Invazion kasalliklarni nomlash. Parazitologiya sohasida yaqin yillargacha
parazitar kasalliklarga ilmiy asoslangan nom berilmagan edi. Bu esa parazitar
kasalliklarning nomini atashda chalkashliklarga sabab bo„lib, tashxis qo„yishda
qiyinchilik tug„dirar edi. Shu sababli K.I.Skryabin va R. S. Shults zoologiya qoidalariga
asoslangan holda invaznon kasalliklarga yangi nom taklif qilishib, uni ilmiy asoslab
berdilar.
Invazion, parazitar kasalliklarning nomini atash uchun shu kasallikni
qo„zg„atadigan parazitlar avlodining nomiga «oz» yoki «yoz» qo„shimchasini qo„shish
kerak. Masalan, Haemonchus avlodi vakillari qo„zg„atadigan kasallik gemonxoz yoki
Fasciola avlodi vakillari qo„zg„atadigan kasallik fastsiolyoz deb ataladi.
Agarda kasallikni qo„zg„ayotgan parazitlar birgina avlod vakillari bo„lsa, bunday
kasalliklar birlik bilan ataladi. Masalan, Hypoderma bovis va Hypoderma lineata
gipodermatoz kasalini yoki Opisthorchis felineus - opistorxozni qo„zgaydi.
Parazitologiya fanida kasallik qo„zg„atuvchilarning qaysi sinfga, turkumga, kenja
turkumga, oilaga kirishiga ko„ra invazion kasalliklarga umumiy nom beriladi.
Lekin u ko„plik bilan ataladi. Masalan, Trematodalar sinfi vakillari qo„zg„aydigan
kasalliklarning
umumiy
nomi
trematodozlar,
Spiruratalar
kenja
turkumlari
qo„zg„aydiganlari - spiruratozlar, Echinostomatidalar oilasi vakillari qo„zg„aydigan
kasalliklar esa exinostomatidozlar deyiladi. Hozirgi vaqtda parazitar kasalliklarning
umumlashtirilgan nomini hamma parazitologlar hamda veterinariya vrachlari yaxshi
o„zlashtirib olganlar. Shu asosda parazitar kasalliklarni aniqlash, davolash va kurash
chora tadbirlarini tashkil etish taklif qilinadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllarini izohlang.
2. Infektsion va invazion kasalliklarni misollar asosida tushuntiring?
3. Parazitlarni keltirib chiqaradigan kasalliklari nomlarini ayting va misollar
keltiring?
4. Transmissiv yoki tabiiy o„choqli kasalliklar deganda nimani tushunasiz?
5. Parazitar kasalliklar qo„zg„atuvchilari qanday yo„llar bilan yuqadi?
6. Parazitlar xo„jayinlari organizmiga qanday yo„llar bilan o„tadi?
4-mavzu: Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo„jayin organizmiga
kirish yo„llari.
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish
yo„llari” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi:
Talabalarga parazitizmning kelib
chiqishi. Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish yo„llari
haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Parazitizmning kelib chiqishi haqida gapira oladi.
1.2.2. Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish yo„llari
to„g„risida tushunchaga ega.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,15
daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1 Parazitizmning kelib chiqishi.
Parazitizmning kelib chiqishi to„g„risida o„z fikringizni
bildiring.
Parazitlarni
xo„jayin
organizmiga
kirish
yo„llari
to„g„risida tushuncha bering.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1.
Parazitizmning kelib chiqishi.
2.
Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish yo„llari.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Ektoparazitlar, endoparazitlar,
ekzogenli yo‘l, endogenli yo‘l, resperator yo‘l, kon'yuktival zararlanish, prenatal
zararlanish.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitizmning kelib chiqishi
to„g„risida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazitizmning kelib chiqishi haqida gapira oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Parazitizmni kelib chiqishi. Yer yuzida organik olamni paydo bo„lishi bilan
birga parazitlar qachondan paydo bo„lgani haqida turli fikrlar mavjud bo„lsada, aniq bir
to„xtamli fikr yo„q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo„ladigan dalillar
mavjud.
