakli (20-25 mkm)
odamning yo„g„on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi
to„qimalarni yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi.
l-rasm. Ichburug„ amyobasi hayot siklining sxemasi: 1-hazim yo„liga tushgan sista; 2-amyobaning
sistadan chiqishi; 3-4-ichak bo„shlig„idagi mayda vegetativ shakli; 5,6-yirik
vegetativ shakli; 6-ichakdagi sistalar; 7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash
chiqindilarda uchraydigan shakli.
To„qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar
yallig„lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon
oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib,
eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi.
Ichburug„ amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi.
Chunki u ko„payib, to„qima shakliga-eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo„jayin
axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli bo„lib, hatto,
xlorlangan suvda ham halok bo„lmaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar
ta'siriga ham chidamli bo„ladi. Ichburug„ amyobasining sistalarida 4 ta yadro bo„ladi.
Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste'mol qilinganda, parazitlar
odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda
vegetativ shakl paydo bo„ladi. So„ngra ular mitoz yo„li bilan bo„linib, soni ikki hissa
oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo„lgan odamlar odatda
sog„lom bo„lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga,
ya'ni to„qima shakliga aylanadi. To„qima shakli o„zidan proteolistik ferment ajratib,
ichak devorida yaralar bo„lishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli
bemorlarning axlatida qon bo„lishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda
dizenteriya amyobasining yana bitta shakli, ya‟ni eritrofag shaklini topish mumkin. Bu
shakl ancha yirik bo„lib, ko„ndalang o„lchami 20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta
1
2
3
4
5
6
7
5
1
7
1
7
2
bo„lib, o„zi esa ancha harakatchan bo„ladi. Sitoplazmada, ko„pincha, eritrotsitlarni
topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi)
degan nomni olgan. Ichburug„ amyobasi odamning boshqa a'zolariga (jigar, o„pka) ham
joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to„qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga
to„g„ri kelib qolsa, u qon orqali to„g„ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo„ladi.
O„pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o„pkaga diafragma orqali
o„tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og„rishi,
ishtahaning yo„qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug„
amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista
chiqarishi mumkin.
Kasallikka tashxis qo„yish uchun bemorning najasi konservantga yig„iladi va
tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan taklif etilgan (1971y.).
Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalolat
beradi. Ichburug„ amyobasi yer yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda
odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi.
Ichburug„ kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko„p
uchraydi. U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O„zbekistonda ham uchraydi.
Ichburug„ amyobasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun emitin
gidroxloridi, xinafan, aminarson, enteroseptol, anitibiotiklar (tetrosiklin, monamitsin) va
boshqa preparatlar qo„llaniladi.
Profilaktika choralariga ovqat iste'mol qilishdan oldin qo„lni yaxshilab yuvish,
xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlarni yaxshilab yuvish, pishirilgan
ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalarni yo„qotish (chunki ular
dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), bemor va sista
tashuvchilarni aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasalarida sanitariya
holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va aholi o„rtasida
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo„yicha keng targ„ibot ishlarini olib borish
kabilar kiradi.
Parazit amyobalar kasallangan tishlarning kovagi, it, cho„chqa, ot va boshqa
hayvonlar ichagida, asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan.
Odamlarning og„iz bo„shlig„ida parazitlik qiluvchi Entamoeba girgivalis amyoba
turini 1849 yilda Moskvalik professor Gross tish karisiga uchragan bemorda topgan.
Dostları ilə paylaş: |