Yer yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida erkin yashovchi
organizmlardan kelib chiqqan. Parazitlik turli hayvonlar guruhlarida turli yo„llar bilan
boradi.
Ye.N. Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo„lishidan bir oz yoshroq deydi.
Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida paydo
bo„lgan. Ko„pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak,
sodda hayvonlarni parazitlikka o„tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog„liq.
Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo„lishi to„g„risida ham turli fikrlar
mavjud. Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali
hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog„liq. Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha
parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi.
K.I. Skryabin va V.M. Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar
asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda
rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo
bo„lgan. Shuning uchun umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo„jayin bo„lolmaydi
deydi va bir qancha misollar keltiriladi.
Sestodalar avval ko„ptuklilar va qisqichbaqasimonlar tanasida yashagan, hatto
ularda jinsiy voyaga yetib, avlod ham bergan. Taraqqiyotining keyingi bosqichlarida
sestodalar qushlar va sutemizuvchilarga o„tgan. Shu tariqa birlamchi xo„jayin
umurtqasizlar oraliq xo„jayinlarga aylangan. Akantosefallar avval mollyuskalarda va
qisqichbaqasimonlarda parazitlik qilgan, umurtqalilar paydo bo„lganidan keyin, ularni
rivojlanish sikllarida ishtirok etib, oraliq xo„jayinlariga aylangan. Trematodalarda
birlamchi xo„jayinlari mollyuskalar bo„lgan, umurtqalilar paydo bo„lganidan keyin
mollyuskalar ularni oraliq xo„jayinlariga aylangan. Taxminlarga ko„ra parazit
chuvalchanglar Paleozoy erasining silur va devon davrlarida paydo bo„lgan.
Hasharotlardan - ikkiqanotlilar va pardaqanotlilarni parazitlikka o„tishi Yura davridan
boshlangan.
Yashash joyiga qarab parazitlar tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo„jayini
tanasining sirtida) va ichki-endoparazitlarga bo„linadi (bunda parazit xo„jayini
tanasining ichki to„qima yoki bo„shliqlarida yashaydi). Evolyutsion taraqqiyot
jarayonida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar bilan birga individual farqlar ham
kuzatiladi. Har ikkala guruhlar asosida oziqlanish va yashash makoni sifatida
foydalanish manfaatdorligi yotadi.
Ko„pchilik ektoparazitlar, asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot
kechiruvchilardan o„tgan. Ektoparazitlik ko„proq bo„g„imoyoqlilarda (kanalar,
parxo„rlar, junxo„rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga
yuzaga kelmagan. Bo„g„imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bog„lanishda
(kontaktda) bo„lishi bilan bog„liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib
borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg„ochilari bir daqiqadan ozroq, tayga
kanasi 6–8 kun, burgalar xo„jayuinlarida hayotini ko„p qismini, bitlar esa xo„jayinlarida
hayoti davomida, ya‟ni doimiy yashaydi.
Ektoparazitlarning paydo bo„lishida yana boshqa yo„llar ham mavjud, ya‟ni
ko„pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlariga yopishib
hayot kechirishi bilan ham bog„liq. Ular teriga borgan sari botib kirib, to„qimalar
hisobiga oziqlanishga o„tgan va shu guruh hayvonlardan parazit qisqichbaqasimonlar
kelib chiqqan. Yana bir yo„li kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib parxo„rlarni,
qush kanalarini olish mumkin. Ularning dastlabki avlodlari qushlarni kommensallari
bo„lgan. Avvaliga qushlarning inlarida organik qoldiqlar hisobiga oziqlangan.
Keyinchalik tanasiga o„tib, (uy egalariga o„tgan) tana shox moddalari hisobiga
oziqlanishga o„tgan.
Endoparazitlarning kelib chiqishi ektoparazitlarning kelib chiqishi bilan bog„liq.
Terida parazitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruhi, ayrim hasharotlarning
lichinkalari endoparazitlarga aylangan.
Endoparazitlarning kelib chiqishini tushunish juda murakkab. Ayrim hollarda
endoparazitizm, ektoparazitizmdan kelib chiqqan. Masalan, saqoqushlarni ektoparaziti-
kana avvaliga patxo„rlik bilan oziqlangan, keyinchalik tumshuq osti xaltasiga o„tib, qon
hisobiga oziqlanishga o„tgan. Ko„pchilik hollarda endoparazitlar ichak parazitlaridan
kelib chiqqan. Ichak oziqa mahsulotlariga boy bo„lib, ko„pchilik parazitlar uchun qulay
hisoblanadi. Ichak kommensallari xo„jayinni chiqindi oziqasi hisobiga emas, xo„jayin
oziqasiga sherik bo„lib kommensallikdan to„g„ridan-to„g„ri parazitlikka o„tadi.
Endoparazitlarning kelib chiqishini yana o„ziga xos xususiyatlaridan biri, tabiatdagi
erkin yashovchi umurtqasizlarning sistalari, tuxum va lichinkalari, tasodifan boshqa
organizmlarning ovqat hazm qilish sistemasiga tushib qolgan, u yerda rivojlanishni
davom ettirgan va shu holat bir nechta avlodda takrorlanib, keyin ichak parazitlari
vujudga kelgan. Ko„pchilik bir hujayralilarda va nematodalarda endoparazitlik asosan
shu yo„l bilan kelib chiqqan.
Qon parazitlari ham avval ichakda parazitlik qilib, keyin turli yo„llar bilan qonga
o„tib, qon parazitlariga aylangan. Bunda qon parazitlari ichak bo„shlig„ida yashaydigan
parazitlardan kelib chiqqaniga shubha yo„q.
Umurtqali hayvonlarni qonida yashaydigan parazitlar, oldin umurtqasizlarning
ichak parazitlari bo„lgan. Umurtqasizlar umurtqalilarni qonini so„rib parazitlarni
yuqtirgan (Plasmodium avlodi vakillari umurtqasizlar ichagida va umurtqali
hayvonlarni qonida parazitlik qiladi).
Endoparazitik hayotga o„tish ba‟zan erkin yashovchi organizmlarni instinktini
o„zgarisi natijasida ham yuzaga keladi. Masalan, Volfart pashshasi tirik tug„adi. Ular
lichinkalarini hayvonlarni burun bo„shlig„iga, og„iz bo„shlig„iga, quloq suprasining ichiga
qo„yadi. Bu lichinkalar jag„lar orasiga, peshana suyaklari orasiga kirib endoparazitik qilib
hayot kechiradi.
Parazitlar uchun suv va quruqlikdagi tirik organizmlarning barcha organ va
to„qimalari yashash muhiti bo„lib xizmat qiladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Turli olimlarni parazitizmni kelib chiqishi haqida bildirgan fikrlarini izohlang.
2. Yashash joyiga qarab parazitlar qanday guruhlarga bo„linadi?
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Parazitlarni xo„jayin tanasiga kirish yo„llari
to„g„risida talabalarga ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Parazitlarni xo„jayin tanasiga kirish yo„llari to„g„risida fikr bildira oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Parazitlarni xo„jayin tanasiga kirish yo„llari. Parzitizmni kelib chiqishi bilan
parazitlarni xo„jayinlariga kirish yo„llari bir-biri bilan bog„liq bo„lgan muhim
muammolardan hisoblanadi.
Parazitlar xo„jayinlari organizmiga asosan og„iz bo„shlig„i va teri qoplami orqali
o„tadi.
Parazitologiyada parazitlarning teri orqali o„tishi ekzogenli yo„l, og„iz orqali
o„tishi esa endogenli yo„l deb ataladi. Tabiatda parazitlarning endogenli yo„l bilan
o„tishi keng tarqalgan.
Ekzogenli yo„l bilan yuquvchi parazitlarga oid nematodalardan - Ancylostoma
lichinkalari tuproqdan odam terisi orqali qon aylanish tizimiga, undan nafas olish
organlari va keyinchalik doimiy yashash joyi - ingichka ichakka o„tadi.
Trematodalardan shistosomalarning lichinkalari ham teri orqali yuqadi. Bir hujayrali
hayvonlardan qon sporalilar, leyshmaniyalar, tripanasomalar; hasharotlardan so„nalar
ekzogen yo„l bilan yuquvchi parazitlar guruhini tashkil etadi.
Endogenli yo„l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek,
jigar, miya va muskullar ichida yashovchi parazitlarga –askaridalar, tasmasimon
chuvalchanglar, trematodalar va akantosefallar kiradi. Ko„pchilik parazitlar
xo„jayinlariga asosan peroral yo„l bilan o„tadi (masalan, turli o„txo„r hayvonlar oziqalari
orqali parazitlarni tuxum va lichinkalarini yutadi).
Shuningdek, parazitlar xo„jayini organizmiga jinsiy teshiklar, burun bo„shlig„i,
ko„z va quloq orqali ham o„tishi mumkin. Ba‟zi parazitlar esa bachadon devori orqali
rivojlanayotgan embrionga o„tadi (exinokokk, ankilostoma, protostrongilidlar va
boshqalar).
Resperator yo„l bilan nafas olish a‟zolari orqali: Trematodalarning serkariylari.
Anal teshigi, kloaka orqali kirish: Monogeniyalardan - Polistoma integerrum.
Konyuktival zararlanish: yirik shoxli qoramollarni telyaziyalar bilan zararlanishi:
Thelaziidae.
Ona suti bilan zararlanish: dengiz cho„chqalarini eksperimental yo„l orqali
askaridalar bilan zararlantirilgan, ularning sut bezlaridan askarida lichinkalari topilgan.
Prenatal zararlanish: turli parazitlar bilan ona qornidagi embrionni zararlanishi:
1676-yilda Forman yangi tug„ilgan qo„zichoqlarning jigar o„t yo„llaridan jigar qurtini
topgan. Ona organizmidagi embrionni jigar qurti lichinkalari bilan zararlanganligi ham
kuzatilgan.
Voyaga yetgan gelmintlar bilan bevosita zararlanish: ko„pchilik hayvonlarda
ayniqsa, qushlarda o„z bolalarini oshqozonidagi yoki jig„ildonidagi ovqatni qaytarib
chiqarib berish xususiyati bor. Shu vaqtda ovqat bilan birga voyaga yetgan gelmintlar
ham o„tib qolishi mumkin. Bu zararlanishni biossiklik parazitizm, pastsiklik xo„jayin
deyiladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish yo„llarini bayon qiling.
5-mavzu: Parazitlarning yashash sharoitiga morfologik adaptatsiyalari.
Devastatsiya ta‟limoti.
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Parazitlarning yashash sharoitiga morfologik adaptatsiyalari. Devastatsiya
ta‟limoti” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1.
Dars
maqsadi:
Talabalarga
parazitlarni
morfologik adaptatsiyalari va Devastatsiya ta‟limoti haqida
ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1.
Parazitlarni
morfologik
adaptatsiyalari
haqida
ma‟lumot bera oladi.
1.2.2. Devastatsiya ta‟limotini izohlaydi.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
O„qituvchi,
4.1 Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari.
Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari haqida ma‟lumot
bering.
Devastatsiya ta‟limotini tushuntiring.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1.
Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari.
2. Devastatsiya ta‟limoti.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Morfologik progressiv
adaptatsiyalar, morfologik regress adaptatsiyalar, biologik adaptatsiyalar, ger-
mafrodit, devastatsiya ta’limoti.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitlarni morfologik
adaptatsiyalari haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari haqida ma‟lumot bera oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari. Parazit va xo„jayin bir-biri bilan
o„zaro yaqin hamkorlikda yashaydi. Lekin parazitlar xo„jayini organizmiga har
tomonlama ta‟sir qiladi. Bu albatta, parazitning turiga, organizmdagi yashash joyiga,
parazitning
miqdoriga, organizmning
yoshi
va
umumiy
holatiga, himoya
moslamalarning xarakteriga hamda tashqi muhit sharoitiga bog„liq.
Xo„jayin organizmi sharoiti tashqi muhit sharoitlaridan keskin farq qiladi. Buni
oqibatida evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlarning hayot uchun xos moslamalari
paydo bo„lgan. Ko„payishi va rivojlanishida o„zgarishlar sodir bo„lgan. Natijada,
parazitik hayot uchun mos ayrim organlar rivojlanib, ayrim kerak bo„lmaganlari
reduktsiyaga uchragan.
Parazitlikka o„tishdagi morfologik adaptatsiyalar evolyutsion xarakterga ega
bo„lib, uch xil tipga ajratiladi:
1. Morfologik progressiv adaptatsiyalar, parazitik hayot uchun kerak bo„lgan
a‟zolarni paydo bo„lishi: turli yopishuv organlari (so„rg„ich, ilmoq, xitinli tishchalar va
boshqalar), ovqat hazm qilish organlarini kuchli rivojlanishi, nasldorlik va boshqalar
(bitlar, kanalar, parxo„rlar).
2. Morfologik regress adaptatsiyalar: parazitik hayot uchun kerak bo„lmagan
a‟zolarni yo„qolishi (qanotlar, nafas olish organlari, rangni yo„qolishi va boshqalar).
3. Biologik adaptatsiyalar: evolyutsion taraqqiyot natijasida parazitlarning
rivojlanish siklidagi o„ziga xoslik, ko„p nasl qoldirish va boshqalar. Bular asosan
mexanik ta‟sir, xo„jayinning normal rivojlanishi uchun zarur bo„lgan oziq moddalarini
iste‟mol qilish, har xil zaharli moddalar (toksinlar) ishlab chiqarish, xilma-xil patogenli
mikroblar va viruslarning xo„jayin organizmiga kirishi uchun yo„l ochib berish, xo„jayin
organizmining darmonsizlanishiga olib keladigan ta‟sirlardan iborat.
Mexanik ta‟sirda parazitlar xo„jayinining to„qima va organlarida yashab, ularni
mexanik jihatdan qattiq shikastlaydi. Yirik va ko„p sondagi ichak parazitlari
(askaridalar, sestodalar) ichak bo„shlig„iga tiqilib qolib, ichakdan moddalarni o„tkazmay
qo„yadi.
Exinokokkning lichinkalik pufaklari o„pka va jigar hajmining kattalashishiga olib
keladi, to„qimalarni qisib qo„yadi. Senur lichinkalik davrida bosh va orqa miyalarda
o„rnashib, shishlar hosil qiladi. Bu shishlar miyani morfologik jihatdan buzadi va
faolligini izdan chiqaradi. Ko„pgina trematodalar, sestodalar, nematodalar,
akantotsefallar, qisqichbaqasimonlar, kanalar va hasharotlar hosil qilgan shikastlar
orqali xo„jayin organizmiga xilma-xil zararli mikroblar, viruslar kiradi va boshqa
turdagi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo„ladi.
Parazitlarda har xil yopishuv organlarning bo„lishi ham ularning eng muhim
xususiyatlaridan hisoblanadi. Parazitlar ana shu yopishuv organlari yordamida
xo„jayiniga mustahkam bog„langan holatda yashaydi. Yopishuv organlar ham
parazitizm hodisasi tufayli vujudga kelgan. Ular ektoparazitlarda ham, endoparazitlarda
ham har xil ko„rinishda uchraydi.
Ilmoqlar parazitlarning eng asosiy yopishuv organi bo„lib, ular bir hujayrali
hayvonlardan tortib, hasharotlarda ham uchraydi. Bir hujayrali hayvonlardan
infuzoriyalar va gregarinalarda bo„ladi. Parazit chuvalchanglardan monogeniyalarda
ilmoqlar juda ham ko„p uchrab, ular ayniqsa, parazit tanasining orqa uchidagi disklarda
16 tadan joylashgan bo„ladi.
Tasmasimon chuvalchanglarda ham ilmoqlar yaxshi rivojlangan, ular skoleksning
o„rta qismida – maxsus «do„nglik»da bir qator yoki bir necha qator bo„lib o„rnashgan.
Ilmoqlarning joylashishi, katta-kichikligi, shakli va soniga qarab tasmasimon
chuvalchanglarning turlari keskin farq qiladi. Shuning uchun sestodalar sinfi tasnifida
ilmoqchalar muhim sistematik belgi hisoblanadi. Shuningdek, sestodalarning
lichinkalarida ham ilmoqchalar soni 6 tadan 10 tagacha o„zgarib turadi.
Akantosefallarda ham ilmoqlar kuchli taraqqiy etgan va yagona yopishuv organi
hisoblanib, ular maxsus xartumlarda joylashgan.
Nematodalarda ilmoqchalar boshqa gelmintlardagiga nisbatan juda oz miqdorda
uchraydi. Ilmoqchalar asosan xitinli tishchalar ko„rinishida og„iz bo„shlig„i va uning
atrofida bo„ladi.
Bo„g„imoyoqlilarning panjalari uchida joylashgan tirnoqchalar ham yopishuvchi
ilmoqlar vazifasini bajaradi (bitlar, burgalarda).
So„rg„ichlar ham asosiy yopishuv organlar funksiyasini bajaradi. Ular, ayniqsa,
ektoparazitlarda kuchli rivojlangan. Monogeniyalarda uchraydigan so„rg„ichlar
gavdasining oldingi va orqa uchida joylashgan.
Trematodalarda, odatda, 2 ta so„rg„ich bo„lib, ular og„iz va qorin so„rg„ichlari deb
ataladi. Tasmasimon chuvalchanglarning ko„pchilik turlarining bosh qismida asosan 4
tadan so„rg„ichlari bo„ladi.
Tipik
so„rg„ichlar
bo„g„imoyoqlilarda
ham
uchraydi.
Parazit
qis-
qichbaqasimonlarda maksillalar hisobiga vujudga kelgan so„rg„ichlarni ko„rish mumkin.
Parazitlik qilib hayot kechirish natijasida ko„pchilik hayvonlarning ovqat hazm
qilish sistemasida ham tub o„zgarishlar ro„y bergan. Shunga ko„ra parazitlarning
oziqlanish xususiyatlari erkin yashovchi hayvonlardan keskin farq qiladi. Har xil
parazitlar ovqat hazm qilish sistemasidagi o„zgarishlar turli yo„nalishlar bo„yicha
boradi. Chunonchi, qon bilan oziqlanuvchi parazitlarning ichagi juda ko„p miqdorda
oziqni qabul qilib olishga muvofiqlashgan bo„lib (masalan, zuluklar, chivinlar,
pashshalar, kanalar), ichagi morfologiyasiga ko„ra o„zgarmasdan, uning devori elastik
cho„ziluvchan bo„lganligidan oziqni qabul qilgan sari hajmi kengayadi. Shunga muvofiq
ravishda parazitning gavdasi (qorin qismi) ham kattalashadi. Bir guruh parazitlarda
(masalan, zuluklar, kanalar, ayrim bo„g„imoyoqlilarda) ichaklari shoxlanib, yuzasi
kengaygan bo„ladi va bir vaqtning o„zida juda ko„p miqdordagi oziqni sig„dira oladi.
Bunday parazitlar bir marta oziq moddasini g„amlab olgan holda uzoq vaqt (2–3
yilgacha) oziqlanmay yashay oladi. Bundan tashqari, qon bilan oziqlanuvchi ba‟zi
parazitlar (zuluklar) qonning ivib qolmasligi uchun unga maxsus bezlardan gemofilin
yoki girudin moddasini yuboradi.
Boshqa guruh parazitlarda yuqorida qayd etilgan o„zgarishlarning teskarisi
kuzatiladi, ya‟ni ularda ovqat hazm qilish organlari qisqarib ketgan. Ular oziq
moddalarni butun gavdasi orqali so„rib oladi (tasmasimon chuvalchanglarda).
Trematodalarda ham ichak ancha qisqargan bo„ladi.
Bir guruh endoparazitlarda hazm organlarining reduksiyalanib ketishiga sabab, bu
parazitlar tayyor holdagi suyuq oziq (qon, limfa suyuqligi, shiralar) ichida
yashashidadir. Ular ham tayyor oziqni osmotik usulda qabul qiladi.
Parazitlarning hayot faoliyatidagi dominant funksiyalardan yana biri ularning
ko„payishi, ya‟ni avlod qoldirishidir. Parazitlarda germafroditizm va jinsiy organlari
faoliyati nihoyatda kuchaygan bo„lib, serpushtlilik hodisasi yuqori darajada turadi.
Ma‟lumki, parazitlar xo„jayinining turli to„qima va organlarida yashaydi. Shunga
ko„ra, ayrim jinsli parazitlar hamma vaqt ham bir-biri bilan jinsiy qo„shilish
imkoniyatiga ega emas. Bu holat ularning nasl qoldirishini qiyinlashtiradi va tur sifatida
yashashini cheklaydi. Shunday noqulaylikni evolyutsion taraqqiyotning o„zi bartaraf
etgan, ya‟ni parazitlar ayrim jinslilikdan germafroditlikka o„tgan. Germafrodit
organizmlarda esa avlod qoldirish ancha kafolatlangan bo„ladi. Ko„pchilik parazitlar
nihoyatda serpusht bo„lib, juda ko„p miqdorda tuxum qo„yadi. Lekin bu xususiyat
quyidagi ikki holat bilan bog„liq.
Birinchidan, parazitlar cheklanmagan oziq moddasi bo„lganligi tufayli, uni
cheklanmagan miqdorda iste‟mol qiladi. Bu esa ularning jinsiy organlari sistemasini
yanada rivojlanishi va faoliyatining kuchayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, ko„p nasl qoldirgan parazitlargina tabiiy tanlanish davomida tur
sifatida saqlanib qolgan. Ko„p nasl qoldirish, ayniqsa, parazit chuvalchanglarda
uchraydi.
Nematodalarning erkin yashovchi vakillari odatda o„n va yuzlab tuxum qo„yadi.
Lekin parazit turlari nihoyatda serpusht bo„ladi. Kichkinagina trixinella 10 mingtagacha
lichinka tug„sa, ankilostoma 4–5 yillik hayoti davomida 25–30 mln. ta tuxum qo„yadi.
Odam askaridasi bir kecha-kunduzda 250 ming, 5–6 oylik hayoti davomida esa 50–60
mln. dona tuxum qo„yadi.
Serpushtlilik tasmasimon chuvalchanglarda ham kuchli rivojlangan. Masalan,
cho„chqa tasmasimon chuvalchangi o„z hayoti davomida 200–300 mln. dona tuxum
qo„ysa, shu avlodga kiruvchi qoramol tasmasimon chuvalchangi bir kecha-kunduzda
500 mln., bir yilda 440 mln., 10–15 yillik hayoti davomida esa 10 mlrd. 700 mln. dona
tuxum qo„yadi.
Ankilostomalar bir sutkada 25000, fasciolalar 48000 ta tuxum qo„yadi. Ba‟zida
oddiy termik ishlovni yetarli emasligi parazitar kasalliklar tarqalishiga sabab
bo„ladi(opistorxoz, difillobotrioz va boshqalar).
Parazitlar juda ko„p miqdorda tuxum qo„ysada, bu tuxumlarning ming ba‟zan
milliondan bir ulushidangina yangi avlod yetiladi.
Parazitlarning jinsiy mahsulotlari ortib borishi bilan bog„liq holda ularning jinsiy
organlar sistemasi ham tobora kattalashib, soni ko„payib boradi. Jumladan,
trematodalarda gavda hajmining asosiy qismini jinsiy organlar sistemasi egallab turadi.
Tasmasimon chuvalchanglarda u butun proglottidlar yuzasini egallashidan tashqari, har
bir proglottidda bitta erkak va bitta urg„ochi jinsiy organ sistemasi joylashgan bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |